2.3. Kasb-hunar kollejlarida informatika va axborot texnologiyalari kursini
o’qitishda integratsiyalashgan texnologiyalardan foydalanish metodikasi.
Ta‟lim jarayonida yangi texnologiyalar, fan texnika yutuqlaridan unumli
foydalanish, mutaxassis kadrlar sifatini oshirish bilan birga ta‟lim samaradorligini
oshishiga hissa qo‟shadi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko‟rsatilganidek, zamonaviy axborot
texnologiyalarini qo‟llash asosida yagona axborot bankini yaratish ta‟lim tizimini
rivojlantirishning asosiy vazifalaridan biridir. Yangi axborot texnologiyalarining
vujudga kelishi va jadal sur‟atlar bilan rivojlanish mas‟uli bo‟lgan multimediali
elektron darsliklar ta‟lim jarayonini yangi sifat bosqichiga ko‟taradigan
yo‟nalishdir [8,], [12].
81
Multimedia − axborotni matn, rasmlar, audio va videotasvirlar orqali
tushuntirishdir [18].
Zamonaviy axborot texnologiyalari, jumladan, multimedia vositalari
imkoniyatlaridan foydalanib yaratilgan elektron darsliklar, elektron plakatlar,
elektron entsiklopediya, elektron lug‟at, elektron adabiyot, elektron metodik
nashrlar ─ elektron o‟quv materiallari deb yuritiladi [9].
Yangi avlod o‟quv-metodik materiallarini yaratishda multimedia
vositalarining o‟rni beqiyosdir. Multimedia vositalari va ularni ta‟lim tizimida
qo‟llash va shu vositalar asosida talabalarni o‟qitish bo‟yicha taniqli olimlar o‟z
fikr mulohazalarini aytganlar. [9], [10], [32].
Tajribali pedagog o‟qituvchilar tomonidan yaratilgan multimedia
vositalaridan ta‟lim muassasalarida foydalanishning ahamiyati shundaki:
- axborotlar zamonaviy usulda multimedia vositalari yordamida to‟laqonli
yoritiladi;
-bilimlarni interfaol usulda nazorat qilish imkoni mavjud;
-undan bir vaqtning o‟zida bir emas, bir necha o‟quvchi foydalanishi
mumkin.
-vaqtdan unumli foydalanish imkoni mavjud.
Multimedia
vositalari
asosida
yaratilgan
elektron
o‟quv
materiallarining an‟anaviy o‟quv materiallaridan afzallik tomonlariga
qo‟yidagilarni ko‟rsatish mumkin:
- dars o‟tishda ma‟ruzachining o‟quv materialini tushuntirishining
soddalashtirilishi;
- o‟quv jarayonida original o‟rnida modellashtirilgan ob‟ektlarni kuzatish
mumkinligi;
- o‟rganilayotgan materialning takroriy holda berish imkoniyatining
mavjudligi;
- dars o‟zlashtirish darajasining yuqori bo‟lishi;
-virtual stendlar yordamida amaliy-laboratoriya ishlarining bajarishga
zamin yaratilishi;
82
- virtual stendlar maxsus, jihozlangan xona talab etmasligi;
- o‟quv jarayonini video va animatsiyalar bilan boyitib borish natijada
o‟quvchilarning darsga qiziqishining uyg‟otilishi;
-o‟quvchilar bilimini yakka tartibda nazorat qilish kabi imkoniyatlarni
yaratadi.
Ta‟lim sohasida multimedia vositasi sifatida elektron darsliklardan
foydalanilmoqda. Tabiiy savol tug‟iladi, “Elektron darslik nima o‟zi” Bu savolga
juda ko‟p olimlar o‟z fikr mulohazalarini bildirganlar [9], [8], [65]. Ularning
javoblari deyarli bir–biriga yaqin.
Elektron darslik – didaktik va metodik jihatdan ishlangan interfaol dasturiy
majmua bo‟lib, o‟quv materialining murakkab qismlarini ham turli shakllarda
etkazishni, ob‟ektlar, jarayonlar va hodisalarni multimedia vositalari yordamida
taqdim etishni ta‟minlaydi.
Har bir fanga mo‟ljallangan elektron o‟quv adabiyotlari kamida uchta:
ta‟limiy, mashqli, nazorat qilish kabi asosiy qismlarga ega bo‟lishi zarur[9].
Immitatsion o‟yinlardagi maxsus dastur asosida ishlab chiqilgan ob‟ektlar
vertual stendlar deb yuritiladi. Vertual stendlarda asosan, jarayonlar va
ob‟ektlarning tuzilishi va ishlash qonuniyatlari haqidagi jarayonlarning kechishi
vertual holda tasvirlanadi.
Keyingi yillarda elektron o‟quv adabiyotlarini va elektron lug‟at–
ma‟lumotli materiallarni yaratish keskin rivojlanmoqda. Elektron o‟quv
materiallarini tarmoq orqali tarqatish imkoniyatlari yaratildi. Elektron o‟quv
adabiyotlarining yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, undagi o‟quv materiallari
tezlikda eskirmaydi, emirilmaydi, ularni saqlash uchun ko‟p hajm talab etilmaydi.
Yuqoridagi imkoniyatlarning mavjudligini hisobga olib, kasb-hunar
kollejlarida axborot texnologiyalarini o‟qitish samaradorligini oshirish, o‟quv
mashg‟ulotlarini tashkil etish sifatini oshirish uchun multimedia vositasi ya‟ni
elektron o‟quv metodik qo‟llanma yaratishni maqsad qildik. Shu maqsadda ishni
boshlash uchun yaratilgan bir necha multimedia darsliklari, elektron o‟quv
materiallari bilan tanishib chiqdik [5], [6], [8], Tadqiqot ishimizda multimedia
83
vositasi matnlar va ma‟lumotlar to‟plamidan iborat bo‟lmasdan gipermatnlar,
asosida yaratilishi va unga harakat (animatsiyalar) hamda ovoz kabi elementlar
kiritilishini zarur deb topdik[32], [36].
Gipermatn elektron holda taqdim etilib, tarmoqlangan bog‟lanishlar tizimi
bilan ta‟minlangan, bir fragmentdan boshqa fragmentga darhol darhol o‟tish
imkoniyatiga ega bo‟lgan matnlar tushiniladi[18],[25].
Ma‟lumki, pedagogikada asosiy e‟tibor didaktikaga, ya‟ni material
mazmunini asoslovchi va yorituvchi hamda o‟qitishning tashkiliy shakllari va
usullariga
qaratiladi.
O‟qitish jarayoni didaktik printsiplarga, o‟quv
materiallarining bir tizimliligiga, ko‟rgazmalilik, tushunarlilik, bilimlar ketma-
ketligi va uzviyligiga asoslanadi. Multimedia vositasi ham yuqorida qayd etilgan
tamoyillar asosida yaratilishi zarur. U darslikdagi o‟quv materiallar bayoni va
izchilligini inkor etmaydi, ular zamonaviy texnologiya asosida to‟ldiriladi.
O‟quv adabiyotlarini elektron versiyalarda o‟rgatuvchi multimedia
vositalarida quyidagi imkoniyatlar mavjud bo‟lishi kerak.
foydalanish uchun sodda, ixtiyoriy hamda foydalanuvchi uchun
mo‟ljallangan, ya‟ni foydalanuvchi multimedia vositasida ishlashni osonlikcha
o‟zlashtirishi lozim.
fan bo‟yicha mavzular to‟liq berilgan, lug‟at va so‟rov materiallari
etarli bo‟lishi, mavzu asosida etarlicha savollar va o‟quvchilarning tanlashi uchun
javoblar majmui mavjudligi;
Har bir mavzuni tushuntirishda foydalanish uchun elektron plakatlar,
slaydlar mavjud bo‟lishi;
Multimedia vositasi yordamida yangi mavzuni yoritish, masala va
topshiriqlarni ham berish mumkin.
Biz multimedia vositasi sifatida kasb-hunar kolleji o‟qituvchi va
o‟quvchilari uchun «Axborot texnologiyalari» kursi bo‟yicha yaratilgan elektron
o‟quv-metodik qo‟llanmasi haqida fikr yuritamiz. Uning yaratilishi quyidagi
bosqichlarda amalga oshiriladi [89] .
1.Boshlash jarayoni.
84
Axborot
texnologiyalaridan
multimedia vositasi, elektron o‟quv
qo‟llanmasini yaratilishini boshlashda quyidagilarga e‟tibor qildik:
1. Multimediali elektron o‟quv-metodik qo‟llanmasi kasb-hunar kollejlari
barcha mutaxassisligi o‟quvchilari uchun axborot texnologiyalaridan o‟quv
mashg‟ulotlarini samarali tashkil etishga, mustaqil bilim olishga, o‟zlashtirilgan
bilimlarni avtomatik nazorat qilishga xizmat qilishi;
2. O‟qituvchilar uchun dars jarayonida multimediali, elektron metodik
qo‟llanma sifatida foydalanish kerakligi;
3. Multimediali
elektron o‟quv-metodik qo‟llanmasi kasb-hunar
kollejlarida o‟qitiladigan «Axborot texnologiyalari» fanining DTS[99] da
belgilangan 40 soatga mo‟ljallangan bo‟lib, mazmuni va maqsadiga mos kelishi
lozimligi.
2. Maqsadni aniqlash.
Multimediali elektron o‟quv-metodik qo‟llanma o’quvchilar uchun quyidagi
maqsadlarda yaratiladi:
- kasb-hunar kollejlaridagi axborot texnologiyalari mavzularini matn, video,
animatsiyalar yordamida kompyuterdan o‟rganish;
- guruhning har bir o‟quvchisi mavzuga mos test savollariga javob berib,
individual tarzda baho olishi;
- har bir mavzuga mos nazariy ma‟lumotlarni, ta‟rif va tushunchalarni,
atamalarning izohli lug‟atini elektron plakat, slaydlar yordamida o‟rganish;
- anketa yordamida, guruhning har bir a‟zosi dars olib boruvchi
o‟qituvchining ijobiy va salbiy tomonlari haqida o‟z fikrini bildirishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |