Shundan so‘ng qaror qabul qilindi:
Respublikada yuz berayotgan siyosiy-iqtisodiy va ma’naviy yangiliklar bilan muntazam tanishtirilsin;
Guruhning vaqtincha murabbiysi Y.Xodjiyevning "Kitobxonlik -buyuk kelajak kafolati" mavzusidagi ma’ruzasi ma’lumot uchun qabul etilsin;
Kitobxonlik bo‘yicha tanlovga tayyorgarlik guruhda boshlansin.
Talabalarning darslarga davomati 100% ta’minlansin.
Guruh murabbiysi: Y.Xodjiyev
GulDU Filologiya fakulteti 38-20-guruhning yig‘ilish
BAYONNOMASI
22.12.2020 Guliston shahri (GulDU)
2020 yil 22-dekabr kuni 38-20-guruhning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda guruh talabalari ishtirok etdi va quyidagi masalalar ko‘rildi:
1. Respublikada yuz berayotgan siyosiy-iqtisodiy va ma’naviy yangiliklardan talabalarni onlayn tarzda xabardor qilish;
2. Ustoz-shogird an’analari.1-oktabr – ustoz va murabbiylar kuni.
3. Insonlardagi kasbga sadoqat fazilati haqida ma’lumot berish.
4. Badiiy adabiyotlar bilan tanishtirish.
1-masala. Respublikada yuz berayotgan siyosiy-iqtisodiy va ma’naviy yangiliklardan talabalar guruh murabiyi Y.Xodjiyev orqali xabardor qilindi. Eng dolzarb masalalar talabalar bilan birgalikda muhokama qilindi.
2-masala. Ustoz-shogird an’analari.1-oktabr – ustoz va murabbiylar kuni. mavzusidagi ma’ruza onlayn taqdim etildi. “Ustoz-shogird” an’analari — yoshlarda kasbiy mahoratni tarbiyalash, ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini oshirish, izlanish, ijod qilish, bir so‘z bilan aytganda har tomonlama etuk shaxsni shakllantirishda o‘ziga xos tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish mavjudligi bilan katta ahamiyat kasb etadi. Prezidentimizning o‘qituvchilar mavqeyini oshirish uchun qo‘llayotgan chora-tadbirlari, e’tiborlari tahsinga loyiq ekanligi aytildi.
3-masala yuzasidan guruh rahbari Y.Xodjiyev, insonlardagi kasbga sadoqat fazilati haqida ma’lumot berdi. Ustozning eng buyuk burchi — yurt ravnaqiga o‘zining munosib hissasini qo‘sha oladigan, aql-idrokli, fahm-farosatli va qobiliyatli shogirdlar tayyorlashdan iborat. Ustoz yaxshi shogird tayyorlash uchun avvalo uning o‘zi kasbiy salohiyatli, ma’naviy barkamol, keng dunyoqarash va sog‘lom fikrga ega bo‘lmog‘i lozim ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
4-masalada talabalardan oktabr oyida o‘qigan kitoblari yuzasidan so‘raldi.
Shundan so‘ng qaror qabul qilindi:
Respublikada yuz berayotgan siyosiy-iqtisodiy va ma’naviy yangiliklar haqidagi onlayn ma’ruza ma’lumot uchun qabul qilinsin;
Ustoz-shogird an’analari.1-oktabr – ustoz va murabbiylar kuni haqidagi
fikrlar ma’lumot uchun qabul qilinsin;
Insonlardagi kasbga sadoqat fazilati haqida ma’lumot berish. Talabalarning kiyinish madaniyatiga alohida e’tibor qaratilsin.
Har oyda 1 ta badiiy asar to‘liq o‘qib chiqilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |