Guliston – 2013 ko’baev qobil umarovich. O’zbek adabiyoti (poeziya) fani bo’yicha o’quv-uslubiy majmua



Download 0,63 Mb.
bet36/53
Sana17.05.2023
Hajmi0,63 Mb.
#940299
TuriУчебно-методическое пособие
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   53
Bog'liq
portal.guldu.uz-O’ZBEK ADABIYOTI (POEZIYA)

TABIAT OBRAZLARI
Tabiat manzaralarini chizish, tabiat hodisalaridan poetik obraz sifatida foydalanishda Cho’lpon, H.Olimjon, Oybek, Mirtemir kabi shoirlarimiz boy an’analar qoldirishganligi barchaga ma’lum. Ammo sinchiklab qaralsa shu xaqiqat oydin bo’ladiki, bu narsalarda xatto ular ham Rauf Parfining oldiga tusha olmas ekan. Shoir she’riyatining deyarlik yarmidan ko’pida yo tabiatning nafis bir manzarasi moxirona chizib ketiladi yoki tabiatning biror xodisasi poetik obraz sifatida ishtirok etadi. Shu tarzda boshlagan she’rlarning ayrimlarinigina eslab ko’raylik: "Yomg’ir yog’ar, shig’alab yog’ar, "Shovullaydi shamol, uvilaydi, "Shivirlaydi oyog’imda yashab o’tgan xazonlar", Yaproqlarda shamol o’ynar", "Mudrar yarim kecha”, "Suv ostida yaltiraydi tosh”, "Tog’da bir buloq bor", "Qor hidi dimoqqa urildi" “Tunchalar pushti rang", "Yomg’ir ham tinmadi,”0ppoq bulut”, "Qorlariga qorishdi osmon", "Sabolarda o’ynaydi navo", Kulrang bulut", Aylanib to’shar qor yo’limga, "Derazamdan boqar zulmat", Pag’a-pag’a oppoq qor", Shabnam, "Yulduzlarga", "Xayxotdek tun”, ""Yulduzlarning achchiq nurlariga", "Mana chaqmoq chakdi,”Yomg’ir yog’ib chiqdi", ''Oy, nurlaring yig’ishtirib ol, "Buron, dustim, nechun jimsan”, "Tun yaqin,Siniq osmon" 'Ko’zlaring so’qirmi, tun", "Talpinadi shunday kuladi", "Tong", "Nima qilib qo’yding, Quyosh" va hakozo.
Tong paytining mana bu go’zal obrazlarga burkalgan tasvirini chizib ber-ganda shoir 20 yoshlik navqiron yigit edi:
Tong otmokda.
Tong o’qlar otar,
Tong otmokda, quyosh - zambarak
Yaralangan Er shari yotar,
Boshlarida yashil chambarak.
Yoki mana bu satrlar undan ham oldin dunyoga kelgan:
Talpinadi shunday kuladi
ko’m-ko’k o’rmon va tiniq daryo
Daryo uzra oy ham kuladi
Er xusniga bo’lib mahliyo...
Bu shundan dalolat beradiki, shoir yoshligidan tabiatning shaydosi bo’lgan, tabiat hodisalarini o’ziga xos ko’rgan va xis etgan, ana shu tuyg’ular go’yo muykalar sohibining sirli tasviridek she’rlarga kutgan.
Yomg’ir yog’ar, shig’alab yog’ar,
Tomchilar tomchilar sochimga,
Yomg’ir yog’ar, shigalab yog’ar.
Ham qayg’uga, ham quvonchimga.
Bu go’zal tasvir Faqatgina tabiatning ajib xodisasini jonlantirib qolmasdan, ayni paytda lirik qahramon kayfiyatini ham ifoda eta olganligi bilan ahamiyatlidir. Darhaqiqat shoir she’rlarida tabiat manzarasi shunchaki o’zi yashamaydi, balki uning ortida hamisha inson turadi.Tabiat hodisalari insonning murakkab kechinmasini, butun hissiyotlarini nozikligi bilan tasvir etishda juda qulay obrazlar bo’la olishini shu she’rlardan bilib olsa bo’ladi. Ba’zan tabiat xodisasi bilan shunga monand inson tuyg’usi yonma-yon bir-birini izoxlab, biri birini tuldirib kelgan xolatlarda bu usulning imkoniyatlari ravshanroq namoyon bo’ladi:
Suv ostida yaltiraydi tosh,
Harsanglarda sinadi suvlar
Xayollari singari bebosh
Toshlarda uynoqlar ohular

Mavjlar kabi jimirlaydi jon,


Yaproqdek qaltirar nigohii
To’lqinlar ustida parishon
Sevinchlarim,chekilgan oxim...

Ko’zimda qumlarning uyini,


Yo’llarimda g’ij-g’ij soqov tosh.
Nelar buzdi, shoir uyingni,
Buncha xursand ko’zlaringda yosh?
R. Parfining nazarida tabiat, uning turfa xodisalari go’yo tili bor tirik mavjudot, shoir go’yo ular bilan gaplashadi: ularni savollarga tutadi, ta’na qiladi, xazillashadi:
Ko’zlaring so’qirim tun, nima bo’ldi,
Bu holda birovni bosib olasan,
Mana gugurt, endirib ol ko’zingni,
eki:

Bo’ron, do’stim, nechuk jimsan.


Nechun jimsan, Chaqmoq ukam,
Singlim Sukunatning boshida?'



Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish