88
-axborot texnologiyalarining qo‟llanilish sohalarini tushuntirib berishga
erishish;
b) tarbiyaviy:
axborot texnologiyalari orqali bajariladigan ishlar, ularning ahamiyatini
tushuntirish orqali o‟quvchilarni bu fanga
qiziqish ruhida tarbiyalash;
IX.
v) rivojlantiruvchi:
X.
o‟quvchilarning
informatika
fanidan
olgan
bilimlarini, xususan, kompyuterlar, ularning asosiy va qo‟shimcha qurilmalari
haqidagi bilimlarini axborot texnologiyasida qo‟llash orqali rivojlantirish.
XI.
Dars turi: nazariy
Darsda qo’llaniladigan metodlar:
XII.
- kichik guruhlarda muammoli vazifalar;
XIII.
-aqliy hujum;.
- kichik guruhda
videofilm tahlili;
Darsning jihozi:
XIV.
- elektron o‟quv-metodik qo‟llanma;
-kompyuterda tayyorlangan slaydlar;
-plakat va markerlar;
Darsdan kutilayotgan natijalar
-o‟quvchilar texnologiya va axborot texnologiyasi haqidagi tushunchaga
ega bo‟ladilar [6]; -axborot texnologiyasining rivojlantiruvchi ichki va tashqi
omillarini o‟rganadilar; - axborotlarni uzatish usullarini o‟rganib oladilar; -axborot
texnologiyalarining qo‟llanilish sohalari va jamiyatdagi o‟rnini ko‟rsatib bera
oladilar.
XV.
Darsning borishi
XVI.
Darsning tashkiliy qismi
Bu darsni tashkil etish uchun o‟qituvchi multimediali elektron o‟quv-
metodik qo‟llanmani va rezyume texnologiyasida qo‟llaniladigan tarqatma
materialni tayyorlab quyishi kerak bo‟ladi (ilova).
Darsning mazmuni:
89
O‟quvchilarning guruhi ikkiga ajratiladi va muammoli vaziyatni yuzaga
keltirish uchun ikki guruhga o‟zaro aloqador savol tashlanadi. (Texnologiya
deganda nimani tushunasiz? Texnologiya so‟zini qaerlarda uchratgansiz?)
Guruh o‟quvchilari o‟zlarinig tushunchalari, dunyoqarashlaridan kelib
chiqib o‟zaro bahslashadilar. O‟qituvchi ularning fikrini umumlashtirib qaror
qabul
qiladi va O‟QITUVCHI, 1-BOB, SLAYDLAR tugmachalarini birin - ketin bosib,
1.1-slaydni ekranga chiqaradi 2.2.1.1-rasm.
O‟qituvchi keyingi qismda ham o‟quvchilarga muammoli savollar berib,
ulardan javob oladi.
1. Axborot texnologiyasi deganda nimani tushunasiz?
2. Axborot texnologiyasining ichki omillariga nimalar kiradi?
3. Axborot texnologiyasining tashqi omillariga nimalar kiradi?
4. Axborotlarninig qanday uzatish usullarini bilasiz?
5. Axborot texnologiyalari fani nimani o‟rgatadi?
6. Axborot texnologiyalarining qo‟llanilish sohalariga misollar keltiring.
7. Axborotlar texnologiyalarini o‟quv jarayonida qo‟llanilishi deganda
nimani tushunasiz?
Yuqoridagi savollarga o‟zaro bahslashib birin-ketin javob beradilar. Mavzu
yangi bo‟lganligi sababli o‟quvchilarning javobi to‟liq bo‟lmasligi mumkin,
shuning uchun, har bir savolning javobini slayd yordamida ko‟rsatib, tushuntirib,
keyingi savolga o‟tiladi. Demak, slaydlar quyidagi ketma-ketlikda tushuntirib
boriladi 2.2.1.2-rasm.
XVII.
Quyidagi fikrlarning har biri multimedia vositasida
harakatli tarzda ekranda namoyon bo‟ladi.
Axborot texnologiyalarining ichki omillari - bu axborotlarning paydo
bo‟lishi, turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash,
uzatish, saqlash va h.k.
Axborot texnologiyalarining tashqi omillari - bu texnik vositalardir, ya‟ni
kompyuter, skaner, videoproektor, videoko‟zgu, kodoskop, modem, multimedia
vositalari va boshqalar.
90
Axborotlarning uzatish usullari:
─
aloqa bo‟limi orqali (xat yordamida);
─
telefon tarmog‟i orqali (og‟zaki);
3) zamonaviy telekomunikatsion vositalar orqali.
«Axborot texnologiyalari» fani axborotlarni jamlash, saqlash, uzatish, va
shu jarayonlarni amalga oshiruvchi barcha texnik vositalarni ishlatishni
o‟rgatuvchi fandir.
Axborot texnologiyalari qo‟lanilayotgan sohalar
- aloqa tizimida;
- banklarda;
- birjalarda;
- ma‟naviyat sohasida;
- ishlab chiqarishda;
XVIII.
- ta‟lim sohasida;
O‟qitishda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish o‟quvchilarda
bilimga qiziqishni oshiradi, ularning ijodiy faoliyatini o‟stiradi, bilim berishga
differentsial yondashish, olingan bilimlarni takrorlash, mustahkamlash va nazorat
qilishni engillashtiradi, o‟quvchini o‟quv jarayonining sub‟ektiga aylantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: