Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Korxonaning jalb etilgan mablag‘lari



Download 2,34 Mb.
bet490/525
Sana13.07.2022
Hajmi2,34 Mb.
#793246
1   ...   486   487   488   489   490   491   492   493   ...   525
Bog'liq
Muxametov A.B. BUXGALTERIYA HISOBI - DARSLIK

Korxonaning jalb etilgan mablag‘lari - korxonaning bank krediti ko‘rinishida olgan mablag‘lari. Bundan tashqari yana, qisqa va uzoq muddatli qarzlar hisobidan jalb etilgan mablag‘lari ham bo‘lishi mumkin. (kredit qarzlariga qarang).
Korxonaning bankdagi hisobidan ko‘chirma - korxonaning hisob-kitob, joriy va maxsus hisobvaraqlaridagi pul mablag‘larining harakati haqida bank muassasasining yuborgan hujjati. Ko‘chirma bankdagi korxona hisobvarag‘ining bir nusxasi hisoblanadi. Unda hujjat raqami, to‘ldirilgan kuni, debet va kredit bo‘yicha yozilgan summalar, shuningdek, ushbu hisobvaraqlar bo‘yicha qoldiq summalari ko‘rsatiladi. Ko‘chirma hujjat sifatida boshqa tasdiqlovchi hujjatlar (to‘lov topshirig‘i, hisobvaraqlar va boshqalar) bilan birga korxonaga har kuni yoki belgilangan muddatda yuboriladi va buxgalteriya yozuvi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi (hozir korxonalar bank bilan electron xizmatdan foydalanadilar). Bunda 5110 - “Hisob-kitob hisobvarag‘i”, 5200 - “Chet el valyutadagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”, 5510 - “Akkreditivlar”, 6810 - “Qisqa muddatli bank kreditlari”, 7810 - “Uzoq muddatli bank kreditlari” hisobvaraqlariga buxgalteriya yozuvlari yozilishi mumkin, shuningdek, bunday hollarda albatta, ko‘chirmaning to‘g‘riligini tekshirib olish kerak. Bu tekshirishda tegishli hisobvaraqlarning debet va krediti summalari korxonada yurgizilayotgan hisobvaraqlarning debeti va krediti summalariga teskari, ya’ni, bankdan yuborilgan 5110 – hisobvaraq bo‘yicha ko‘chirmada shu hisobvaraqning debetidagi summa korxonadagi hisobvaraqning kreditidagi va aksincha, kreditidagi summa debetidagi summaga to‘g‘ri keladi. Chunki bank uchun korxona 5110 - “Hisob-kitob hisobvarag‘i” passiv hisobvaraq bo‘lsa, korxonaning o‘zi uchun aktiv hisobvaraq hisoblanadi. Aytaylik, korxonaning hisob-kitobiga pul kelib tushsa, bankdagi hisobvaraqning kreditiga, korxonada esa, hisobvaraqning debetiga yoziladi. Chunki, korxona uchun mablag‘ ko‘paydi, bankda esa, mijoz oldidagi qarz ko‘paydi (mijoz esa, kreditor hisoblanadi) shuning uchun ham ushbu hisobvaraqning kreditida yoziladi. Korxonaning hisobiga xatolik bilan o‘tkazilgan mablag‘ haqida 2 kundan keyin xabar berilmasa keyingi kunlar uchun, o‘zganing mablag‘idan foydalanganlik hisoblanib, jarima hisoblanadi.
Kredit (lat. credit - u ishonadi) - buxgalteriya hisobvarag‘ining bir qismi. Aktiv hisobvaraqlarning kreditida hisob ob’ektining kamayishi yoziladi, passiv hisobvaraqlarda esa ushbu hisob ob’ektlari summasining ko‘payishi yoziladi. Kredit tomondagi qoldiq passiv va kontr-aktiv hisobvaraqlarda bo‘ladi.
Kredit (lat. creditum - qarz) - pul mablag‘lari yoki tovarni qarzga berish. Korxona va tashkilotlar mablag‘larining aylanma harakatining bir xilda emasligi natijasida kreditga bo‘lgan sharoit va talabini banklar qondiradi. Asosiy printsiplari esa, o‘z vaqtida qaytarilishi, maqsadli mo‘ljallanganligi, moddiy boylik bilan ta’minlanganligidir va foizlidir. Kredit 2 xil bo‘ladi: qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlarga bo‘linadi (qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlarga qarang). Korxona olgan kreditlar 6810 - “Qisqa muddatli bank kreditlari”, 7810- “Uzoq muddatli bank kreditlari” hisobvaraqlarda hisobga olinadi. Bu hisobvaraqlarning kreditida olingan kredit summasi, debetida esa shu summaning qaytarilishi aks ettiriladi.
Kreditorlar - ma’lum bir muddatga boshqa shaxsga qarz bergan korxona, tashkilot, muassasa (mulkchilik shaklidan qat’iy nazar) va jismoniy shaxslar bo‘lishi mumkin. Kreditorlar bilan hisob-kitoblarning hisobi asosan 6900 - “Turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”da yuritiladi. Kreditorlarning qarzi shu hisobvaraqlarning kreditida aks ettiriladi. Kreditorlar qarzlarining vujudga kelish sabablari to‘lov muddatlari va holatini nazorat qilish uchun har bir kreditor bo‘yicha alohida analitik hisob yuritiladi. Buning uchun korxonalar har xil hujjatlar, kitoblar, qaydnoma va hokazolardan foydalanadilar.

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   486   487   488   489   490   491   492   493   ...   525




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish