Operatsion byudjet – tovar moddiy zahiralari, asosiy vositalarni sotib olish, tayyor mahsulotlar zahiralari va davr xarajatlari to‘g‘risidagi axborotlar hamda moliyaviy mablag‘larning taxminiy manbalarini ifodalovchi byudjet turi.
Ostonaviy tushum – zararsizlik nuqtasiga mos keluvchi tushum summasi.
Overdraf - mijozning joriy hisob varag‘ining salbiy qoldig‘i bo‘lib, bank krediti bilan qoplanadi.
O‘zaro talablar asosidagi hisobvaraqlar - naqd pulsiz hisob-kitoblar shakllaridan biri. Hisoblashishlarning tezlashuvi va mablag‘larning aylanishini tezlashtirish uchun qo‘llaniladi. O‘zaro talablar asosida hisob-kitob olib boradigan korxonalar bank tomonidan belgilanishi lozim. Chunki, hisob-kitoblar bank orqali amalga oshiriladi. Bunday hisob-kitoblar bir martalik yoki doimiy bo‘lishi mumkin. Bir martalik shaklida ikkita yoki bir nechta korxonalarning o‘zaro hisob-kitobi to‘g‘ri kelib qolishi mumkin.
Doimiy amalda bo‘lgan o‘zaro hisob-kitoblar markazlashmagan va qoldiq bo‘yicha davriy bo‘lishi mumkin. Markazlashmagan turida, har bir qatnashchiga bankda ayrim hisob ochiladi va bank orqali amalga oshiriladi. Bu hisobvaraqning debetida shu korxonaning boshqa o‘zaro hisobda bo‘lgan korxonaga qarzi, kreditida esa, o‘zaro hisobda qatnashayotgan korxonalardan olinadigan summalar, ya’ni shu korxonaga tegishli sumalar aks ettiriladi. Belgilangan muddatda bankda ochilgan hisob bo‘yicha qoldiq aniqlanadi. Qoldiq korxonaning to‘lovlari mavjudligi yoki korxonaga boshqa korxonalar tomonidan to‘lovlar kelishiga qarab aniqlanadi. Qoldiq bo‘yicha davriy o‘zaro hisob-kitob, doimo tovar etkazadigan yoki xizmat ko‘rsatadigan ikki korxona o‘rtasida qo‘llaniladi. Bank bilan kelishilgan holda hisob-kitoblar bir korxonada olib boriladi. Belgilangan muddatda hisob-kitob olib borayotgan korxona boshqa korxonaga hisob-kitob holati (hisob-kitob kunidagi qoldiq) haqida xabar beradi. Agar hisob-kitob olib borayotgan korxonaning olishi kerak bo‘lgan summaga nisbatan, ko‘proq to‘lashi kerak bo‘lsa, o‘zining qarzini to‘lov topshirig‘i bilan qoplaydi. Agar hisob olib borayotgan korxona to‘lov berishidan ko‘ra oladigan summasi ko‘p bo‘lsa, to‘lov talabnomasini to‘ldiradi. To‘lov talabnomasi o‘zaro talablar hisobidan ko‘chirma bilan birga bankka topshiriladi.
Paashe indeksi - agregat indeks ko‘rsatkichlarining keng tarqalganlaridan biri bo‘lib, unga ko‘ra baho (shu jumladan, chakana) umumiy darajasining o‘zgarishi baholanadi. O‘rganilayotgan davrda sotilgan tovarlar haqiqiy qiymatining bazis davridagi shartli baholash bahosiga nisbati sifatida hisoblanadi. Aylanma hajmi Laspeyres bahosi indeksi deb nomlanadi.