Guruh rahbari: Y.Xodjiyev
GulDU Filologiya fakulteti 38-20-guruhning yig‘ilish
BAYONNOMASI
9.03.2021 Guliston shahri
2021-yil 3-mart kuni 38-20-guruhning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda guruh talabalari ishtirok etdi va quyidagi masalalar ko‘rildi:
Respublikada yuz berayotgan siyosiy-iqtisodiy va ma’naviy yangiliklardan talabalarni onlayn xabardor qilish;
Guruh rahbarining “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” mavzusidagi ma’ruzasi;
Turli masalalar.
1-masala. Respublikada yuz berayotgan siyosiy-iqtisodiy va ma’naviy yangiliklardan guruh murabbiyi Y.Xodjiyev o‘zi maxsus ma’lumotlar asosida xabardor qildi. Talabalar ushbu ma’lumotlar yuzasidan ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
2-masalada “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” mavzusida ma’ruza;
Adabiyot, san’at va madaniyat yashasa, millat va xalq, butun insoniyat bezavol yashaydi. (Shavkat Miromonovich Mirziyoyev)
Adabiyot har bir millatning hisli ko‘ngil tarixining eng qorong‘u xonalarida maishat (tirikchilik) har xil tusda va rangda bitishgan, fayzli til birga taqdir etula olmaydirg‘on bir guldur. Ushbu yashadigimiz muhit doirasinda oning to‘lquni odamning har xil maishatiga qarab o‘zgaradur… Adabiyot chin ma’nosi ila o‘lgan, so‘ngan, qoralangan, o‘chgan, majruh, yarador ko‘ngilga ruh bermak uchun faqat vujudimizga emas, qonlarimizga qarab singishgan qora balchiqlarni tozalaydirg‘on, o‘tkir yurak kirlarini yuvadurg‘on toza ma’rifat suvi, xiralagan oynalarimizni yorug‘ va ravshan qiladirg‘on buloq suvi bo‘lg‘onlig‘idan bizga g‘oyat kerakdir. (Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon)
Adabiyot – fikr, tuyg‘ularimizdagi to‘lqinlarni so‘zlar, gaplar yordami bilan tasvir qilib, boshqalarda ham xuddi shu to‘lqinlarni yaratmoqdir. Bu ta’rif adabiyotning to‘g‘ri ta’rifidir. Shu bilan yozilgan asarlarga adabiy asar deyiladir.
(Fitrat)
Ma’ruzasida Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning ijod ahliga ko‘rsatayotgan yuksak e’tibori, hozirgi zamon adabiy muhitida sodir bo‘layotgan ijobiy jarayonlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi uchun yangi bino qurilganligi, “Adiblar xiyoboni” tashkil etilganligi, ko‘pchilik adib va adibalarning tavallud sanalari keng miqyosda nishonlanayotganligi, mavzuga aloqador ko‘plab ma’lumotlar keltirib o‘tildi.
3-masala. Guruh tabalarning davomati to‘g‘risida ma’lumot berildi va guruhning bu hafta davomati yaxshi ekanligini qayd etildi. Guruh talabalarining har jabhada faol bo‘lishi zarurati xususida o‘z fikrlarini bildirdi.
Shundan so‘ng qaror qabul qilindi:
Onlayn tarzda taqdim etilgan xabarlar, Respublikada yuz berayotgan siyosiy-iqtisodiy va ma’naviy yangiliklar ma’lumot uchun qabul qilinsin.
“Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” mavzusidagi ma’ruza ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Talabalarning davomati va joriy nazorat hamda oraliq nazoratlarini topshirishlari guruh murabbiysi nazoratiga olinsin.
Guruh murabbiysi: Y.Xodjiyev
Do'stlaringiz bilan baham: |