78
Yuqoridagi topshiriq bajarilgach, 2.3-slayd ekranga
chiqariladi va tahlil
qilinadi 1.3.3-rasm .
Quyida kataloglardan qaysi birida erkin holda fayl
yaratish, ixtiyoriy birini o‟chirish, nomini o‟zgartirish,
mazmunini o‟zgartirish, mumkin.
1.
«S» disk yuzasi
2.
Windows katalogi
3.
Programm files
4.
EHM katalogi
5.
Texnik vositalar katologi
6. Restore katalogi
1.3.3-rasm. Navbatdagi topshiriq oynasi
Tayanch so’zlar: Muhit, operatsion tizim, muhitni rostlash Image. exe
dasturi, Image. vak. Image Nobak, Wipeinfo, Speedisk, Skandisk dasturlari.
O’quvchilarni rag’batlantirish:
O‟qituvchi o‟quvchilarni rag‟batlantirish uchun ularni baholaydi.
Baholashda quyidagilarga e‟tibor beriladi:
- o‟quvchining fikrlay olish qobiliyatlari;
- o‟z
fikrini erkin bayon eta olishi;
- ta‟lim oluvchining muammoli holatlarni muhokama qila olishi;
- berilgan amaliy topshiriqni bajara olishi.
O‟qituvchi o‟quvchilarga o‟z-o‟zini baholashlarini tavsiya etishi mumkin.
O’z-o’zini baholash mezoni [22], [30]:
1. Muhit haqidagi
tushunchaga
ega bo‟lish ─ 2 ball
1.
Image.exe dasturidan foydalanishni bilish ─2 ball
2.
Kompyuterni keraksiz fayllardan tozalashni bilish ─2 ball
3.
Speedisk va Skandisk dasturlaridan foydalanishni bilish ─3 ball
4.
Ixtiyoriy dasturni «Rabochiy stol»(ishchi stolga)ga joylashtirish─1
ball.
79
9-10 ball uchun 5 baho,
7- 8 ball uchun 4 baho,
5-6 ball uchun 3 baho,
5 balldan kam to‟plangan ball uchun esa 2 baho qo‟yiladi.
Uyga vazifa: Uyga beriladigan topshiriqlarni slayd yordamida ekranga
chiqardi.
O‟qitishning interfaol usullaridan qaysi vaqtda foydalanish, qaysi
mavzularda qanday interfaol usullarni qo‟llash, qanday qilib tashkil etish, qaysi
interfaol usullar axborot texnologiyalari darslarida ko‟proq ijobiy natija berishini
o‟qituvchi bilishi kerak.
Interfaol usullarni yangi mavzuni bayon qilishda, takrorlash va bilimlarni
mustahkamlashda ijobiy natija berishi mumkin.
Interfaol usullarning samaradorligi, avvalo, unga puxta tayyorgarlik ko‟rish
bilan bog‟liq. O‟qituvchi uchun darsga tayyorgarlik ko‟rish asosiy vazifadir.
Interfaol usullarni qo‟llashda kamchiliklar yuzaga kelishi o‟qituvchining darsga
tayyorlanmaganligining natijasidir. Darsni interfaol usullarda tashkil etish
qo‟yidagilarni o‟z
ichiga oladi;
1)
mavzu va uning hajmini aniqlash;
2)
mavzuga
mos dars shaklini aniqlash;
3)
mavzuning manbalari, adabiyotlar bilan tanishib chiqish;
4)
o‟quvchilarga tushunish qiyinroq bo‟ladigan tushunchalarni izohlash
metodini ishlab chiqish;
5)
dars rejasini tuzish;
6)
darsni o‟tkazish metodi va
texnologiyasini tanlash;
7)
dars jihozini tayyorlash;
8)
mavzuni yoritish usulini aniqlash;
9)
darsni oldingi va keyingi mazular bilan bog‟liqligini ishlab chiqish;
10)
o‟quvchilarni baholash metodlarini ishlab chiqish;
11)
o‟quvchilarga beriladigan test materiallarini tayyorlab qo‟yish;
12)
darsda qo‟llaniladigan multimedia vositalarini tayyorlab ko‟yish;
80
13)
darsga mos qiziqarli, muammoli topshiriqlarni tayyorlab qo‟yish;
14)
uy vazifasini belgilab qo‟yish.
Darslarni interfaol usulda tashkil etish quyidagi didaktik tamoyillar asosda
bo‟lishi lozim:
- o‟quvchining dunyoqarashining shakllantirishi;
- ilmiylik;
- tushunarlilik va
qiziqarlilik;
- hayotiylik;
- o‟quvchilar yoshiga, psixologik xususiyatlariga, saviyasiga mosligi;
- ijtimoiyligi va h.k.
Tadqiqot o‟tkazish natijasida shunday xulosaga kelindi: kasb-hunar
kollejlarida axborot texnologiyalari ta‟limi samaradorligini oshirish uchun interfaol
usullardan
foydalanish
bilan
bir
qatorda
yangi avlod o‟quv-metodik
materiallaridan, xususan, multimedia vositalaridan uyg‟unlashgan holda
foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun axborot texnologiyalari
darslarida foydalaniladigan multimediaviy elektron o‟quv-metodik qo‟llanmani
yaratish va undan foydalanish metodikasini ishlab chiqishni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: