Lobeliya Erinus- Ushbu tur yana bir nechta nomga ega hisoblanadi. Lekin ko’pchilik rus botaniklari uni Erinus lobelia deb nomlashgan, ushbu gul turi bizning iqlim zonamizda ham juda keng tarqalgan.
Erinus lobeliyasining tabiiy tarqalgan va asosiy o’sish joyi Janubiy Afrika hisoblanadi. Yevropaga birinchi bo’lib olib borilgan o’simlik u yevropada1752 yildan hozirgi davrgacha o'stirilib kelinmoqda.
Bu xilma-xilligiga qarab, 10-40 sm balandlikka yetadigan ixcham o’t o'simlik.
Poyasi ingichka va donali.
Bu o'simlikning shakli sharsimon butalarga o’xshash, ixcham yostiqchali yoki kaskadli gullar hisoblanadi.
Uning kichik gullarining, diametri atigi 2-3 sm. Ular turli xil ranglarda uchratish mumkin: oq, ko'k, binafsha, pushti, ranglari mavjud.
Erinus lobeliyasini besh shaklni uchratish mumkin:
1.Ixcham lobeliya. U 10-15 sm balandlikka ega bo’lgan ko'tarilishi mumkin bo'lgan to'g'ridan-to'g'ri, qo'zg'aluvchan kurtaklar bilan farq qiladi.
2.Tarqoq lobeliya. O'simlik butasi uzun, 25-30 sm gacha, novdalar bilan hosil bo'lishi bilan farq qiladi.
3.Mitti lobeliya. Ushbu shakl eng past o'simliklar bilan ajralib turadi. Butaning balandligi atigi 10-12 sm ga etadi.
4.Tik lobeliya. Ushbu lobeliya yuqori balandlikdagi kurtaklar tomonidan hosil bo'ladi. U 20-25 sm balandlikdagi kolon shaklidagi tupga ega.
5.Ampel lobeliya. Buta uzunligi 40 sm gacha bo'lgan novdalar bilan hosil bo'ladi.
2.2 Turkum vakillarining xalq xo’jaligidagi ahamiyati beqiyosdir . Lobeliya o’simligi tarkibida lobelin kislotasi mavjuddir .U tibbiyotning farmokologiya bo’limida bilvosita ta’sir etuvchi analeptiklar- karoid sinusi –xemoretseptorlarni qo’zg’tib nafas markazining faoliyatini reflex yo’li bilan jonlantiradi.Bunday ta’sir birinchidan ,bumarkaz faoliyati sustlashganda samarali hisoblanadi, ikkinchidan ,venaga yuborilgandagin yuzaga chiqadi ,uchinchidan , pereparatlar ta’siri birinchi yuborilishda yaxshi namoyon bo’ladi , qayta yuborilganda esa uncha yaxshi sezilmaydi .
Narkoz moddalari va uxlatuvchi dorilar bilan zaxarlanganda uncha ta’siri sezilmaydi.Bunday vaziyatda ko’proq nafas markazini bevosita qo’zg’atuvchi analteptiklar naf qiladi .Bilvosita ta’sir etuvchi analteptik sifatida Lobeliya gulidan kimyoviy ishlov berish orqali olingan lobelin kislotasi juda yaxshi samara beradi.
Lobelin alkaloid bo’lib, carotid sinusiga ta’sir etib, reflector yo’l bilan nafasni qo’zg’atadi, vegetative gangliylar va xromafin to’qimasi (buyrakusti bezi)ni ham rag’batlantiradi. Shu bilan birga adashgan nerv sistemasini ya’ni markazni ham qo’zg’atililish bradikardiyaga sabab bo’ladi.Qon bosimi biroz tushib,keyinchalikko’tariladi.Chunki lobelin simpati nerv gangliysini ham qo’zg’atadi va adrenalini ajralishini ko’paytiradi.Shuning uchun yurak-qon tomiri kasaligi bilan kasallangan odamlarga juda kam miqdorda foydaliniladi.
Lobeliya guli faqatgina farmokologik ahamiyatga ega emas balki ko’kalamzorlashtirish ishlarida ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |