Bennettitlar tartibi — Bennett1tales
Bennettitlar tartibining vakillarn mezozoy erasining trias davridan boshlab, boshlang`ich bo`r davrigacha o`sgan, hozirda yo`qolib ketgan o`simliklardir; ular yura davrida keng rivojlangan. Bennettitlar o`zining tashqi ko`rinishi jihatidan sagovniklarga o`xshaydi. Ularda ham, sagovniklardagidek yo shoxlanmaydigan uzun ustunsimon poya (Williamsonia avlodi) yoki tuganaksimon kalta poya (Bennettites, Cycadeoidea avlodlari) bo`lgan; bennettitlardan ba`zi avlodlarining poyalari nozik bo`lib, soxta dixotomik ravishda shoxlangan (Williamsoniella, Wielandella). Poyalarining uchlaridan yoki shoxlaridan uzun-uzun patsimon yoki oddiy barglap chiqargan. Bennettitlar poyasi ham Cycas yoki kirqquloqlardagiga o`xshash tushib ketgan barg bandlarining o`rni bilan qoplangan. Poyasining anatomik tuzilishi ham sagovniklar poyasinnng tuzilishiga o`xshaydi. Poyada o`zak juda taraqqiy etgan, birlamchi va ikkilamchi yog`och qismi esa lub bilan birga tor halqa hosil qiladi. Bennettitlar har xil sporali o`simliklar bo`lgan. Ko`pchilik formalarida mikrosporofillar bilai makrosporofillar ikki jinsli qubbalar hosil qilib, bir o`simlikda joylashgan. Qubbalar yo tushib ketgan barg bandlarining qo`ltiqlarida yoki uzun oyoqchali bo`lib, to`g`ridan-to`g`ri poyada joylashgan, ana shunday qubba yoki „gul"ning markazi ixcham tuzilma holida yig`ilgan makrosporofillar bilan band bo`lib, ularning atrofini mikrosporofillar o`rab olgan. Cycadeoideaning mikrosporofillari patga o`xshab tuzilgan. Patlarda bir-biri bilan qo`shilib, sinangiylar hosil qiladigan mikrosporangiylar turgan. Sporangiylarda mikrosporalar bo`lgan. Naslsiz maxsus tangachalar bilan gallanadigan makrosporofillar-dan iborat onalik qubbasi sporofillardan ichkariroqda turgan. Bennettites Gibsonianusning “gullari” bir jinslidir. O`qning bo`rtgan uchida urug`kurtakka o`xshagan makrosporangiylar bor. Urug`kurtak juda uzun oyoqchada turadi, uning qoplag`ichi bor, qoplag`ichining uchi cho`zilib, oxirida mikropileli uzun naychaga aylanadi; qoplag`ich ostida nutsellus turadi. Nutsellus ichidan pishib yetilgap ikki pallali embrionlar topilgan. Urug`kurtaklar orasida naslsiz tangachalari bo`lgan; ularning pastki qismi ingichka bo`lib, uchi qalqoncha ko`rinishida kengaygan. Qalqonchalarning chetlari bir-biriga taqalib, orasidan mikropilyar naychalari (chang yo`l) chiqib turgan. Qubba tashqaridan barglar bilan qoplangan. Williamsoniellaning mikrosporofillari shaklan tojbargga o`xshagan bulib, ustida uch qator mikrosporangiylari bo`lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |