Guruh rahbari: Y.Xodjiyev
GulDU Filologiya fakulteti 38-20-guruhning yig‘ilishi
BAYONNOMASI
9.02.2021 yil Guliston (GulDU)
2021 yil 9-mart kuni 38-20-guruhning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda guruh a’zolarining barchasi ishtirok etdi va quyidagi masalalar ko‘rildi:
Respublikada yuz berayotgan siyosiy-iqtisodiy va ma’naviy yangiliklardan talabalarni xabardor qilish;
Guruh rahbarining “Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik” mavzusidagi ma’ruzasi;
Turli masalalar.
1-masala. Respublikada yuz berayotgan siyosiy-iqtisodiy va ma’naviy yangiliklardan guruh murabbiysi Y.Xodjiyevning o‘zi maxsus ma’lumotlar asosida to‘laqonli xabardor qildi. Talabalar ushbu ma’lumotlar yuzasidan ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar, ayrim masalalar yuzasidan savollariga javob oldilar.
2.Guruh rahbarining “Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik” mavzusida ma’lumotlar bayon etildi. Mamlakatimizda bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyatini yuksaltirish, millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlikni, fuqarolar totuvligini ta’minlash, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona, teng huquqli munosabatlarni mustahkamlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sanaladi. Diniy bag‘rikenglik hamisha diniy zamindagi adovatga qarshi o‘ziga xos qalqon vazifasini o‘tagan. U turli e’tiqodlarning bir zamon va makonda birgalikda mavjud bo‘lishiga, o‘zaro hamkorlik va hamjihatlikning shakllanishiga yo‘l ochgan. Bu esa o‘z navbatida yurt tinchligi va taraqqiyotiga, umuminsoniy madaniyat va ma’naviyatning keng rivojlanishiga xizmat qilgan. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek, teng huquqlilik hamda o‘zaro hamjihatlik sharoitida yashab kelishmoqda.
3-masala. Guruh sardori so‘zga chiqib, talabalarning davomati, ularning jamoat ishlaridagi ishtiroki to‘g‘risida ma’lumot berdi va guruhning bu hafta davomati qilgan ishlari, xususan, Alisher Navoiy tavalludi sanasiga adabiy kecha tayyorlayotganlari xususida so‘zladi. Talabalarning tayyorgarlik jarayoni muhokama qilindi.
Shundan so‘ng qaror qabul qilindi:
Respublikada yuz berayotgan siyosiy-iqtisodiy va ma’naviy yangiliklar ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Guruh rahbarining “Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik”mavzusidagi ma’ruzasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Guruh a’zolarining tayyorlayotgan Alisher Navoiy tavalludi sanasiga bag‘ishlangan adabiy kechani muvaffaqiyatli o‘tkazilishida amaliy yordam ko‘rsatilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |