Taksodiumlar oilasi — Taxodiaceae
Meva beruvchi tangachalari 2-9 ta urug`kurtak chiqaradi va spiralsimon joylashadi. Bu oilaning eng mashhur vakili Shimoliy Amerikadagi mamont daraxtidir (vellingtoniya — Sequoia gigantea). Bu daraxt yer yuzidagi eng katta daraxt bo`lib, bo`yi 100-150 m gacha, yo`g`onligi 12 m gacha bo`ladi va 1500 yilgacha yashaydi. Botqoq sarvi (Taxodium distichum) ham shu oilaga kiradi (S`Himoliy Amerika), bu daraxt ham mamont daraxti kabi yirik bo`lib, bo`yi 40 m ga, yo`g`onligi 3 m ga boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |