Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Download 2,01 Mb.
bet179/524
Sana02.03.2022
Hajmi2,01 Mb.
#479332
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   524
Bog'liq
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Mehnatga haq to’lash shakllari
Mehnatga haq to’lashning ishbay shakli. Ishbay – ish haqini shakli bo’lib, unda ish haqi miqdori ishlab chiqarilgan mahsulot birliklari soniga qarab, ularning sifati, murakkabligi va ish sharoitlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
Mehnatga haq to’lashni ishbay shaklida narx (rastsenka) ish razryadlari, tarif stavkalari (maosh) va ishlab chiqarish normalari (vaqt normalari)dan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ishbay narxini belgilash uchun soatbay (sutkalik) tarif stavkasini bajarilgan ishlab chiqarishning muvofiq razryadi bo’yicha soatbay (sutkalik) ishlab chiqarish normasiga bo’linadi.
Ishbay narxini, shuningdek, soat yoki kun tarif stavkasi bilan bajarilgan ish toifasiga mos keladigan soatlik yoki kunlik stavkani ko’paytirish orqali aniqlanishi mumkin.
Mehnatga haq to’lashni ishbay shaklida quyidagi turlari mavjud:
1) oddiy ishbay;
2) ishbay-mukofotli;
3) ishbay-progressiv;
4) bilvosita ishbay
5) akkordli.
1) Oddiy ishbay - bu mehnatga haq to’lash turi bo’lib, unda ishchilarning ish haqi ular tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotlarning miqdori va bajarilgan ishlarga, zarur malakani hisobga olgan holda, tashkil etilgan qat’iy ishbay narxlaridan kelib chiqqan holda bevosita bog’liq bo’lgan to’lovdir.
Oddiy individual ishbay ish haqi sistemasida ishchining ish haqi (Ih) quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:
Ih = ∑Nm*Mm,
bu erda:
Nm - mahsulot yoki ishni muayyan turiga belgilangan narx;
Mm – ishlab chiqarilgan muayyan mahslot miqdori.
2) ishbay-mukofotli mehnat haqi ishlab chiqarish me’yorlaridan ko’proq ish bajarish va ularning ishlab chiqarish faoliyatining o’ziga xos ko’rsatkichlari uchun (yaroqsiz mahsulotlar yo’qligi, reklamatsiya va boshqalar) mukofotlash ko’zda tutilgan. Korxona tomonidan qabul qilingan mukofot to’lash tizimiga muvofiq mehnatga haq to’lash hisoblaganda, mukofotlash to’g’risidagi Nizomga ko’ra barcha mukofotlar xodimning haqiqiy daromadining ajralmas qismi hisoblanadi. Mukofot miqdori odatda ish haqining ulushi sifatida belgilanadi.
Ishchi yoki ishchilar brigadasining ish haqi ishbay-mukofotli tizimi bo’yicha quyidagi formula bilan aniqlanishi mumkin:
P+K+L
Ih = ∑Rn *Gn(-----------),
100
bu erda:
Rn – mahsulot yoki ishning turi uchun narx;
Gn – n turdagi ishlab chiqarilgan mahsulotlar soni;
P – belgilangan mukofot ko’rsatkichlarini bajarilganligi uchun tariff stavkasining foizi sifatidagi mukofot summasi;
K – belgilangan mukofot ko’rsatkichlarining ortiqcha bajarilishining har bir foizi uchun mukofot summasi, %;
L – belgilangan mukofot ko’rsatkichlarining ortiqcha bajarilish foizi.
3) Ishbay-progressiv ish haqi tizimi oddiy (o’zgarmas) narxlar bilan belgilangan normalar doirasida mahsulotlar ishlab chiqarish uchun beradi, va me’yordan ortiq mahsulotlar belgilangan shkala (asta-sekin oshirish stavkalari) bo’yicha oshirilgan narxlar bilan to’lanadi, lekin ko’pi bilan ikki ishbay stavkalari chegarasida.
4) Bilvosita ishbay bo’yicha mehnatga haq to’lash bilvosita narx tariff stavkasini (maosh) ishchi-ishbaychi tomonidan ishlab chiqarish uchun rejalashtirilgan mahsulotlar soniga bo’lish bilan belgilanadi.
Misol uchun
Mexanika tsexining 1-bo’lim ishchilari jamoasiga xizmat ko’rsatuvchi ishchi-rostlovchining tarif stavkasi bo’yicha ish haqi 2 000 000 so’mni tashkil etadi. Bo’limning ishlab chiqarish rejasi (normasi) 1 000 dona mahsulotga teng. Haqiqatda esa, hisobot oyida ishchi-rostlovchi xizmat qilayotgan uchastkada 1200 dona mahsulot ishlab chiqarildi.
Ish haqini hisoblash:
1. Ishchi-rostlovchi xizmat qilayotgan uchastkaning ishlab chiqarish me’yorini ortiqcha bajarish koeffitsienti:
1 200 dona : 1 000 dona = 1,2
2. Ishchi-rostlovchining ish haqi ishlab chiqarish me’yorining ortiqchaligi koeffitsienti bilan ortadi va quyidagini tashkil etadi:
2 000 000 so’m • 1,2 = 2 400 000 so’m.
Shunday qilib, ish haqi 2 400 000 so’m miqdorida hisoblanadi.
5) Mehnatga haq to’lashning akkord tizimi yuqori sifatli ma’lum miqdordagi ishlab chiqarish yoki bajarilgan ish uchun kompleks ishbay narxni belgilashni ko’zda tutiladi. Bu holda narx operatsiyalarga, qismlarga, detallarga, ish turlariga bo’linmaydi. Akkordli to’lov faqat yakuniy mahsulotni hisobga olishni talab qiladi. Bajarilgan ishlar vakolatli shaxs tomonidan qabul qilinadi. Buxgalter haqiqiy ish haqini jamoa a’zolari o’rtasida har bir ishlagan soatlar soniga muvofiq taqsimlaydi. Ish vaqtidan foydalanish tabeli va naryad ish haqini hisoblashga asos bo’ladi.

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   524




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish