4. . Xizmatchi dasturiy vositalarni
sinflarga ajratish
Fayl dispеtchеrlari (fayl mеnеdjеrlari). Bu sinf dasturlari yordamida fayl strukturasiga xizmat qilish bilan bog’liq bo’lgan ko’pgina amallar bajariladi, ya'ni: nusxa olish, joyini o’zgartirish, fayl nomini o’zgartirish, katalog (papka) yaratish, fayllarni qidirish va fayl strukturaida navigatsiya. Bu maqsadlarga mo’ljallangan dastur vositalari odatda tizimli satx dasturlari tarkibiga kiradi va OT bilan birgalikda o’rnatiladi. Ammo, kompyutеr bilan ishlash qulayligini oshirish uchun ko’pgina foydalanuvchilar, qo’shimcha xizmatchi dasturlarni o’rnatadilar.
Ma'lumotlarni zichlashtirish vositalari (arxivatorlar). Ular arxivlar yaratish uchun mo’ljallangan. Ma'lumotlarni arxivlashtirish, fayl va kataloglarning katta guruhlarini bitta arxiv fayliga jamlash hisobiga saqlashni osonlashtiradi. Bu holda arxiv fayllari ma'lumotlarni yuqori darajada zichlashtirib yozish hisobiga, ma'lumotlarni saqlash qurilmalari samaradorligini oshirish imkonini bеradi. Arxivatorlar ko’pincha qimmatli ma'lumotlardan rеzеrv nusxa olish uchun ham foydalaniladi.
Apparat ta'minoti va dasturiy ta'minot o’rtasidagi bog’liqlik qanday.
Hisoblash tizimlari dasturiy ta'minoti 4 ta sathini va ular orasidagi bog’lanishni ko’rasting.
Kompyutеr tizimlarini nazorat qilish, tеkshirish, sozlashni avtomatlashtiruvchi dasturlar haysi sinfga tеgishlidir.
Opеratsion tizimlar qaysi dasturiy ta'minot sinfiga mansub.
Operatsion tizim - bu maxsus dastur bo’lib, bu dasturning asosiy vazifasi - kompyuter ishini boshqarish, kompyuter va foydalanuvchi o’rtasida muloqotni o’rnatish, tashqi qurilmalar ishlash holatlarini sozlash va ular bilan muloqotni o’rnatish, har xil dasturlarni ishga tushirish va ularning ishlash holatlarini ta‘minlash. Operatsion tizimlardan eng taniqlilari bu Microsoft firmasining MS-DOS, Windows operatsion tizimlari, Apple firmasining Macintosh – MacOS operatsion tizimi, Unix va Linux operatsion tizimlari. Operatsion tizimlarning asosiy vazifalariga: - fayl tizimini boshqarish (yozish, o’zgartish, ko’chirish, erkin foydalanishni nazorat qilish); -fayllardan nusxa dasturlar bajarilishini boshqarish (protsessor vaqtini taqsimlash, dasturlarni diskdan tezkor xotiraga yuklash, yashirin xavfli ta‟sirni - xotirani boshqarish (keshlash, taqsimlash,tutib olishvah.q.); ma‟lumotlarbutliginazorativah.k.); -foydalanuvchi bilan muloqot buyruqlarni o’qish, axborotni ekranga,(klaviaturadan, sichqonchadan printerga chiqarish va h.k.)kiradi. Operatsion tizim funksiyalari. Operatsion tizim (OT) tushunchasi qisqacha izohlanadigan bo‘lsa, bu boshqaruv dasturidir. OS bu kompyuterning fizik va dasturiy resurslarini taqsimlash va ularni boshqarish uchun ishlatiladigan dastur. Kompyuter resurslari ikki xil: fizik va dasturiy resurslarga bo'linadi. Fizik resurslarga: — xotira; — vinchester; — monitor; — tashqi qurilmalar; — va shu kabilar kiradi. Dasturiy resurslar bu: — kiritish va chiqarishni boshqaruvchi dasturlar; — kompyuter ishlashini ta’minlaydigan boshqaruvchi dasturlar; — berilganlarni tahlil qiluvchi dasturlar; — drayverlar; — virtual ichki va tashqi xotirani tashkil qiluvchi va boshqaruvchi dasturlar va shu kabilardir.
MS DOS bu iskli amaliyot tizim bo’lib, u foydalanuvchi fayllarni tashkil qilish, ularni saqlash, dasturlarni ishlatish, kompyuterlarga ulangan yordamchi qurilma (printer, disk yurituvchi…) larga murojat qilish imkoniyatini tug’dirib beradi. Tizimning MS DOS nomidagi MS microsoft so’zining bosh har fidan olingan bo’lib BASIC PASCAL FORTRAN CI algoritmik tillarning interpretatori deganini anglatsa, DOS – diskli amaliyot tizim deganidir.
Birinchi shaxsiy kompyuterlar OTga egam emas edilar. Kompyuter tarmoqqa ulanishi bilan protsessor doimiy xotiraga murojaat etar edi. Ularda murakkab bo‘lmagan das¬turlash tili, masalan, Beysik yoki shunga o‘xshash tilni qo‘llovchi, ya’ni uni tushunib, unda yozilgan dastur bilan ishlay oluvchi maxsus dastur yozilgan bo‘lar edi. Ushbu til buyruqlarini o‘rganish uchun bir necha soat kifoya qilar, so‘ngra kompyuterga uncha murakkab bo‘lmagan dasturlarni kiritish va ular bilan ishlash mumkin bo‘lar edi. Kompyuterga magnitofon ulangach, chet dasturni ham yuklash imkoniyati yaratildi. Buning uchun bitta, LOAD buyrug‘i kifoya edi, xolos.
Kompyuterga disk yurituvchilar ulanishi bilan OTga bo‘lgan zaruriyat paydo bo‘ldi. Disk yurituvchi magnitofondan shunisi bilan farq qiladiki, bu qurilmaga erkin murojaat etish mumkin. Diskdagi dasturlarni faqat nomi orqali yuklash imkonini beruvchi operatsion tizim ishlab chiqildi va u disk operatsion tizimi (DOT) deb nom oldi. DOT nafaqat diskdagi fayllarni yuklash, balki xotiradagi fayllarni diskka yozish, ikkita faylni bitta sektorga tushishining oldini olish, kerak bo‘lgan paytda fayl¬larni o‘chirib tashlash, fayllarni bir diskdan ikkinchisiga ko‘chirish (nusxa olish) kabi ishlarni ham bajara oladi. Umuman olganda, DOT foydalanuvchini alohida qog‘ozlarda ko‘plab yozuvlarni saqlashdan xalos etdi, disk yurituvchilar bilan ishlashni soddalashtirdi va xatolar sonini sezilarli darajada kamaytirdi.OTlarning keyingi rivojlanishi apparat vositalarining rivojlanishi bilan parallel bordi. Egiluvchan disklar uchun yangi disk yurituvchilar paydo bo‘lishi bilan OTlar ham o‘zgardi. qattiq disklarning yaratilishi bilan, ularda o‘nlab emas, balki yuzlab, hatto minglab fayl¬larni saqlash imkoniyati yaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |