Gulasal Aminjonova 20-71 Biologiya guruhi talabasi



Download 10,11 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi10,11 Kb.
#243738
Bog'liq
MT 20-71


Gulasal Aminjonova

20-71 Biologiya guruhi talabasi

Biologiyada axborot texnologiyalari : MT

Biologiya fanlar sohalariga oid masalalarga mos modellar va algoritmlar



Model va modellashtirish. Model turlari

Model (lat. modulus – olchov, meyor) - biror obekt yoki obektlar tizimining obrazi yoki namunasidir.

Masalan, yerning modeli - globus, osmon va undagi yulduzlar modeli - planetariy ekrani, pasportdagi suratni shu pasport egasining modeli deyish mumkin.

Insoniyatni farovon hayot shartsharoitlarini yaratish, tabiiy ofatlarni oldindan aniqlash muammolari qadimdan qiziqtirib kelgan. Shuning uchun ham insoniyat tashqi dunyoning turli hodisalarini organishi tabiiy holdir.

Aniq fan sohasi mutaxassislari u yoki bu jarayonning faqat ularni qiziqtirgan xossalarinigina organadi. Masalan, geologlar yerning rivojlanish tarixini, yani qachon, qaerda va qanday hayvonlar yashaganligi, osimliklar osganligi, iqlim qanday ozgarganligini organadi. Bu ularga foydali qazilma konlarini topishlarida yordam beradi. Lekin ular yerda kishilik jamiyatining rivojlanish tarixini organishmaydi bu bilan tarixchilar shugullanadi.

Atrofimizdagi dunyoni organish natijasida noaniq, va toliq bolmagan malumotlar olinishi mumkin. Lekin bu koinotga uchish, atom yadrosining sirini aniqlash, jamiyatning rivojlanish qonunlarini egallash va boshqalarga xalaqit etmaydi. Ular asosida organilayotgan hodisa va jarayonning modeli yaratiladi. Model ularning xususiyatlarini mumkin qadar tolaroq akslantirishi zarur.

Modelning taqribiylik xarakteri turli korinishda namoyon bolishi mumkin. Masalan, tajriba otkazish mobaynida foydalaniladigan asboblarning aniqdigi olinayotgan natijaning aniqligiga tasir etadi.

Modellashtirish - bilish obektlari (fizik hodisa va jarayonlar) ni ularning modellari yordamida tadqiq, qilish mavjud predmet va hodisalarning modellarini yasash va organishdir.

Modellash uslubidan hozirgi zamon fanida keng foydalanilmoqda. U ilmiy tadqiqot jarayonini yengillashtiradi, bazi hollarda esa murakkab obektlarni organishning yagona vositasiga aylanadi. Mavhum obekt, olisda joylashgan obektlar, juda kichik hajmdagi obektlarni organishda modellashtirishning ahamiyati katta. Modellashtirish uslubidan fizika, astronomiya, biologiya, iqtisod fanlarida obektning faqat malum xususiyat va munosabatlarini aniqlashda ham foydalaniladi.

Modellarni tanlash vositalariga qarab uni uch guruhga ajratish mumkin. Bular abstrakt, fizik va biologik guruhlar.

Abstrakt modellar qatoriga. matematik, matematik-mantiqiy va shu kabi modellar kiradi. Fizik modellar qatoriga kichiklashtirilgan maketlar, turli asbob va qurilmalar, trenajyorlar va shu kabilar kiritiladi.

Modellarning mazmuni bilan qisqacha tanishib chiqamiz.

1. Fizik model. Tekshirilayotgan jarayonning tabiati va geometrik tuzilishi asl nusxadagidek, ammo undan miqdor (olchami, tezligi, kolami) jixatidan farq qiladigan modellar, masalan, samolyot, kema, avtomobil, poyezd, GES va boshqalarning modellari fizik modelga misol boladi.

2. Matematik modellar tirik organizmlarning tuzilishi, ozaro aloqasi, vazifasiga oid qonuniyatlarning matematik va mantiqiy-matematik tavsifidan iborat bolib, tajriba malumotlariga kora yoki mantiqiy asosda tuziladi, songra tajriba yoli bilan tekshirib koriladi.

Biologik hodisalarning matematik modellarini kompyuterda organish tekshirilayotgan biologik jarayonning ozgarish xarakterini oldindan bilish imkonini beradi. Shuni takidlash kerakki, bunday jarayonlarni tajriba yoli bilan tashkil qilish va otkazish bazan juda qiyin kechadi. Matematik va matematik-mantiqiy modelning yaratilishi, takomillashishi va ulardan foydalanish matematik hamda nazariy biologiyaning rivojlanishiga qulay sharoit tugdiradi.

3. Biologik model turli tirik obektlar va ularning qismlari - molekula, hujayra, organizm va shu kabilarga xos biologik tuzilish, funksia va jarayonlarni modellashda qollaniladi. Biologiyada, asosan, uch xil modeldan foydalaniladi. Ular biologik, fizik va matematik modellardir.

Biologik model - odam va hayvonlarda uchraydigan malum bir holat yoki kasallikni laboratoriyada hayvonlarda sinab ko`rish imkonini beradi. Bunda shu holat yoki kasallikning kelib chiqish mexanizmi, kechishi, oqibati kabilar tajriba asosida organiladi. Biologik modelda har xil usullar: genetik apparatga tasir qilish, mikroblar yuqtirish, bazi organlarni olib tashlash yoki ular faoliyati mahsuli bolgan garmonlarni kiritish va bosha usullar qollaniladi. Bunday modellarda genetika, fiziologiya, farmokologiya sohasidagi bilimlar tadqiq qilinadi.

4. Fizik-kimyoviy modellar biologik tuzilish, funksiya yoki jarayonlarni fizik yoki kimyoviy vositalar bilan qaytadan hosil qilishdir.



5. Iqtisodiy modellar taxminan XVIII asrdan qollanila boshlandi. F.Kenening "Iqtisodiy jadvallar"ida birinchi marta butun ijtimoiy takror ishlab chiqdrish jarayonining shakllanishini korsatishga harakat qilingan.

Iqtisodiy tizimlarning turli faoliyat yonalishlarini organish uchun har xil modellardan foydalaniladi. Iqtisodiy taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlari xalq xojaligi modellari yordamida tekshiriladi. Turli murakkab korsatkichlar, jumladan, milliy daromad, ish bilan bandlik, istemol, jamgarmalar, investitsiya korsatkichlarining dinamikasi va nisbatini tahlil qilish, uni oldindan aytib berish uchun katta iqtisodiy modellar qollaniladi. Aniq xojalik vaziyatlarini tekshirishda kichik iqtisodiy tizimlardan, murakkab iqtisodiy tizimlarni tekshirishda, asosan, matematik modellardan foydalaniladi.
Download 10,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish