Tayanch iboralar: Potensial energiya, cho`zilish diagrammasi, siqilish diagrammasi, cho`zuvchi kuch, siquvchi kuch, bajarilgan ish.
Jismga quyilgan tashqi kuchlar o`zlari hosil qilgan kuchlanishlarda ish bajaradilar. Bu ish jismda deformatsiyaning potensial energiyasi ko`rinishida to`planadi. Kuch ta'siri olingangach, to`plangan energiya hisobidan jism o`zining dastlabki o`lchamlarini tiklaydi.
P kuch bilan miqdoriga cho`zilgan prizmatik sterjenni ko`rib chiqamiz; Kuch brusga asta-sekin O dan boshlab, P miqdorigacha quyilagi va deformatsiyaning potensial energiyasiga teng bo`ladi.
A= I
Cho`zuvchi kuch O dan P gacha o`zgarish jarayonida uning qandaydir P1 qiymatida brusning cho`zilishi ga teng bo`lsin (1 –rasmga,a) P1 kuchga dP1 orttirma beramiz unda cho`zilish qiymatga ortadi.
Bu ko`chishda P1 kuch bajargan elementar ish quyidagiga teng bo`ladi.
d A=P1d ;
(1-rasm, b) da elastiklik deformatsiyalar chegarasida yuklangan sterjenning cho`zilish diagrammasi ko`rsatilgan P1d qiymat diagrammasining quyi shtrixlab qo’yilgan ensiz polosasi yuziga teng.
d A=d ; A= d ;
rasm
Ish (potentsial energiya ham) elastik deformasiyalar chegarasida uchburchak ko`rinishidagi cho`zilish diagrammasi yuzasiga teng bo`ladi.
1
U =A= — P ;
2
Tashqi kuch urniga unga teng bo`lgan N ichki kuch qiymatini va formuladan cho`zilish qiymatini qo`yamiz.
N2
U= ——— ;
ґE F
U= ;
Namunani uzish uchun sarflangan to`la ish, yuqorida elastik deformatsiyalar chegarasida tashqi kuch P ning bajargan ishi mazkur chegaradagi cho`zilish diagrammasining yuziga tengli isbot qilingan edi. Tashqi kuch P ning brusni uzishda bajargan to`la ishi cho`zilish diagrammasining to`la yuziga tengligi ko`rinib turibdi.
Cho`zilish diagrammasining yuzi, quyidagi formuladan topiladi.
A =ґPM у ;
Bu yerda, PМ у - to`g`ri to`rtburchak yuzi;
г to`ldirish koeffisienti.
rasm.
Uzilishdagi xaqiqiy nisbiy deformasiya shartli deformasiyadan ancha katta bo`ladi. Masalan, kam uglerodli po`lat uchun shartli deformatsiya 21-33 % bo`lsa haqiqiysi 100 %-200 % ga teng bo`ladi. Taqqoslash uchun 3-rasmda kam uglerodli po`latning haqiqiy va shartli cho`zilish diagrammalari ko`rsatilgan.
Haqiqiy diagramma butun uzunligi bo`ylab shartli diagrammaga nisbatan yuqoridan o`tadi.
rasm.
Siqilishda materiallar «Holatini» o`rganish uchun siqilish diagrammalari quriladi. Materiallarni siqilishga sinash balandligi diametriga teng bo`lgan silindrik namunalarda bajariladi.
Boshqa materiallar uchun kub ko`rinishdagi namunalardan foydalaniladi (yog`och namuna uchun 50 mm, simentit namuna uchun 70 mm, beton namuna uchun 200 yoki 300 mm qabul qilinadi).
Materiallarni siqilishga sinashning o`ziga xos xusisiyatlari bor:
Plastik materiyallar ciqilganda pachoqlanadi, ko`ndalang kesim yuzi kattalashadi, shu bilan birga siquvchi kuch hamda shartli deformatsiya orta boradi. Shunday qilib ularning mustahkamlik chegarasi haqidagi tushuncha o`z fizik ma`nosini yuqotadi. Plastik po`latning cho`zilishdagi va siqilishdagi oquvchanlik chegaralari taxminan bir-biriga teng bo`ladi.
Mo`rt materiallar (cho`yan) siqilganda juda kam deformasiyalanadi, binobarin, sinash boshlanishidayoq, ularning siqilish diagrammasi egri chiziq bilan tasbirlanadi. Cho`yanning siqilish diagrammasi bilah cho`zilish diagrammasi bir-biridan farq qilmaydi. Demak, mo`rt materiallarning siqilish diagrammasi Guk qonuniga bo`ysinmaydi, ammo juda kichik kuchlanishlarga tegishli bo`lgan diagrammaning bir qismi to`g`ri chiziqdan juda oz og`adi. Cho`yan namunalar uning o`qi bilan 45o burchak tashkil qilgan qiya yuzalar bo`ylab eng katta urinma kuchlanish yo`nalishida emiriladi.
Umuman olganda turli konstruksiyalarda ishlatiladigan materiallar ikki guruhga bo`linadi:
1) Plastik materiallar, bularga po`lat, mis, dyurralyuminiy kabi materiallar kiradi. Bunday materiallarsezilarli darajada deformatsiya qoldirib emiriladi.
2) Mo`rt materiallar, bularga cho`yan, beton, g`isht kabi materiallar kiradi. Bumateriallar juda oz deformatsiya qoldirib emiriladi.
Po`lat va cho`yanning siqilish diagrammalarini ko`rib chiqamiz. Ularning cho`zilish diagrammasi tasvirlangan.
Yuklanishning boshlang`ich davrida kam uglerodli plastik po`lat siqishda kuchlanish diagrammasi cho`zilishdagi diagrammaga o`xshash bo`lib, gorizontal qiya to`g`ri chiziqdan iborat. So`ngra diagramma egrilanib, gorizontal juda kichik burchak ostida oquvchanlik uchaskaiga o`tadi.
Siqilishda oquvchanlik maydonchasi cho`zilishdagi kabi aniqlanmaydi.
Siqilishda proportsionallik, elastiklik va oquvchanlik chegaralari taxminan cho`zilishdagiga nisbatan o`xshash.
Cho`zilish va siqilishda diagrammaning to`g`ri chiziqli uchastkalarning og`ish burchaklari bir xil, demak elastiklik modellari ham bir xil
Do'stlaringiz bilan baham: |