Aim.uz
“Guldursun”, “Qaytar dunyo” afsonalari
Dars rejasi:
1. Afsona, asotir, rivoyatlar haqida ma’lumot
2. “Shiroq” va “To’maris” afsonalari
3. “Qaytar dunyo” va “Guldursun” afsonalarining tarbiyaviy ahamiyati.
Tayanch so’z va iboralar: Badiiy to’qima, yo’q narsani borday qilib ko’rsatish, sehrli voqea –hodisalar, og’zaki ijodining epik turlaridan biri, afsonalar tiklanishi, vatan xoinlariga nisbatan kuchli nafrat.
Afsonalar dunyodagi deyarli hamma xalqlar og’zaki ijodining eng qadimgi, aziz va ommaviy janrlaridandir. Ularda tarixiy hayotda ro’y bermagan bo’lsa-da, ro’y berishi mumkin bo’lgan voqealar hikoya qilinadi. Badiiy to’qima bu janr asarlarining asosiy xususiyatlari hisoblanadi. Shuning uchun olimlar afsonalarning ayrimlarini ertaklarga tenglashtirganlar.
Ayrim afsonalar esa miflarga o’xshab ketadi. Ammo miflar mazmunan afsonalardan farq qiladi. Afsona forscha (afsona) so’zdan olingan bo’lib, yo’q narsani borday qilib ko’rsatish, ya’ni jodulash, to’qish, uydirma qilish ma’nosini anglatadi.
Afsonalar ijro etilishi jihatidan ertak, doston, qo’shiq, askiya kabi alohida tayyorgarlik ko’rishni talab qilmaydi. Shuning uchun bu namunalarda matnga xos maxsus an’ana ko’zga tashlanmaydi.Ularda sehrli voqea–hodisalar shunaqa tasvirlanadiki, odam tinglayotganini o’ziyam bilmay qoladi.
Ma’lumki, qadim zamonlarda ajdodlarimiz diniy e’tiqodlarga berilib kelganlar. Afsonalarning ko’pchiligi payg’ambarlar, avliyolar hayotidan olingan voqealarni eslatadi. Kunlardan bir kun Muso payg’ambar Xudo oldiga ketayotgan ekan, erta bahor bo’lishiga qaramay, don ekayotgan qehqonni ko’rib qolibdi. Muso hali unga don ekishga erta ekanini aytibdi. Dehqon unga tajribasiga ishonib, uning gapini rad etibdi. Xudo bilan suhbatda Muso bu munozara yechimini so’raganda, Xudo dehqonning haq ekanini, ammo Muso gapini inobatga olish kerakligini bildiribdi. Shunday qilib, Muso Xudo oldidan qaytayotganida, havo sovugan, qor shamol esayotganmish. Dehqon esa hayron bo’lib osmonga qararmish. Shunda Muso o’zining haq ekanini dehqonga eslatibdi, dehqon istehzo bilan kulib, “don ekish vaqti kelishga kelgan, havoning buzilishi mening sen bilan tortishganim oqibatidir” –deb javob beribdi. Shu –shu ekish paytida havo buzilsa, dehqonning payg’ambar gapiga ko’nmaganini eslarkan.
Xalqimiz orasida “Shirin qiz”, “Oyda nima uchun dog’ bor”, quyosh bilan oy bir oilada yashagani, yulduzlar ularning bolalari ekani haqidagi afsonalar ko’p. “Qonqus”, “Kuygan yor”, “Oshiba”, “Andijon”, “Tuya cho’kdi” kabi yuzlab afsonalar borki, ulardan yozuvchilarimiz ham o’z ijodida foydalanadilar. Demak, afsonalar xalq og’zaki ijodining epik turlaridan biri ekan. Ular tasvirlangan voqealar asosan ijobiy to’qimalar zaminidan yaratilgan. Bu janr namunalarini aytib beruvchi shaxs asar mazmunini saqlagan holda ma’lum o’zgartirishlar kiritish mumkin. Afsonalar mazmun jihatidan xilma–xil voqealar hikoya qilinadi. Bu jihatdan ular asotiriy voqealarini, kosmik jismlarni, o’rin-joy nomlarini, odatlarni izohlovchi turlarga bo’linadi. Ular xalqimiz tarixini o’rganishda turli urf-odatlar, rasm-rusumlar, an’analarni shakllantirishda, joy nomlarini izohlashda muhim ahamiyatga ega.
Urganchda qadimgi afsonalar tiklana boshladi. Shaharlarning rivojlanishi natijasida me’morchilik alohida mavqega ega bo’la boshladi. Bu davrda badiiy adabiyot real tarixiy hodisalarni atroflicha aks ettira boshladi. Xususan, Chingiz istilosi bilan bog’liq voqealarning xalq og’zaki ijodidagi ifodasi, ancha ochiq ko’rinadi. Bunga misol sifatida Guldursun afsonasini misol qilib ko’rsatishimiz mumkin.
Qadimda Guliston degan shahar bo’lib, o’zning obod va ma’murligi bilan mashhur ekan. Dushman shaharni uzoq muddat qamal qilibdi. Shahar podshosi oqil, donishmand kishi ekan. U shahar aholosini mudofaaga safarbar qilibdi. Ammo kun o’tgan sari ahvol og’irlashaveribdi. Shahar aholisining ham, qamal qilganlarining ham oziq –ovqatlari tugay boshlabdi. Shunda shahar aholisi oxirgi donlarini bir necha sigirlarga yedirib, ularni shahar darvozasidan tashqariga haydab yuboribdi.
Ochlik azobini tortayotgan yov sigirlarni so’yib, ularni don bilan boqayotganidan hayratga tushishibdi. So’ng ketish taraddudini ko’ra boshlabdi. Ammo podshoning engiltak qizi sirni fosh qilib qo’yibdi.
U lashkarboshisiga yashirincha maktub jo’natib, haqiqiy ahvolni oshkor qilibdi. Shaharda oziq–ovqat tugagan, yana bir kun sabr qilsang shahar taslim bo’ladi, deb yozibdi u. Yov to’xtabdi. Bir necha kundan so’ng shahar taslim bo’libdi. Guldursunni lashkarboshi huzuriga olib borishibdi. Ammo u o’z yurtdoshlariga vafo qilmagan odamda sadoqat bo’lmaydi, degan o’y bilan otning dumiga bog’lab, sudratib yuborishibdi. Shahar yer bilan yakson bo’libdi. Bularning barchasiga sabab bo’lganligi uchun xarobaning nomini Guldursun deb nomlabdi.
Ko’rinib turganiday, afsonada chet el bosqinchilariga qarshi kurash, istilochilar va vatan xoinlariga nisbatan kuchli nafrat va g’azab o’z ifodasini topgan.
-
Afsonalar qanday xususiyat bilan miflardan farqlanadi?
-
Afsonalarning turlari haqida ma’lumot bering
-
Mustaqil ravishda afsonalarni yozib oling.
-
O’zingiz eshitgan rivoyatlardan parcha keltirib tahlil qiling.
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |