14.7-jadval
Rejalashtirilayotgan xarajatlar dinamikasini joriy yil uchun omilli
tahlil usuli yordamida anihlash tartibi, ming so’m
Oy-
lar
|
Mahsulot ishlab chiqarish, dona
|
Jami tannarx
|
Xarajatlar dinamikasi
|
Bir birlikning tannarxi
|
Doimiy
|
O’zga-
ruvchan
|
Jami
(Tj)
|
Doimiy
|
O’zga-ruvchan
|
Jami (Tj)
|
1
|
15
|
420
|
8
|
428
|
0,0
|
28,00
|
0,53
|
28,53
|
2
|
25
|
420
|
14
|
434
|
15,21
|
16,80
|
0,56
|
17,36
|
3
|
35
|
420
|
18
|
438
|
15,14
|
12,00
|
0,51
|
12,51
|
4
|
45
|
420
|
20
|
440
|
15,07
|
9,33
|
0,44
|
9,77
|
5
|
55
|
420
|
26
|
446
|
15,20
|
7,64
|
0,47
|
8,11
|
6
|
65
|
420
|
36
|
456
|
15,34
|
6,46
|
0,55
|
7,01
|
7
|
75
|
420
|
45
|
465
|
15,30
|
5,60
|
0,60
|
6,20
|
8
|
85
|
420
|
84
|
504
|
16,26
|
4,94
|
0,99
|
5,93
|
9
|
95
|
420
|
136
|
556
|
16,55
|
4,42
|
1,43
|
5,85
|
10
|
105
|
420
|
206
|
626
|
16,89
|
4,00
|
1,96
|
5,96
|
11
|
115
|
420
|
282
|
702
|
16,82
|
3,65
|
2,45
|
6,10
|
12
|
125
|
420
|
375
|
795
|
16,99
|
3,36
|
3,00
|
6,36
|
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, yil davomida mahsulot hajmi 10 birlikka oshib borgan. Jami doimiy xarajatlar 420 000 so’m darajasida saqlanib qolgan.
Jami o’zgaruvchan xarajatlar oylar bo’yicha o’sib borgan. Omilli tahlilning zanjirli bog’lanish usulini qo’llab, xarajatlar dinamikasi bazaviy oyga nisbatan hisoblab topiladi. Misol, fevral oyida jami xarajatlar 434 000 so’m bo’lsa, uni yanvar oyidagi 428 000 so’m jami xarajatlarga bo’lib, topilgan summani yanvar oyining rejalashtirilgan mahsulot (15 dona) miqdoriga kupaytiriladi va natijada bir birlik mahsulotga to’g’ri keladigan chegaraviy xarajatlar topiladi. ((434000 : 428000) • 15 = 15,21).
Hisob-kitoblarning ko’rsatishicha, korxonada bir birlik mahsulot tannarxini oylar bo’yicha pasayishi kuzatilgan. Buning sababi mahsulot hajmining ortish intervali bilan xarajatlarning o’sish dinamikasi bir tekisda bo’lmaganligidir.
T jami T bir birlik
T 1 T1
T2
Doimiy xarajatlar Doimiy xarajatlar
0 0
14.3-chizma. Rejalashtirilgan jami va bir birlik mahsulot tannarxining
ishlsb chiqarish hajmiga bog’liqligi
Korxona 9-oyda 95 dona mahsulot ishlab chiqarganda 556 000 so’mlik jami xarajatlar hajmi eng katta daromad oladi. Demak, bu holatda korxona 95 birlik miqdorida mahsulot ishlab chiqarishi maqsadga muvofiqdir.
Rejalashtirilgan jami va bir birlik mahsulotning tannarxini mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog’liqligini 14.3-chizma yordamida tahlil qilish mumkin.
Chizmadan ko’rinib turibdiki, jami mahsulot tannarxi oylar davomida bir tekisda o’sib borish tendentsiyasiga ega bo’lgan, natijada jami mahsulot tannarxi to’g’ri chiziq ko’rinishida bo’lgan. Bir birlik mahsulotning tannarxi esa yoysimon ko’rinishga ega bo’lgan.
Demak, mahsulot hajmi ortib borishi bilan jami tannarx ortib boradi. Shu bilan birga, bir birlik mahsulot tannarxi ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori ortishi bilan qisqarib boradi.
14.2. Transfert bahoni shakllantirish
Korxona baho siyosatida transfert bahoning tutgan o’rni va mazmuni. Respublikamizda bozor munosabatlarini rivojlantirish sharoitida sotiladigan mahsulot (ish va xizmat)larga ilmiy asoslangan baho siyosatini ishlab chiqish boshqaruv hisobining asosiy vazifalaridan biri sanaladi.
Amaliyotda har bir korxona o’z mahsulotini ishlab chiqara boshlashidan avval qancha foyda olishi mumkinligini rejalashtiradi. Korxona foydasi mahsulot bahosi va uni ishlab chiqarishga sarflanadigan haqiqiy xarajatlarga bevosita bog’liq bo’ladi. Ushbu holatda mahsulot bahosi ishlab chiqaruvchi yoki xaridor xohishi bo’yicha baland yoki past bo’lishi mumkin emas, u talab va taklif asosida tartibga solib borilishi lozim.
Inflyatsiya jarayonida, ya’ni, baholarning o’sishi sodir bo’layotgan paytda pulning foydaliligi pasayib boradi. Shu sababli, bunday sharoitda barcha hisob-kitoblar qiyosiy yoki bazis davr baholarida amalga oshirilishi zarur, aks holda, noto’g’ri ma’lumotlar asosida oqilona moliyaviy boshqaruv qarorlari qabul qilib bo’lmaydi. Shu nuqtai-nazardan qiyosiy baholardan foydalanish moliyaviy menejmentdagi barcha hisob-kitoblarga tegishli talab hisoblanadi. Bunda bir o’lchamning o’zgarishi ikkinchi o’lchamning o’zgarishiga qanday ta’sir etishi tahlil qilinadi.
Ishlab chiqarishning hajmi va baholar darajasi turlicha bo’lgan holatda foyda summasini solishtirishning bir nechta varianti mavjud. Mahsulotning qo’shimcha birligini ishlab chiqarish umumiy tushumning ma’lum bir birlikda oshishiga olib keladi va u cheklangan tushum deyiladi. Bunda o’z navbatida xarajatlar miqdorining ham bir birlik miqdorida oshishi kuzatiladi va u cheklangan xarajatlar, deb ataladi. Maksimal foyda cheklangan tushum bilan cheklangan xarajatlar bir-biriga teng bo’lgan yoki ular bir-biriga maksimal darajada yaqinlashgan holda yuzaga keladi.
Foydalilikning cheklanganligi nazariyasiga muvofiq, ishlab chiqarishning o’sishi tufayli cheklangan tushum cheklangan xarajatlarga nisbatan tezroq sur’atlarda o’sib borgunga qadar foyda hajmi o’sib boraveradi, biroq cheklangan xarajatlar cheklangan tushumdan oshib ketgan paytda mahsulot ishlab chiqarishni qisqartirish zarur. Shunday qilib, cheklangan xarajatlarning cheklangan tushumga yaqinligi (maksimal) eng yuqori darajada ta’minlanganda yoki unga tenglashtirilganda mahsulot ishlab chiqarishning hajmi va bahosi ishlab chiqaruvchini eng yuqori (maksimal) foyda bilan ta’minlaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonada bahoni shakllantirish va boshqarish bo’yicha tezkor qarorlar qabul qilish zaruriyati tug’iladi. Buning uchun boshqaruv tizimida bahoni shakllantirish bo’yicha funktsional bloklarning o’zaro aloqasini tahlil qilish muhim ahamiyatga ega (14.4-chizma).
Boshqaruvchi tizim:
turli darajadagi rahbarlar
bahoni shakllantirish bo’yicha qarorlar qabul qilish
Teskari aloqa
Boshqaruvning asosiy funktsiyalari
Boshqaruvning ta’minot funktsiyalari
Tashqi muhit
Rejalashtirish, tashkil etish
Hisob: buxgalteriya, statistik, operativ-texnik
Nazorat
To’g’ri aloqa
Tartibga solish
Iqtisodiy tahlil
Boshqariluvchi tizim:
ishlab chiqarish jarayoni, transfert bahoni shakllantirish bo’yicha qarorlar qabul qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |