Yuqoridagilarga asosan yig`ilish qaror qiladi.
1.Tarix va huquq fani oyligida o’tkazilgan ochiq darslar namunali deb topilsin.
2.A.Nazaraliyev va R.G’oyibboyevalarning o’tkazgan ochiq darslari namunali deb topilsin va muhokamadagi berilgan ma’lumotlar asos uchun qabul qilinsin.
2. .Belgilanga rejaga muvofiq o’quv yilining har choragida ochiq darslar tashkil qilinsin.ushbu qarorning bajarilishi uslub birlashma rahbari D.Do’smatova zimmasiga yuklatilsin.
Yig`ilish raisi: D.Do’smatova
Kotibi: S.Po’latova
Chortoq tumani xalq ta’limi muassasasi faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish
bo’limiga qarshli 13-umumiy o’rta ta’lim maktabida Ijtimoiy - gumanitar fanlari uslubiy birlashmasining Tarix va huquq fani oyligi doirasida o’tkazilgan ochiq darslar muhokamasiga bag’ishlangan yig’ilish
B A Y O N N O M A S I 3-sonli
Guldirov qishlog`i 29-yanvar.2015-yil
Yig’ilish raisi: D. Do’smatova
Kotibi: S.Po’latova
Qatnashdilar: Uslubiy birlashma a’zolari jami-9 kishii
Yig`ilishni uslub birlashma rahbari D.Do’smatova olib bordi.
Kun tartibidagi masala:
Tarix va huquq fani oyligida o’tkazilgan ochiq darslar muhokamasi.
Masala yuzasidan S.Po’latova so`zlari tinglandi. U o`z so`zida quyidagilarga to`xtalib o`tdi.”Tarix va huquq fani oyligi namunali o’tkazildi.Turli tadbirlar, musobaqalar, ko’rgazmali burchakning tashkil etilishi, fan kechalari tarix fanini o’rganisga yanada o’quvchilarni qiziqtirdi. G’olib sinflar va o’quvchilar oylik yakunida taqdirlandi.Ochiq darslar tashkil qilindi.6-sinfda “Qadimgi Yunoniston madaniyati”, 8-sinfda “Amirlik qishloq xo’jaligi”, 8-sinfda huquqshunoslik fanidan “Huquq normalari” mavzularida o’tilgan darslarni kuzatdim.D.Do’smatova darsni yuksak saviyada o’tdi. U har bir darsni puxta tayyorgarlik bilan, ko`rgazmali qurollar vositasida, yangi pedagogik texnalogiyalar asosida tashkil qiladi. Ayniqsa o`quvchilarning ta`lim tarbiya jarayonini tashkil qilishga, o`quvchilarning DTS talablari asosida bilim olishlariga hamda ularning har tomonlama yetuk inson bo`lib voyaga yetishlariga katta e`tibor beradi. Prezidentimizning yosh avlodni tarbiyalash haqidagi fikrlarini o`quvchilar ongiga singdirib boradi. D.Do’smatova o`z ustida tinmay ishlaydi . O`z fani bo`yicha yaratilgan yangiliklarni muntazam ravishda o`rganib boradi va ish jarayonida qo`llaydi.Dars namunali va qiziqarli o’tdi”.
S.Alaydinova:
D.Do’smatova 8-sinfda “Amirlikqishloq xo’jaligi”mavzusida ochiq dars o’tdi. O`qituvchi noan`anaviy usullardan foydalanib darsni o`tishi maqsadga muvofiqdir. Bugungi o`tkazilgan ochiq dars bunga misol bo`la oladi. Ochiq darsda ishtirok etgan o`quvchilar nutqi ravonligi savollarga javob qaytarishlari bilim saviyaning o`sib borayotganligidan dalolat berib turibdi. Biroq hamma o`quvchilarning og`zaki savol-javoblarga ishtirok etishlarini zarur deb o`ylayman.
O`zbekiston kelajagi buyuk davlat ekanligi haqida o`quvchilarga har tomonlama bilimlar berildi va o`quvchilarning ravon va izchil so`zlashlari uchun imkoniyat yaratildi. Darsda Akt yordamida test topshiriqlari va xarita bo’yicha muommoli vaziyatlar ko’rib chiqildi.Dars juda qiziqarli va unumli tashkil etildi.
Yuqoridagilarga asosan yig`ilish qaror qiladi.
1.Tarix va huquq fani oyligida o’tkazilgan ochiq darslar namunali deb topilsin. 2.Belgilanga rejaga muvofiq o’quv yilining har choragida ochiq darslar tashkil qilinsin.ushbu qarorning bajarilishi uslub birlashma rahbari D.Do’smatova zimmasiga yuklatilsin.
Yig`ilish raisi: D.Do’smatova
Kotibi: S.Po’latova
Do'stlaringiz bilan baham: |