Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Download 2,01 Mb.
bet101/524
Sana02.03.2022
Hajmi2,01 Mb.
#479332
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   524
Bog'liq
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Qoldiq (balans) qiymat - jamlangan amortizatsiya summasini chegirgan holda asosiy vositalarning boshlang’ich (tiklash) qiymati.
Tugatish qiymati - asosiy vositalarning chiqib ketishi bo’yicha kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida asosiy vositalarni tugatish chog’ida olinadigan aktivlarning faraz qilinayotgan summasi.
Amortizatsiyalaydigan qiymat – boshlang’ich va tugatish qiymati o’rtasidagi farq. Masalan, yuk mashinasining boshlang’ich qiymati 60 million so’m va tugatish qiymati - 5 million so’m bo’lsa, uning amortizatsiyalanadigan qiymati 55 mln. so’mni tashkil etadi.
Asosiy vositalarning taxminiy foydali hayoti – yillar davomida foydalaniladigan ob’ekt ishlash muddati. Bu ko’rsatkichni hisoblashda buxgalter quyidagi ma’lumotlarni hisobga olishi kerak: 1) bunday aktivlar bilan to’plangan boylik; 2) ob’ektning joriy holati; 3) uskunalarni ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish masalalari; 4) texnologiya va ishlab chiqarishning joriy holati; 5) mahalliy ob-havo sharoitlari.


4.4. Asosiy vositalar harakatini hisobga olish


Asosiy vositalarning kelib tushishi. Mulkka egalik, xo’jalik yurituvi yoki tezkor boshqaruv huquqi asosida xo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli bo’lgan asosiy vositalarning miqdori korxona balansiga kiritilishi lozim.
Asosiy vositalar miqdori korxona balansiga:
a) kapital qo’yilmalar tugaganidan so’ng tiklangan ob’ektni qabul qilish-topshirish (1-shakl “Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi”;
b) ob’ektni oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha xarid qilish; (hisobvaraq-faktura, 1-shakl “Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi”)
c) ta’sischilarning ustav sarmoyasiga qo’yilmalari;
d) bepul kelib tushish (hadya shartnomasi bo’yicha);
e) ayirboshlash;
f) tovar-moddiy zahiralar tarkibidan o’tkazish;
g) moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo’yicha olish;
h) qiymati aniqlab bo’lingan asosiy vositalarga kapital qo’yilmalar;
i) ortiqcha (hisobga olinmagan) asosiy vositalarni aniqlash (19-sonli BHMSga 6-ilova. Asosiy vositalarni inventarlash ro’yxati);
j) asosiy vositalarni xo’jalik jamiyati ta’sischilar tarkibidan chiqayotganda yoki tugatilayotgan xo’jalik jamiyatining mulki ta’sischilar orasida taqsimlanayotganda qo’lga kiritish;
k) asosiy vositalarga mulkka egalik, xo’jalik yurituvi yoki tezkor boshqaruv huquqini qo’lga kiritishga olib keladigan boshqa operatsiyalar yoki holatlar natijasida kiritilishi mumkin.
Asosiy vositalar aktiv sifatida tan olinganda ular boshlang’ich qiymat bo’yicha baholanadi.
Asosiy vositalarga o’tkaziladigan kapital qo’yilmalar asosiy vositalardan foydalanishdan kelgusida iqtisodiy foyda olishni oshirish shartlarida ularning boshlang’ich qiymatini oshiradi. Kelgusida olinadigan iqtisodiy foydani oshirmaydigan boshqa barcha xarajatlar, ular amalga oshirilgan davrdagi davr xarajatlari sifatida tan olinishi lozim.
Asosiy vositalarni qurib bitkazish, qo’shimcha jihozlash, rekonstruktsiya qilish, zamonaviylashtirish va texnik qayta qurollantirishga doir xarajatlar, ular tugatilganidan so’ng, agar ular natijasida asosiy vositalarning faoliyat yuritishining dastlab qabul qilingan me’yoriy ko’rsatkichlari (foydali ishlatish muddati, quvvati, qo’llash sifati va h.k.) yaxshilansa (oshsa), bunday ob’ektning boshlang’ich qiymati ham oshadi.

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   524




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish