Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Obligatsiyalardagi qiymat, ulardagi chegirmalar, ularga to’lanadigan qo’shimcha haq va ularning amortizatsiyasi



Download 2,01 Mb.
bet148/524
Sana11.07.2022
Hajmi2,01 Mb.
#774417
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   524
Bog'liq
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

5.6. Obligatsiyalardagi qiymat, ulardagi chegirmalar, ularga to’lanadigan qo’shimcha haq va ularning amortizatsiyasi

Obligatsiya - bu qarzli qimmatbaho qog’oz bo’lib, emitent obligatsiya egasiga belgilangan muddatda nominal qiymati va qat’iy belgilangan foizlarni to’lash majburiyatini beradi, agar boshqa shartlar ko’rsatilmagan bo’lsa.


Davlat qimmatli qog’ozlari, xususan obligatsiyalarining emitentlari O’zR MB va O’zR Moliya vazirligi hisoblanadi. Ular davlat tomonidan daromad va sotib olinishi kafolatlangan davlat zayomlarini chiqaradi.
“O’zbekiston Respublikasi hududida qimmatli qog’ozlarni chiqarish va ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g’risidagi Nizom” bo’yicha amaldagi qonun hujjatlariga va ularning Ustaviga muvofiq obligatsiyalarni turli mulkchilik shakldagi korxonalar (korxona obligatsiyalari), shuningdek davlat va mahalliy hokimiyat organlari (davlat va mahalliy obligatsiyalari) tomonidan chiqarilishi mumkin.
Korporativ obligatsiyalar quyidagi turlarda chiqarilishi mumkin:
- oddiy;
- yutuqli;
- foizli;
- foizsiz (maqsadli).
Obligatsiyalar cheksiz potentsial investorlar doirasida erkin muomalada bo’lishi mumkin (ochiq joylashtirish), yoki investorlar oldindan ma’lum bir guruh orasida muomalasi cheklangan holda amal qilishi mumkin (yopiq joylashtirish).
Oddiy obligatsiyalar - bu ularga optsion bilan o’tkazilishi mumkin bo’lgan qimmatli qog’ozlarning boshqa turlariga aylantirish huquqiga ega bo’lmagan obligatsiyalardir, ya’ni ular obligatsiya egasiga uni belgilangan muddatda qaytarish huquqini beradi va emitent uning nominal qiymatini qaytarishi shart.
Yutuqli obligatsiyalar – bu shunday obligatsiyalarki, ular tiraji bo’yicha muntazam ravishda daromad yutuq shaklida to’lanadigan zayomlardir. Tirajlar soni obligatsiyani chiqarish shartlari bilan belgilanadi.
Foizli obligatsiyalar - o’z egalariga vaqti-vaqti bilan to’lanadigan qat’iy daromad olish huquqini beruvchi obligatsiyalar va u qaytarilganda obligatsiyaning nominal qiymati to’lanadi. Foiz to’lovlarning davriyligi obligatsiya chiqarish shartlari bilan belgilanadi.
Foizsiz (maqsadli) obligatsiyalar - foiz to’lanmaydigan obligatsiyalardir va egasining daromadi butunlay obligatsiyaning nominal qiymatiga chegirma hisobiga shakllanadi (emissiya bahosi nominal qiymatidan ancha past qilib belgilanadi) va obligatsiya qaytarilgandagina olinishi mumkin.
Maqsadli zayomlarning majburiy rekvizitlari - ular beriladigan tovarlar (xizmatlar)ning ko’rsatilishidir.
Obligatsiyalar emitentlarni o’z mol-mulkini garov bilan ta’min etilishi yoki emitentga chiqarish maqsadlari uchun uchinchi shaxslar tomonidan ta’min etilishi mumkin.
O’z mol-mulkini garov bilan ta’minlashda kompaniyalar (aktsiyadorlik jamiyatlaridan tashqari) ustav kapitali miqdoridan oshmaydigan miqdorda obligatsiyalar chiqarishi mumkin.
Uchinchi shaxslar tomonidan emitentga kafolat berilgan korxonalar kafolat summasiga obligatsiyalar chiqarishi mumkin.
Emitentning ustav fondini shakllantirish va to’ldirish, shuningdek ularning xo’jalik faoliyati bilan bog’liq zararlarni qoplash uchun korxonalarning obligatsiyalarini chiqarishga yo’l qo’yilmaydi.
Aktsionerlik jamiyatlari ustav kapitalining 20 foizidan ko’p bo’lmagan miqdorda va faqat barcha chiqarilgan aksiyalar to’liq to’langanidan so’ng obligatsiyalar chiqarishi mumkin.
Obligatsiyalar chiqarishga ustav fondi to’liq to’langandan keyingina ruxsat etiladi.
Korxonalar va aktsiyadorlik jamiyatlarining obligatsiyalarini chiqarish to’g’risidagi qaror ijroiya organi tomonidan qabul qilinadi va bayonnomada ko’rsatiladi. Qarorda emitent, chiqarish shartlari (maqsadli obligatsiyalar bo’yicha, tovar (xizmat)lar turlari, va ularni summalari) va joylashtirish tartibi ko’rsatilishi shart.
Korxonalarning obligatsiyalarini chiqarishni ro’yxatdan o’tkazish aksiyalar chiqarishni ro’yxatdan o’tkazish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Obligatsiya blankalari quyidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olishi kerak:
- emitentning firma nomi va uning joylashgan joyi;
- qimmatbaho qog’oz nomi –“obligatsiya” (nomli ro’yxatga olingan obligatsiyalar uchun obligatsiya egasining familiyasi, ismi, otasini ismi sharifi va uni sotib olish sanasi obligatsiyaning orqa tomonida ko’rsatiladi);
- obligatsiya blankasining tartib raqami va seriyasi;
- obligatsiya turi;
- umumiy chiqargan summasi nominal qiymatda;
- foiz stavkasi;
- obligatsiyalarni chiqarish shartlari va tartibi (foiz to’lash, obligatsiyalarni so’ndirish);
- emitent rahbari va bosh hisobchisining imzolari;
- nominal qiymati;
- ro’yxatdan o’tkazuvchi organ tomonidan berilgan obligatsiya chiqarishining davlat ro’yxatidan o’tkazilgan sanasi va raqami.
Chiqarilgan naqd obligatsiyalarda himoya kamida olti daraja bo’lishi kerak.
Qimmatli qog’ozlarning boshqa turlari shakllarining rekvizitlari O’zRning amaldagi qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
Tashkilot tomonidan sotib olingan qimmatli qog’ozlarning boshlang’ich qiymatiga qo’shilgan qiymat solig’i va boshqa qaytariladigan soliqlar bundan mustasno, ularni sotib olish uchun tashkilotning haqiqiy xarajatlari kiradi.
Tashkilot tomonidan bepul olingan qimmatli qog’ozlarning boshlang’ich qiymati ularning buxgalteriya hisobi uchun qabul qilingan sanadagi joriy bozor qiymati deb e’tirof etiladi. Shu bilan birga qimmatli qog’ozlarning joriy bozor qiymati deganda ularning qimmatli qog’ozlar bozoridagi savdo tashkilotchisi tomonidan belgilangan tartibda hisoblangan bozor narxi tushuniladi. Bozor bahosi qimmatli qog’ozlar bozorida savdo tashkilotchisi tomonidan hisob-kitob qilinmagan qimmatli qog’ozlar uchun boshlang’ich qiymat - bu ularni hisobga olish uchun qabul qilingan sanadagi sotish natijasida olinadigan pul summasidir.
To’liq to’lanmagan qimmatli qog’ozlarga bo’lgan huquqlar investorga o’tkazilganda, ular buxgalteriya hisobida shartnoma bo’yicha ularni sotib olish haqiqiy xarajatlarining to’liq summasida aks ettiriladi. To’lanmagan summasi kreditorlik qarzlar tarkibiga kritiladi.
Agar korxona tomonidan xarid qilingan obligatsiyalar va boshqa qarz qimmatli qog’ozlarning xarid qiymati ularning nominal qiymatidan yuqori bo’lsa, u holda xarid qilingan vaqtdan to qoplash vaqtigacha bo’lgan davrda xarid qiymati va nominal qiymat o’rtasidagi farq qismi hisobdan chiqariladi. Bunda 9690 “Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar” hisobvarag’ining debeti va 0610 “Qimmatli qog’ozlar” hisobvarag’ining krediti bo’yicha yozuvlar amalga oshiriladi.
Agar korxona tomonidan xarid qilingan obligatsiyalar va qarz qimmatli qog’ozlarining xarid qiymati ularning nominal qiymatidan past bo’lsa, u holda xarid qilingan vaqtdan to qoplash vaqtigacha bo’lgan davrda xarid qiymati va nominal qiymati o’rtasidagi farq qismi qo’shimcha hisoblanadi. Bunda 0610 “Qimmatli qog’ozlar” hisobvarag’ining debeti va 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” hisobvarag’ining krediti bo’yicha yozuvlar amalga oshiriladi.
Yuqorida ko’rsatilgan har ikkala holatda ham qimmatli qog’ozlarni qoplash muddati kelganda 0610 “Qimmatli qog’ozlar” hisobvarag’ida hisobga olingan baho nominal qiymatga to’g’ri kelishi lozim.
Qimmatli qog’ozlar bo’yicha foizlar (dividendlar) hisoblanganda 4830 “Olinadigan foizlar” yoki 4840 “Olinadigan dividendlar” hisobvarag’ining debeti va 9530 “Foizlar ko’rinishidagi daromadlar” yoki 9520 “Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar” hisobvaraqlarining krediti bo’yicha yozuvlar amalga oshiriladi.
Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bo’yicha analitik hisob uzoq muddatli investitsiyalarning turlari va ushbu investitsiyalar amalga oshirilgan ob’ektlar (qimmatli qog’ozlarni sotuvchi-korxonalar, korxona ishtirokchisi hisoblangan sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlari va shu kabilar) bo’yicha yuritiladi. Bunda analitik hisobning tashkil qilinishi O’zR hududi va xorijdagi ob’ektlarga qilingan uzoq muddatli investitsiyalar to’g’risidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatini ta’minlashi lozim.
Qimmatli qog’ozlar bo’yicha hisoblangan daromadlar operatsion daromadlarga kiritiladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha qayd etiladi:
D 4830 “Olinadigan foizlar”
K 9530 “Foizlar ko’rinishidagi daromadlar”.
Qarz qimmatli qog’ozlari talab va taklifni hisobga olgan holda bozor kursi bo’yicha sotib olinadi va nominal narxda sotiladi (so’ndiradi). Investor (obligatsiyalar xaridori) obligatsiyalarni 0610 “Qimmatli qog’ozlar” hisobvarag’ida qayd etiladi.
Hisob siyosatida har bir tashkilot obligatsiyaning haqiqiy qiymati bilan obligatsiyaning nominal narxi o’rtasidagi farqni hisobdan chiqarish davriligini ko’rsatishi kerak.
Joriy bozor qiymati aniqlanmagan qarz qimmatli qog’ozlari bo’yicha tashkilot muomalala muddati davomida sotib olish qiymati va nominal qiymati o’rtasidagi farqni bir maromda, chiqarish shartlariga muvofiq, operatsion daromad yoki xarajatlar tarkibiga kiritilishi lozim.
Agar obligatsiyalarning boshlang’ich qiymati nominal qiymatdan yuqori bo’lsa, farq tashkilot tomonidan u egalik qilayotgan obligatsiyalar bo’yicha olingan daromaddan chegirib tashlanadi. Agar obligatsiyalar nominal qiymatidan past narxda sotib olinsa, farq qo’shiladi va operatsion daromadga kiritiladi.

5.7. Investitsiyalar bo’yicha moliyaviy natijalarni



Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   524




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish