Shundan so‘ng qaror qabul qilindi:
Onlayn tarzda taqdim etilgan, Respublikada yuz berayotgan siyosiy-iqtisodiy va ma’naviy yangiliklar ma’lumot uchun qabul qilinsin.
“Mahalla – sharq demokratiyasi” mavzusida onlayn ma’ruza ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Guruh murabbiysi: Y.Xodjiyev
GulDU Filologiya fakulteti 38-20-guruhning yig‘ilish
BAYONNOMASI
7.12.2020 Guliston shahri
2020-yil 7-dekabr kuni 38-20-guruhning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda guruh talabalari ishtirok etdi va quyidagi masalalar ko‘rildi:
Respublikada yuz berayotgan siyosiy-iqtisodiy va ma’naviy yangiliklardan talabalarni onlayn xabardor qilish;
“Konstitutsiya - farovon hayotimiz kafolati” mavzusida onlayn tarzda ma’ruza;
Turli masalalar.
1-masala. Vazirlik tomonidan taqdim etlgan, Respublikada yuz berayotgan siyosiy-iqtisodiy va ma’naviy yangiliklardan guruh murabbiyi Y.Xodjiyevning o‘zi maxsus ma’lumotlar asosida onlayn tarzda xabardor qildi. Talabalar ushbu ma’lumotlar yuzasidan ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
2-masalada “Konstitutsiya - farovon hayotimiz kafolati” mavzusida onlayn tarzda ma’ruza;
8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun sifatida nishonlanishi xususida so‘zladi.Konstitutsiya – davlatning asosiy qonuni bo‘lib, eng yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan hujjatdir. U davlat tuzilishini, uning boshqaruv shaklini, davlat organlarini tuzish tartibi, ularning vakolatlarini, shaxsning huquqi, erkinligi va burchlarini belgilab qo‘yadi. Har qanday demokratik islohotlarning samarasi, tinchlik va taraqqiyotning asosiy garovi ham Konstitutsiya va qonun ustuvorligi ta’minlanishi bilan bevosita bog‘liq. Zero, Konstitutsiya xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi sanaladi. U hech kimga qaram bo‘lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolatidir. Konstitutsiya bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish borasida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilishi haqida aytildi.
1-dekabr Butunjahon orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS)
kasalligiga qarshi kurash kuni ekanligi, bu kun 1988 yildan boshlab dunyo bo‘ylab har yili nishonlanishi aytib o‘tildi. Mazkur kun sog‘lom hayot tarzini ilgari surish borasidagi eng muhim kunlardan biriga aylanib, OITS haqida jamoatchilikni xabardor qilish, qolaversa, OITSga qarshi kurash yo‘lidagi yutuqlar, jumladan, bu kasallikning jadallashishini to‘xtatib turish va oldini olish bo‘yicha xizmatlardan foydalanish imkoni endilikda yanada ko‘proq insonlarda mavjudligini eslash uchun yaxshi imkoniyat ekanligi ta’kidlandi. OITSga qarshi kurashda aholining tibbiy savodxonligini oshirish, ayniqsa yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti muhim ekanligi, ular orasida OIV kasalligining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar zarurat ekanligi ham qayd etib o‘tildi.
3-masalada talabalarning onlayn darslardagi davomati va kontrakt to‘lovini to‘lash eng dolzarb masala bo‘lib turganligi uqtirildi. Davomat bo‘yicha yo‘nalashimiz eng past ko‘rsatkichlarda ekanligi aytildi. Guruh murabbiysi talabalarning bu jarayonda faol bo‘lishi zarurati haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Shundan so‘ng qaror qabul qilindi:
Onlayn taqdim etilgan xabarlar, Respublikada yuz berayotgan siyosiy-iqtisodiy va ma’naviy yangiliklar ma’lumot uchun qabul qilinsin.
“Konstitutsiya - farovon hayotimiz kafolati” mavzusidagi onlayn tarzdagi ma’ruza ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Talabalarning onlayn darslardagi davomati yaxshilansin. Nazorat qilish guruh murabbiysiga yuklatilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |