Byudjetlashtirish – korxonaning ma'lum davrga mo‘ljallangan moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini rejalashtirish.
Chiziqli boshqarish – ishlab chiqarish tsexlari va korxona bo‘linmalari bo‘yicha boshqaruvni tashkil etish.
Chidamlilikning marjinal zahirasi – mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotishdan olinadigan haqiqiy tushumning sotishni zararsizligini ta’minlovchi ostonaviy tushumdan oshib ketishini ko‘rsatuvchi kattalik.
Darajali taxminlash – sotishlar va foydaning kutilgan hajmini maksimal, ehtimol, minimal nuqtalari bo‘yicha avvaldan rejalashtirish.
Da’vo - da’vo qo‘zg‘atuvchining talabi. Korxonalar ularga qarzdorlarga (debitorlarga) o‘z vaqtida to‘lanmagan qarzlik summalar uchun da’vo qo‘zg‘atishlari lozim. Da’vo moddiy zarar keltirganlarga nisbatan asosli ravishda qo‘zg‘atilishi zarur (debetorlik qarzlari, da’volar yuzasidan hisob-kitoblarga qarang).
Da’volar yuzasidan hisob-kitoblar - mol etkazib beruvchilar, pudratchilar, transport va boshqa tashkilotlar bilan da’vo bo‘yicha hisob-kitoblar. Da’volar bo‘yicha hisob-kitoblarni hisobi uchun 4860 “Da’volar bo‘yicha olinadigan hisobvaraqlar” mo‘ljallangan bo‘lib, bu hisobvaraqda shuningdek, yuqorida sanab o‘tilgan tashkilotlarga belgilangan va tan olingan jarima, penya va neustoykalar bo‘yicha hisob-kitoblar hisobi ham olib boriladi.
4860 -“Da’volar bo‘yicha olinadigan hisobvaraqlar”ining debetida, jumladan, quyidagi da’volar bo‘yicha hisob-kitoblar olib boriladi:
- mol etkazib beruvchilar, pudratchilar va tashkilotlarga ular hisobvaraqlarini tekshirishdagi aniqlangan baho va ta’riflarning shartnomada yoki preyskurantlarda ko‘rsatilganlariga to‘g‘ri kelmasligida, shuningdek 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan hisobvaraqlar”i bilan bog‘liq hisob ishlarida arifmetik xatolarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlanganda;
- mol etkazib beruvchilar etkazib bergan material, tovarlar, shuningdek, qayta ishlovchi korxonalar mahsulotining sifatsizligi, texnik sharoitlarga javob bermasligi aniqlanganda;
- mol etkazib beruvchi, transport va boshqa tashkilotlarga tabiiy kamayish me’yoridan yuqori bo‘lgan yuk kamomadi aniqlanganda;
- mol etkazib beruvchi yoki pudratchi aybi bilan sodir bo‘lgan, sifatsizlik va o‘z vaqtida etkazib bermasliklarga to‘lovchi belgilangan yoki xo‘jalik (arbitraj) sudi tomonidan qaror qilingan summalarga;
- bank muassasalariga korxonaning hisobidan noto‘g‘ri o‘tkazilgan summalariga da’vo qo‘zg‘atilganda.
Xuddi shu tarzda xaridor va buyurtmachilar ham bizni korxonaga da’vo qilishi mumkin. Ularni da’vosini 6960 “Da’volar bo‘yicha to‘lanadigan hisobvaraqlar” hisobvarag‘ida hisobga olinadi.
Debet (lat. debet - u majbur) - buxgalteriya hisobining bir qismi. Aktiv hisobvaraqlarning debetiga summalarning ko‘payishi yozilsa, passiv hisobvaraqlarda esa, summaning kamayishi yoziladi. Hisoblashish hisobvaraqlarining debetida esa, boshqa korxona va shaxslarning shu korxonaga qarzlari aks ettiriladi va debetorlik qarzlari deyiladi.
Debitorlar (lat. debitor - qarzdor) - ushbu sub’ektga qarzdor bo‘lgan boshqa korxona, tashkilot, muassasa yoki shaxslar bo‘lib, ular debetorlik qarzlarini to‘lashlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |