Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Investitsiyalarning turkumlanishi va baholanishi



Download 2,01 Mb.
bet141/524
Sana11.07.2022
Hajmi2,01 Mb.
#774417
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   524
Bog'liq
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

5.3. Investitsiyalarning turkumlanishi va baholanishi

Buxgalteriya hisobining xalqaro va milliy standartlari talablariga binoan xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan amalga oshirilgan investitsiyalar quyilgan vaqtiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:


uzoq muddatli investitsiyalar;
qiska muddatli investitsiyalar.
Bir yildan ortiq muddatda daromad olishni maqsad qilib turli ob’ektlarga yo’naltirilgan moliyaviy qo’yilmalar uzoq muddatli investitsiyalar deb ataladi. Qisqa muddatli investitsiyalar esa bir yildan kam bo’lgan muddatda daromad olishni ko’zda tutgan aktivlarga yo’naltirilgan qo’yilmalardan iborat bo’ladi. Buxgalteriya hisobining standartlari talablariga binoan o’zlarining hisob siyosatida uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarni ajratib ko’rsatishni lozim deb topgan korxonalar uzoq muddatli investitsiyalarni balansning “uzoq muddatli aktivlar”i tarkibida, qisqa muddatli investitsiyalarni esa “joriy aktivlar”i tarkibida ko’rsatishlari lozim.
O’z moliyaviy hisobotlarida aylanma mablag’lar bilan uzoq muddatli aktivlar o’rtasidagi tafovutni ko’rsatuvchi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar qisqa muddatli (joriy) moliyaviy investitsiyalarni egalik qilish muddati bir yilgacha bo’lgan aylanma mablag’ sifatida ko’rsatishlari, uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni esa egalik qilish muddati bir yildan oshadigan uzoq muddatli aktivlar sifatida ko’rsatishlari lozim.
O’z balanslarida qisqa muddatli va uzoq muddatli investitsiyalarni farqlamaydigan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bu farqni baholash maqsadlari uchun ko’rsatishlari va investitsiyalarning balansdagi qiymatini BHMS 12-son “Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish”ning 13 va 15-bandlariga muvofiq aniqlashlari shart.
Qisqa muddatli (joriy) aktivlar sifatida tasnif qilingan investitsiyalar buxgalteriya balansida:
- bozor qiymati;
- xarid qiymati va bozor qiymati kabi ikki qiymatning eng kami bo’yicha hisobga olinishi kerak.
Agar qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar xarid va bozor qiymatlaridan eng kam baholanish bo’yicha hisobga olinadigan bo’lsa, balansdagi qiymati umuman barcha investitsiyalar qiymati asosida yoki investitsiyalar turlari bo’yicha yoxud alohida investitsiyalar asosida aniqlanadi.
Qisqa muddatli investitsiyalar bozor qiymatining o’zgarishidan keladigan daromad yoki zarar shu daromad yoki zarar sodir bo’lgan hisobot davrida tan olinadi.
Uzoq muddatli aktivlar sifatida tasnif etilgan investitsiyalar buxgalteriya balansida:
- xarid qiymati bo’yicha;
- qayta baholashni hisobga olgan qiymat bo’yicha;
- xarid qiymati va bozor qiymatining umumiy investitsiyalar usuli bo’yicha aniqlangan eng kam bahosi bo’yicha hisobga olinadi.
Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni qayta baholash uchun qayta baholashning amalga oshirish davriyligini, shu jumladan uzoq muddatli investitsiyalar toifalarini aniqlash zarur.
Balans qiymatining vaqtincha pasayishini istisno etgan holda investitsiyalar qiymati kamaygan taqdirda barcha uzoq muddatli investitsiyalarning balans qiymati kamaytiriladi. Bundan kamaytirish har bir moliyaviy qo’yilma bo’yicha aniqlanadi va tayyorlanadi.
Uzoq muddatli investitsiyalar xarid qiymati bo’yicha hisobga olinadi. Uzoq muddatli investitsiyalarning qiymati muqarrar kamayib borgan taqdirda bu investitsiyalarning balans qiymati har bir investitsiya bo’yicha alohida kamaytirilishi lozim. Bunday hollarda xatarning turlari, investitsiya qilinayotgan sub’ektda investorning ulushi e’tiborga olinadi.
Uzoq muddatli investitsiyalar balans qiymatining vaqtincha pasayishi hisobda aks ettirilmaydi.
Investitsiyalarni baholash 12-sonli “Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish” deb nomlangan BHMS asosida amalga oshiriladi. Bunga ko’ra qisqa muddatli investitsiyalar sotib olingan paytda buxgalteriya hisobida xarid bahosida aks ettiriladi. Investitsiyalarning xarid bahosi esa, investitsiyaning o’z qiymati, brokerlarga to’langan to’lovlar, boj to’lovlari, bank xizmati uchun to’langan mablag’ va boshqa xarajatlardan tashkil topadi. Agar investitsiyalar to’liq yoki qisman aktsiyalar yoki boshqa qimmatli qog’ozlar emissiyasini amalga oshirish orqali sotib olinsa, unda sotib olingan investitsiyalarning qiymati ularning nominal qiymati emas, balki bozor bahosiga teng bo’ladi. Agar investitsiyalarni sotib olish to’liq yoki qisman boshqa aktivlarga almashtirish orqali amalga oshirilsa, investitsiyaning xarid qiymati almashtirish uchun tavsiya etilgan aktivning joriy qiymati bo’yicha belgilanadi. Ammo bu holatda investitsiyalarning bozor qiymati aniqroq bo’lsa, ushbu bahoni qo’llash ma’qul bo’ladi. Agar investitsiyalar sotib olingunga qadar hisoblangan foizlar yoki dividendlar qiymati bilan sotib olinsa, bunday investitsiyalar sotuvchiga to’langan foizlar yoki dividendlar summasi chiqarib tashlangan xarid qiymatida aks ettiriladi. Hisobot tuzish sanasida investitsiyalar BHMS standartlari talablariga ko’ra korxona balansida bozor qiymatida yoki sotib olish va bozor qiymatidan kami bo’yicha ko’rsatilishi lozim. Agar qisqa muddatli investitsiyalar korxonaning hisob siyosatiga ko’ra sotib olish va bozor qiymatidan kami bo’yicha hisobga olinadigan bo’lsa, uning balans qiymati:
- alohida olingan investitsiyalar bo’yicha;
- investitsiyalarning toifalari bo’yicha;
- investitsiyalar portfeli asosida aniqlanishi mumkin.
Uzoq muddatli investitsiyalar esa hisobot sanasiga buxgalteriya balansida sotib olish qiymati, qayta baholashni hisobga olgan qiymat yoki sotib olish va bozor bahosidan kami bo’yicha aks ettiriladi. Uzoq muddatli investitsiyalarning balans bahosini aniqlash investitsiyalar portfeli asosida amalga oshiriladi.



Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   524




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish