Poyalarning o’sish yo’nalishiga qarab:
1. tikka o’suvchi
2. yotib o’suvchi daraxt, buta, o’tlar
3. o’rmalab o’suvchi yog’ochlashgan va o’tsimon lianlar. Oziqlanishiga binoan:
1. aftotrof
2. simbiotrof
3. yarim parazit o’tsimon o’simliklar
4. parazit
5. xasharotxo’r
Er ostki organlariga qarab:
1. ildizpoyali
2. tugunakli ko’p yillik o’tlar
3. piyozboshli va butachalar
4. kaudeks hosil qiluvchi
3.2 Lobeliya gulidan ko’kalamzorlashtirish maydonlarida bemalol foydalansa bo’ladi.Uni ko’kalamzorlashtirishdagi kompazisiyalar uchun foydalansa bo’ladigan juda yaxshi tur hisoblanadi.
GUL VA YASHIL O‘TLA R KOM POZISITYA SI
Gullar bilan bezashning asosiy turlarini: klumbalar, rabatkalar,
bordyurlar, miksbordyuriar, guruhlangan ekinzorlar, gulli massivlar,
yakka ekinzorlar, parterlar, toshli tepaliklar yoki alpinariylar tashkil etadi.etadi.
Klumbalar biror geometrik shakldagi (doira, uchburchak,
kvadrat, to ‘g‘riburchak, romb va boshqalar) gulzorlarga aytiladi.
Kattaligiga ko‘ra ular ulkan va kichik bolishi mumkin. Maydoni 2-
3 m2 dan 50 m2 gacha, ko‘p hollarda 10-15 m2 bo‘ladi.
Klumbalar yuzasi odatda qavariq qilinib, markaziy tomoni ko‘tariladi (balandligi klumba diametrining 0,1 hajmidan oshmaydigan). Doimiyligiga ko‘ra klumbalar bir yillik yoki ko‘p yillik bo‘ladi. Ekinlar turlariga ko‘ra ular gulli, manzarali-bargli va gilamsimon,
aralash (gul-gilamsimon) bolishi mumkin. Ekinlar joylashtirilishi bo‘yicha klumbalar yaxlit, har xil (bir turdagi o‘simliklarning har xil navlari yoki har xil turdagi o‘simliklardan) boladi. Klumbalar tarkibidagi o‘simliklar joylashtirilishi, balandligi, gullar va barglar
tarkibidagi o‘simliklar joylashtirilishi, balandligi, gullar va barglar rangiga ko‘ra bir-biridan farqlanadi.Klumbalar odatda yilda 2 marta bezatiladi: bahorda va yozgi va kuzgi mavsumda. Bahorgi bezatish uchun kuz mavsumida ekilib tayyorlangan 2 yillik va ko‘p yillik o ‘simliklar - piyozsimonlar; yozgi-kuzgi mavsum uchun yozgi o ‘simliklar, ko‘p yillik (qish-
lovchi va ochiq dalada qishlay olmaydigan) gilamsimon o‘simliklardan foydalaniladi .Qishlaydigan gilamsimon o‘simliklar bahorgi bezatish uchun ham qoMlaniladi. Klumbalar markaziga elpig’chsimon palma, agavalar ekish mumkin (bularni qishda oranjereyaga ko‘chirib
olinadi). Gulli o ‘simliklardan tashqari, klumbalarni bezatishda atirgullar va gazondan foydalaniladi. Klumbalar atrofi bordyurlar (eni 10-15 sm) bilan to‘siladi. Bordyurlami yaratishda beresklet, shamshod, biryuchina va boshqa o‘simliklarni qo’llash mumkin yoki gisht, tabiiy toshlar va betondan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |