Debitorlik qarzlari - boshqa korxona, tashkilot va muassasa yoki shaxslarning shu korxonaga to‘lashi lozim bo‘lgan qarzlari. Bu korxona va shaxslar debetorlar deb ataladi. Debetorlik qarzlari mablag‘lari korxonaning xo‘jalik faoliyatida qatnashmaydi va uning katta miqdorlari korxonaning moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Korxona rahbarlari va buxgalteriya debetorlik qarzlarini kamaytirish, iloji boricha yo‘qotishlari zarur.
Deflyatsiya - hukumatning inflyatsiya sur’atini pasaytirish maqsadida pul massasini muomuladan sun’iy ravishda olishi.
Deklaratsiya - (lotinchadan, ariza, e’lon). Deklaratsiyaning quyidagi turlari mavjud. Bojxona deklaratsiyasi, aloqa deklaratsiyasi, soliq deklaratsiyasi va h.k.
- Bojxona deklaratsiyasi - boyliklar va tovarlarni chegaradan olib o‘tishda ularning nomi, miqdori, bahosi, o‘rov turi va boshqalarni aks ettirgan holdagi bojxonaga taqdim etiladigan ariza;
- Aloqa deklaratsiyasi - xorijga jo‘natilayotgan pulli yoki qimmatli paketlarga ularning mazmuni va qiymati aks ettirilib biriktiriladigan aloqa hujjati;
- Soliq deklaratsiyasi - shaxsning soliq to‘lash bilan bog‘liq daromadlari, mulki va boshqalari hajmi haqidagi arizasi.
Dekonsatsiya - shartnomadan voz kechish. Shartnomaning harakat muddati ichida tomonlardan, voz kechish haqida yozma xabar bo‘lmasa, u o‘z kuchini yuqotmaydi.
Demefedj - ortish yoki tushirish davridagi shartnomada kelishilgandan yuqori muddatlar uchun kema egasidan yuk egasiga (fraxtovatel) to‘lanadigan neustoyka.
Demonopolizatsiya - sanoat mahsulotini ishlab chiqarishda xaridorlarga shartlarni qo‘yuvchi davlat yoki boshqa monopoliyalarning chetlatilishi.
Monopol korxonani ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida haqiqiy raqobatni vujudga keltirish maqsadida mustaqil ishlab chiqaruvchi kichik xususiy, jamoa korxonalarga bo‘lib yuborish.
Demping - ichki bozordagi bahoga nisbatan ancha past bahoda tovarlarni tashqi bozorda sotish. Tashqi bozor uchun taktik kurash sifatida qo‘llaniladi. Demping raqobatchilarni tang holatga kelgunicha davom ettirilishi mumkin. Tovarlarning demping bahosi ularni ishlab chiqarish tannarxidan ham past bo‘lishi mumkin.
Avstriyada 1962 yilda antidemping haqida qabul qilingan qonunda birinchi bor tovar dempingining ko‘rsatkichlari belgilangan. Tovarning eksport bahosi, agar u ichki bozordagi bahodan 20% past yoki dunyo bahosidan 8% ga past bo‘lsa dempingli hisoblanadi.
Tovar dempingi, ta’riflar va savdo bo‘yicha bosh kelishuvga ko‘ra, quyidagi holatda vujudga keladi. Demak, tovar dempingi bir davlatning boshqa davlatga mahsulotni chiqarishi va tarqatishi, oqibat natijada tovarni import qiluvchi davlatning milliy iqtisodiga zarba berilishi, ichki bozorda shu mahsulotga bo‘lgan talabni qondirilishining qiyin ahvolga tushib qolishidir.
Tovar dempingi - tovarlarning tashqi bozorda ichki bozordagi bahosiga nisbatan ancha past bahoda sotilishi.
Pul dempingi - bozordan raqobatchilarni chiqarib yuborish va o‘z tovarining sotish hajmini oshirish maqsadida tovarlarni sotishdagi bahoning sun’iy pasaytirilishi. Raqobatning g‘irrom vositasi hisoblanib, ko‘pgina davlatlar tomonidan ta’qiqlanadi.
Baho dempingi tor ma’noda - eng past foydalilikdagi baho bo‘lib, raqobatchilardan mijozlarni jalb etish maqsadida qo‘llaniladi.