Gulchehra shadmanova, soyibjon mirzayev «zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari»



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/69
Sana13.06.2022
Hajmi2,56 Mb.
#664210
TuriУчебное пособие
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   69
Bog'liq
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

 


88 
4.3.7. MB ni loyihalash 
Ma’lumotlar bazasi uchun ma’lumotlar modeli deb yuritiluvchi ko‘p 
bosqichli taqdimot va tasvirlash xarakterli bo‘lib, uni yaratish uchun MB 
nazariyasi va loyihalash uslubi ishlatiladi.
MB, predmet sohasi masalalari va so‘rovlarini amalga oshirish uchun, 
dastlabki ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan. Bular birinchi navbatda, me’yoriy, 
dastlabki axborotlardir. MBda masalalar echimlarining natijalari yig‘ilib, ular 
boshqa masalalarni echishda kiradigan axborot sifatida ishlatilishi mumkin. MBni 
loyihalashda asosiy muammolardan biri, predmet sohasi ma’lumotlari tuzilmasi va 
tarkibini aniqlashdan iboratdir. 
MB axborot tashuvchi vositalardagi ma’lumotlarning mantiqiy tuzilmasini 
va uni jismoniy tashkil etishni tasvirlovchi ma’lumotlar modeli yig‘indisi sifatida 
qaralib, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) boshqaruvida turadi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi orqali MB ni hosil qilishda 
namunaviy loyiha ishlari quyidagilardir: 

predmet so
h
asi axborotli-mantiqiy modelini hosil qilish; 

MBBT ni tanlash; 

MB ning mantiqiy tuzilmasini loyi
h
alash; 

axborot tashuvchi vositalarda MB ni tashkil qilishni loyihalash; 

MB bilan ishlashning axborot texnologiyasini ishlab chiqish. 
Predmet sohasi ma’lumotlarini formal ko‘rinishda tasvirlash MBni manti
q
iy 
tuzilmasini hosil 
qilish
uchun asos bo‘ladi va u predmet sohasi axborot-mantiqiy 
modeli (AMM) deb yuritiladi. AMMning MBning tuzilmasini loyihalashda 
ahamiyati katta.
MB va axborot tizimlarini amalga oshirish samaradorligida MBBT ni 
tanlash hal qiluvchi ahamiyatga ega. 
MB axborot tizimining muhim resurslaridan biridir. To‘liqlik, o‘z vaqtidalik, 
aniqlik, butunlik talablariga javob beruvchi MBning tarkibi axborot tizimlarining 
samarali amalga oshirilishida asos bo‘lib xizmat qiladi. 


89 
MBBT larining ierarxik, tarmoqli va relyasion tuzilmalari mavjud. 
Ierarxik tuzilmali ma’lumotlar asosiy ma’lumotlar orasida birlik va ko‘plik 
munosabatlarini rag‘batlantiradi. 
Tarmoqli tuzilmali ma’lumotlar uchun ma’lumotlar turlari bog‘lanishining 
eng egiluvchan tuzilmasi ta’minlangan bo‘lib, ular nisbatan bir biri bilan 
bog‘lanmagan bo‘ladi. Bu erda ma’lumotlarni qidirishning katta imkoniyatlari 
mavjud.
Relyasion tuzilmali ma’lumotlar uchun ma’lumotlarning asosiy birligi jadval 
ma’lumotlari hisoblanadi va ular maydonlardan tashkil topgan bo‘ladi. Jadval 
ma’lumotlarning chiziqli tuzilmasiga ega. Umumiy holda relyasion ma’lumotlar 
bazasining mantiqiy tuzilmasi quyidagi ma’lumotlar bazasining ob’ektlari sifatida 
qaraladi:
a) Tablitsi (jadvallar). 
b) Formi (shakllar). 
v) Zaprosi (so‘rovlar). 
g) Otchyoti (hisobotlar). 
d) Makrosi i moduli (makroslar va modullar). 
Relyasion ma’lumotlar modeli turli miqyosdagi va sohadagi ma’lumotlar 
bazasi uchun eng ko‘p tarqalgan va istiqbolli bo‘lib hisoblanadi. Ular barcha 
turdagi EHM sinflari uchun amalga oshirilishi mumkin.

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish