Lizing operatsiyalari bo‘yicha hisob-kitobni tashkil qilish. Hozirgi vaqtda amaliyotda lizing operatsiyalari bo‘yicha hisob-kitoblarning quyidagi shakllari qo‘llaniladi:
- hujjatlashtiriladigan akkreditiv;
- inkasso;
- bank o‘tkazmasi;
- ochiladigan hisob varaq;
- bo‘nak to‘lovi.
Bundan tashqari veksel va cheklardan foydalanib, lizing operatsiyalari bo‘yicha hisoblashishlar ham amalga oshiriladi.
Akkreditiv – kelishuv turi bo‘lib, unga ko‘ra mijozning buyrug‘iga asosan, bank to‘lov pullarini uchinchi shaxs hisobvarag‘iga o‘tkazish topshirig‘ini oladi.
Inkasso - bank operatsiyasi bo‘lib, unda bank mijozning topshirig‘iga ko‘ra, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun uchinchi shaxsdan to‘lovlarni oladi.
Bank o‘tkazmalari - bu mijozning topshirig‘iga ko‘ra, ma’lum bir summadagi o‘tkazmani o‘tkazmani oluvchiga to‘lov uchun bir bankdan boshqasiga o‘tkazish.
Bo‘nak to‘lovi - tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni tovar jo‘natilguncha va xizmat ko‘rsatilguncha qadar berilishi.
Ochilgan hisobvaraqlarbo‘yicha hisob-kitoblar. Ushbu hisob-kitoblarning mohiyati hamkor korxonalarning doimiy to‘lovlari amalga oshirilishi bilan izohlanadi. Joriy majburiyatlar summalari ularning kitoblarida yuritiladi.
Ochilgan hisobvaraqlar bo‘yicha hisob-kitoblar shaklidan lizing operatsiyalarida foydalanilmaydi, chunki lizing bo‘yicha doimiy to‘lov lizing shartnomasida kelishib olingan bo‘ladi. Agar lizing oluvchi o‘zbek kompaniyasi bo‘lsa, bo‘nak shaklidagi hisob-kitob lizing bo‘yicha xalqaro shartnomada birlamchi to‘lov sifatida qo‘llanishi mumkin.
Bu shakldan xorijiy kompaniya mahalliy tashkilotlarga nisbatan ehtiyotkorlik sifatida foydalanishi mumkin.
Lizing bo‘yicha hisob-kitoblarda asosan, aktiv va bank o‘tkazmalaridan foydalaniladi.
Akkreditiv asosan, birlamchi to‘lovda qo‘llaniladi.
Lizing to‘lovlari shartnomaga ko‘ra, bank o‘tkazmalari yordamida amalga oshiriladi. Lizing operatsiyalari yuzasidan qanday hisob-kitob turlaridan foydalanish tomonlarning kelishuviga ko‘ra, shartnomada belgilab olinadi.
Lizing to‘lov summalarini hisoblab olish muhim ahamiyat kasb etadi. So‘ngra shu hisob ishlariga asosan to‘lov ishlari amalga oshiriladi.
Moliyaviy lizing hisobini yuritish bo‘yicha misol.
2019 yil 1 yanvarda, “A” kompaniya va “B” kompaniya bilan shartnoma tuzishdi. Shartnoma bo‘yicha “B” kompaniya (lizing beruvchi) “A” kompaniya (lizing oluvchi)ga lizingga o‘zi sotib olgan haqqoniy qiymati 100 000 000 so‘mga teng bo‘lgan asbob-uskunani berdi. Lizing muddati 5 yil va “A” kompaniya har yilning oxirida 30 000 000 to‘lash majburiyatini oladi. Asbob-uskuna lizingga butun foydali xizmat muddatiga beriladi va ijaraning oxirida qoldiq qiymati bo‘lmaydi deb kutiladi. Lizing lizing oluvchi tomonidan bekor kilinishi mumkin emas. Mulkka tegishli huquq yoki asbob-uskuna bilan bog‘liq soliq imtiyozlari mavjud emas.
Minimal lizing to‘lovlari 150 000 000 so‘m. 30 000 000 so‘m har yili (besh yil mobaynida) to‘lanadi. Qoldiq qiymat yo‘qligi sababli bu ham lizing beruvchining lizingga qilgan yalpi investitsiyalaridir. Asbob-uskunaning haqqoniy qiymati 100 000 000 so‘m bo‘lgani holda, umumiy moliyaviy sarflar 50 000 000 so‘m bo‘ladi. Lizing kuchga kirganda, “A” kompaniya (lizing oluvchi) hisobot uchun quyidagilarni tan oladi:
• Asosiy aktiv 100 000 000
• Lizing majburiyati 100 000 000.
Har yili “A” kompaniya asosiy aktivning 2 000 000 so‘m amortizatsiyasini ko‘rsatadi. Izoh: bu misolda bir tekisda hisobdan chiqarish usuli qo‘llanilgan.
Lizing to‘lovi bo‘yicha har yillik 30 000 000 so‘mlik to‘lov moliyaviy sarflar va majburiyatlarning kamayishi orasida taqsimlanadi. Belgilangan foiz stavkasi 15,24%, bu stavkada lizing to‘lovlarning sof joriy qiymati 100 000 000 so‘mga teng. Lizingning boshidan, “A” kompaniya hisobotda aniqlash va ko‘rsatish uchun qo‘llanadigan to‘lovlar jadvalini tuzadi. Izoh: Oylik moliyaviy hisobotlarni tuzish uchun foizlarni to‘lash bo‘yicha xarajatlar yillik to‘lovdan oldin hisoblanishi kerak (4.1-jadval).
Lizing kuchga kirganda “B” kompaniya (lizing beruvchi) hisobot uchun quyidagilarni tan oladi:
• Debitorlik qarz 100 000 000
• Uskunani sotib olish manbaasiga qarab, sotib olish qiymati 100 000 000.
Har yili “B” kompaniya 30 000 000 so‘m har bir to‘lovni foizlardan tushgan daromad va debitorlik qarzining kamayishi orasida taqsimlaydi (4.2-jadval).
4.1-jadval
Lizing to‘lovlarini taqsimlash jadvali “A” kompaniyasi