19-variant
1Moliyavakorporativstrategiya
2.Moliyavainvestitsionportfelnishakllantirish
3.Soliqlarningyalpitalabvayalpitaklifgata’siri
4.Soliqlarvainvestitsiyalarningo’zarobog’liqligi
Javoblari
1. “Rejalashtirish” tushunchasining ma’no-mazmunini yanada umumiyroq
bo’lgan va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini muvofiqlashtirishning ob’ektiv
zarurligi va imkoniyatini anglatuvchi “rejalilik” orqali aniqlash mumkin.
Haqiqatdan ham rejalashtirish amaliyotda rejalilikni amalga oshirishni, ya’ni
balanslilik (muvozanat) va proportsionallilikka (mutanosiblikka) erishish bo’yicha
ongli faoliyatni bildiradi. Shu ma’noda, moliyaviy resurslarning balansliligini
(muvozanatini) va prorportsionalliligini (mutanosibligini) ta’minlashga qaratilgan
faoliyatga moliyaviy rejalashtirish deyiladi.
Bunda balanslilik (muvozanat) davlatning ixtiyorida bo’lgan moliyaviy
resurslar va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ixtiyorida (qo’lida) qolgan
daromadlar o’rtasidagi optimal nisbatni bildiradi. Proportsionallik (mutanosiblik)
esa korxonalar, xo’jalik tarmoqlari, mintaqalar va davlat sub’ektlari bo’yicha
daromadlarning soliq to’languncha va soliq to’langandan keyingi o’lchamlari(miqdorlari) o’rtasidagi oqilona nisbatdan iborat. Ana shu nisbatni ko’paytirish
yoki kamaytirish orqali davlat ularning rivojlanishini rag’batlantirish yoki cheklab
qo’yishi mumkin.
Umumiy va oddiy ko’rinishda, moliyaviy rejalashtirish deyilganda moliyaviy
rejalarni tuzish va amalga oshirish jarayoni nazarda tutiladi. Moliyaviy rejani,
xuddi uni ishlab chiqish, yaratish yoki tuzish jarayoni kabi moliyaviy
ko’rsatkichlarni ijodiy tahlil qilish, umumlashtirish va o’zaro bog’lash tizimi
sifatida qarash kerak. Amaliyotda tez-tez foydalaniladigan rejalashtirish
ma’lumotlarini, masalan, korxona faoliyatining shakliy modelini ishlab chiqish va
shu asosda moliyaviy ko’rsatkichlarning rejali tizimini aniqlashni, moliyaviy
rejalashtirishning ishchi sxemasi sifatida qarash mumkin. Shuni nazarda tutish
kerakki, moliyaviy rejalashtirish jarayonida u yoki bu sub’ekt faoliyat ko’rsatishi
moliyaviy ta’minlanishining hayotiychanligini oshiruvchi noshakliy omillar
inobatga olinishi kerak.
“Moliyaviy rejalashtirish” tushunchasi o’z ichiga quyidagilarni oladi:
• taraqqiyotning asosiy tendentsiyalarini aniqlash va moliyaviy tahlil qilish;
• jalb qilingan mablag’lar va vaqtincha bo’sh turgan mablag’larni joylashtirish
menejmenti;
• firma ichidagi moliyaviy natijalar va pullarni rejalashtirish, hisobga olish va
nazorat qilish texnologiyasi;
• investitsion menejment;
• kapitallar menejmenti;
• faoliyatning boshqa ko’rinishlari (trast, faktoring, lizing va boshqalar).
Quyidagilar moliyaviy rejalashtirishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
• ishlab chiqarish, investitsion va moliyaviy faoliyatlarni kerakli bo’lgan
moliyaviy resurslar bilan ta’minlash;
• pul mablag’laridan iqtisod qilib, tejab-tergab foydalanish hisobidan
korxonaning foydasini oshirish bo’yicha ichki rezervlarni qidirib topish;
• kapitalni samarali joylashtirish yo’llarini aniqlash, undan oqilona va
samarali foydalanishni baholash;
• kontragentlar bilan optimal moliyaviy munosabatlarni o’rnatish;
• korxonaning moliyaviy ahvoli, to’lovga qobilligi va kreditga layoqatliligi
ustidan nazorat o’rnatish.
Bozor munosabatlariga o’tilganiga qadar moliyaviy rejalashtirishning
mazmuni korxonalarda sof operativ vazifalarni – markazlashtirilgan iqtisodiyot
amal qilganligi uchun etarli darajada formal bo’lgan korxonalarning besh yillik
moliyaviy rejalaridagi ko’rsatkichlarni ishlab chiqish, istiqbolga mo’ljallangan
rejalarning loyihasini baholash, korxonaning yillik moliyaviy rejalarini tuzish
kabilarni hal etishga qaratilgan edi. Bunday amaliyotning hukm surganligi korxona
moliyaviy xizmatlarining obro’yiga obro’ qo’shmas, chunki ularga hech narsa
bog’liq emas edi. Bozor iqtisodiyotida moliyaviy xizmatlarning roli tubdan
o’zgaradi. Ular korxona rivojlanishini faol va ta’sirchan boshqaradi va bir
vaqtning o’zida, shu rivojlanishning yo’nalishi va sifatini nazorat qiladiHozirgi sharoitdagi moliyaviy rejalashtirish barcha zaruriy harakatlarni
oldindan ko’zda tutishgina (ko’ra bilishgina) emas. Bu tegishli ishlarni amalga
oshirish jarayonida yuzaga chiqishi mumkin bo’lganhar qanday kutilmagan
holatlarni ko’ra olish qobiliyati hamdir. Albatta, xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’z
faoliyatidagi barcha risklarga barham beraolmaydi. Lekin u ana shu risklarni
samarali oldindan ko’ra bilish yordamida boshqarish imkoniyatiga ega.
Moliyaviy rejalashtirish amaliyotida quyidagi asosiy metodlardan
foydalanish mumkin:
• iqtisodiy tahlil metodi;
• normativ metod;
• balansli hisob-kitoblar va pul oqimlari metodi;
• ko’p variantlilik metodi;
• iqtisodiy-matematik modellashtirish metodi;
• va boshqa metodlar.
Moliyaviy rejalashtirish jarayonining quyidagi asosiy bosqichlarini ajratib
ko’rsatish mumkin:
• xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining moliyaviy natijalarini tadqiq
etish;
• operativ rejalarning o’zgarishi asosida moliyaviy hisobotlarning bashorat
variantlarini ishlab chiqish;
• o’z reja topshiriqlarining bajarilishini ta’minlash uchun xo’jalik yurituvchi
sub’ektning moliyaviy resurslarga bo’lgan konkret ehtiyojlarini aniqlash;
• moliyalashtirish manbalari (shu jumladan, o’z va tashqi manbalarning) va
ularning tarkibiy tuzilishini bashoratlash;
• xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasini boshqarishning tizimini yaratish va
uni ushlab turish (qo’llab-quvvatlash);
• shakllantirilgan rejalarni operativ o’zgartirish tartibini (protsedurasini) ishlab
chiqish.
Moliyaviy rejalashtirishning ikki turi bo’lishi mumkin:
• strategik moliyaviy rejalashtirish;
• joriy moliyaviy rejalashtirish.
Strategik moliyaviy rejalashtirish o’z ifodasini strategik moliyaviy rejalarda
topadiki, u tashqi va ichki muhitda o’zgarayotgan xo’jalik yuritish sub’ekti
moliyaviy taraqqiyotining ko’p variantli bashoratidan iboratdir.
Strategik moliyaviy reja, hech bo’lmaganda, quyidagi savollarga aniq javob
bermog’i lozim:
• xo’jalik yurituvchi sub’ekt uchun talab qilinadigan kapitalning o’lchami
qanday, u qaysi manbalar hisobidan va qanday muddatlarda jalb qilinadi?
• bu kapitaldan qanday qilib foydalaniladi?
• o’z kuchiga ishongan holda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rivojlanishi
mumkinmi? Agar yo’q bo’lsa, moliyaviy resurslarni jalb qilishning manbalari
qanday? Kompaniyaning strategik plani bu aksiyadorning shaxsiy budjetini
maksimallashtirishdir. Bu strategik plan ham uzoq ham qisqa ko`lamdagi
moliyaviy rejalarni talab etadi. Naqd pul va mahsulot budjeti kabi budjetlar, bu
rejalashtirishdagi ma`lumotlarni boshqarishda ishlatiladidi, ayni vaqtda ijro
o`lchamlari strategik maqsad tomon rivojlanishni ifodalaydi.
Strategiya bu kompaniya erishishni hohlayotgan maqsaddir. Kompaniya
strategiyaga ega bo`lsa, unda plan, ayni bir strategic plan kerak bo`ladi.
Investitsiya imkoniyatlari kompaniyaning investitsiya strategiyalarini o`z ichiga
oladi.
Bosh menejer, direktorlar kengashi nazorati ostida, kompaniyaning
investitsiya qarorlariga qaraydi va moliyalashtirish rejalarini tuzadi.
Budjetlashtirish, resurslar rejasini tuzish va kelajak uchun mablag`larni
ishlatilishdir. Budjetlashtirish ham iqtisodiy ham buxgalteriya ma`lumotlar ini
talab etadi. Iqtisody analizlar marketing va kelajakdagi savdo uchun mahsulot
analizini o`z ichiga oladi. Hisob teknikalari, o`lchov asbobi sifatida ishlatiladi:
Ammo, nimalar bo`lganini hulosa qilish o`rniga, kompaniylar buxgalteriyadan
kelajakda nima bo`lishini bashorat qilish uchun foydalanishadi.
2. Investitsiya bozorining asosiy davri mobaynida, taxminan 200 yillar Aqshda va undan ham ko‘proq evropa davlatlarida, hech kim riskni raqamlar orqali ifodalay olishmagan. Investitsiyalar juda riskli edi, ba’zilarini riski boshqasinikidan ko‘proq edi va insonlar buni shunday bo‘lishiga qoyib berishdi.
Risk jasurlikda edi, raqamlarda emas. Agressiv investorlarning maqsadi shunchaki
qaytaydigan foydani maksimallashtirish edi; qo‘rqoqroqlari esa mablag‘larini
saqlab qolish va uzoq muddatli obligatsiyalarga ega bo‘lish bilan hursand
bo‘lishardi. Biz bu va bundan keying bo‘limlarda investitsiyalar menejmenti bo‘yicha
asos hisoblanadigan teoriyalarni olg‘a suramiz: Investitsiya teoriyasi va capital
bozor teoriyasi. Investitsiya teoriyasi foydani maksimallashtiraydigan
investitsiyani tanlash va shunga monan, o‘zgarmas qabul qilingan risk bosqichlari
bilan taqsimlanadi. Ko‘p sonli modellar va tarihiy ma’lumotlarga ko‘ra,
investitsiya teoriyasi “tahminiy investitsiya foydasi” va “qabul qilinaydigan
investitsiya riski”ni aniqlaydi, shuningdek qanday qilib optimal investitsiya
qurishni ko‘rsatadi. Kapital bozor teoriyasi esa investorlarning garov baxosiga
ta’sirini ko‘rsatadi. YA’nada aniqroq aytaydigan bo‘lsak, garovning qaytishi va
riskning o‘rtasida bo‘lishi kerak bo‘lgan bog‘liqlikni ko‘rsatadi agarda investor
tuzgan investitsiya, investitsiya teoriyasi orqali ko‘rsatilgan bo‘lsa. Investitsiya va
capital bozor teoriyalari birgalikda investitsiya riskini aniqlash va o‘lchash
na’munasi taqdim qiladi va taxmin qilingan foyda va risk o‘rtasidagi bo‘gliqlikni
rivojlantiradi(shuningdek risk va investitsiyadan talab qilingan foydani orasidagi
bo‘gliqlikni ham).
Tikilgan investitsiyani individual risklarga ko‘ra maksimallashtirish
investitsiya teoriyasining maqsadi hisoblanadi. Tarihiy ma’lumotlar va foyda
to‘g‘risidagi investorlar tahminlarini ishlatgan holda, investitsiya tanlash “kutilgan
investitsiya foydasi” va “qabul qilinaydigan inves titsiya riski”ni son ko‘rinishida
aniqlash uchun modellash tehnikalaridan foydalanadi va optimal investitsiyani
tanlash imkonini taqdim etadi. Ushbu teoriya investitsiya menejerlariga investitsiya
riski va tahmin qilingan foydani son ko‘rinishida aniqlashg a imkon beradi,
sub’ektiv bo‘lgan investitsiya menejmentiga obektiv tarkib qo‘shgan holda.
YA’nada muhimrog‘i esa, oldingi vaqtlarda investitsiya menejmenti e’tiborini
mulklarning alohida riskiga qaratgan bo‘lsa, investitsiya teoriyasi e’tiborini
butunlay investitsiyani o‘ziga qaratadi. Bu teoriya ko‘rinarli darajada kam risk
bilan riskli mol-mulklarni birlashtirish va tahmin qilingan foydani aks ettiraydigan
investitsiya tashkil qilish imkoni borligini ko‘rsatadi. Boshqacha aytganda,
investitsiyaning riski uning barcha alohida qismlarini risklarini qo‘shib
hisoblaganda kam bo‘lishini ko‘rsatadi.
Ushbu bo‘limda biz Harry Markowitz tomonidan tayyorlangan investitsiya
tanlash teoriyasini taqdim qilamiz. Bu teoriya investitsiya analizi o‘rtacha
dispersiyasi yoki shunchaki o‘rtacha dispersiya analizi deb ham ataladi.
Qolayversa odatiy moliyaga ham ozroq nazar tashlaymiz va ushbu formulaning
tarafdorlari tomonidan qanday qilib yaratilganini ko‘ramiz.
Investitsiya teoriyasi ikkita soxadan tushunchalarni oladi: mol iyaviy-iqtisodiy
teoriyalar va ehtimolliklar va statistik teoriyalar. Ushbu qism moliyaviy -iqtisodiy
teoriyaning biz investitsiya teoriyasida ishlatgan tushunchalarini ko‘rsatadi. Taqdim etilgan tushunchalar juda tehnik yoki qiyin bo‘lishi mumkin, lekin bundan maqsad ushbu tushunchalarni tushunishni osonlashtirishdir. SHundan so‘ng o‘quvchi ushbu tushunchalar zamonaviy investitsiya teoriyasi yaratilishida qanchalik muhim hissa qo‘shganini tushunib etishi mumkin. Xayotda juda ko‘p xolatlar mavjudki tashkilotlar(shaxslar yoki firmalar) ikki yoki undan ko‘p tanlovdan bittasini tanlashga to‘g‘ri keladi. Iqtisodchilarfoydalilik funksiyasini tushunchasini ishlatadi bir necha tanlovlardan birni tanlash yulini ifodalashga va bu “tanlash teoriyasi deb nomlanadi”. Foydalilik funksiyasi barcha tanlovlarni raqamli qiymatini aniqlaydi. Qanchalik katta qiymat ko‘rsatsa qaysidir tanlov, o‘shandan ko‘rinaydigan foyda ham shuncha katta bo‘ladi. Tanlangan ushbu tanlov boshqa hammasidan ko‘ra iqtisodiy jihatdan maksimal foyda beradi.Investitsiya teoriyasiga ham ko‘ra kompaniyalar bir necha tanlovlarga ega bo‘ladi. Har xil investitsiyalar har xil foyda va risk qiymatiga ega bo‘ladi. Qolayversa, Qanchalik katta foyda tahmini bo‘lsa, shunchalik kata risk ham bo‘ladi. Tashkilotlar barcha investitsiyalar risk-foyda kombinatsiyalari tizimida qaror qilish holatida bo‘ladi: qaysiki kutilgan qaytim foydaning darajasini ko‘taradi, kutilmagan risk esa tushurib yuboradi. SHuningdek, tashkilotlar turli xil risk-qaytim kombinatsiyalaridan foydaning har xil darajalarini qabul qiladi.Mavjud bo‘lgan risk-qaytim kombinatsiyalaridan qabul qilingan foyda, foyda funksiyasi orqali ifodalanadi. Osonroq aytaydigan bo‘lsak, foydalilik funksiyasi tashkilotlarga qabul qilinaydigan risk va tahmin qiling an foydani orasidagi maqbul echimni topishga ko‘maklashadi.
3. Soliqlarning joriy qilinishi va mavjud soliq tizimiga o‘zgarishlar kiritilishi bevosita yoki bilvosita yalpi talab va yalpi taklifga ta’sir etadi. Tovar narxi qancha yuqori bo‘lsa, uni sotib olishga tayyor xaridorlar shuncha kam va uni ishlab chiqaruvchidar esa ko‘proq taklif qiladilar. Bozor muvozanati talab va taklif kesishgan nuqtada to‘xtaydi.
Talabning egiluvchanligi xaridorning taklif qilinayotgan tovarni sotish shartlariga bog‘liq ravishda (eng avvalo narxiga qarab) sotib olishga tayyorligi darajasini ko‘rsatadi. Xaridorlar kelishuvga qanchalik ko‘p intilsalar, talab shunchalik kam egiluvchan bo‘ladi. Talab egiluvchan bo‘lmasa, sotuvchilar soliq yukini xaridorlar zimmasiga osongina o‘tkazib yuboradilar.
Talabning narx egiluvchanligi asosiy omillariga quyidagilar kiradi:
1. O‘rnini bosuvchi tovarlarning mavjud bo‘lishi. Agar bozorda bir-birining o‘rnini bosuvchi tovarlar qancha ko‘p bo‘lsa, talab ham shuncha egiluvchan bo‘ladi: xaridorda qimmat tovarlarning o‘rniga arzonrog‘ini sotib olish imkoniyati tug‘iladi. Lekin bozorda bir-birining o‘rnini bosadigan ne’matlar mavjud bo‘lmasa, xaridor belgilab qo‘yilgan narxga ko‘nishga majbur bo‘lib, bunday holatda talab egiluvchan bo‘lmaydi.
2. Tovarga ketgan xarajatlarning xaridor byudjetidagi ulushi. Ne’matlar qiymati xaridor byudjetida qanchalik katta o‘rin tutsa, unga talabning egiluvchanligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Agar qalamning narxi 10 foiz ko‘tarilsa, unga talab sezilarli darajada pasaymasligi mumkin: qalamning narxi shu qadar kichikki, xaridor bu tovar narxi oshganini payqamasligi ham mumkin Lekin avtomobilning narxi 10 foiz oshsa (boshqa teng shartlar qatorida), talab ancha-muncha kamayib ketishi aniq: narxning mutlaq o‘sishi xaridorning «hamyoni» uchun haddan ziyod katta bo‘ladi.
3. Tovarning foydalilik darajasi. Kundalik ehtiyoj tovarlariga talab odatda egiluvchan bo‘lmaydi; ziynat buyumlariga talab esa egiluvchandir. Masalan, non, gugurt, tuzga talab an’anaviy egiluvchan sanalmaydi. Aksincha, qimmatbaho, ko‘ngilochar va shu kabi boshqa buyumlarga talab bir muncha egiluvchan bo‘ladi.
4. Vaqt omili. Xarid qilish xususidagi qarorga kelish uchun muddat qancha ko‘p bo‘lsa, talab ham shu qadar egiluvchan tus oladi. Xaridorlar yangi narxga moslashishlari uchun vaqt kerak: ularning didi va iste’mol texnologiyasi asta-sekin o‘zgarib boradi. Masalan, qimmatlashgan mol go‘shti o‘rniga ma’lum muddat mobaynida emish sifatida baliq va parrandalardan foydalaniladi. Mana, boshqa misol: 1970 yillarda g‘arb davlatlarida neft narxi ko‘tarilishi sababli eski texnologiyalarni energiyani tejaydigan yangi texnologiyalarga almashtirish jarayoni bir necha yil davom etdi, oqibat-natijada neft mahsulotlariga bo‘lgan talab keskin kamayib ketdi.
Tovarga talab qanchalik kam egiluvchan bo‘lsa soliqning katta qismi iste’molchilar zimmasiga tushadi, chunki bozordagi narx keskin ko‘tariladi. Buning aksicha, xaridorlar qimmatlashgan tovarlarni olishdan osongina voz kechsalar narx deyarli ko‘tarilmaydi va zararni sotuvchilarning o‘zlari qoplashga majburdirlar.
Taklifning egiluvchanligi sotish sharoiti o‘zgarganda taklif etilayotgan tovarlarning miqdorini sotuvchilarning ko‘paytirish yoki kamaytirish imkoniyatlarini belgilab beradi. Sotuvchilar kelishuvga qanchalik ko‘p intilsalar, bozor taklifi shunchalik kam egiluvchan bo‘ladi. Taklif egiluvchan bo‘lmaganida soliq yukini ma’lum darajada ishlab chiqaruvchilar o‘z zimmalariga olishga «rozi» bo‘ladilar.
Taklif egiluvchanligining asosiy omili tovar sotish sharoiti o‘zgarishiga munosabat bildirish uchun ishlab chiqaruvchi ixtiyorida mavjud bo‘lgan vaqt miqdoridir. Iqtisodiyotning tarmoqlari o‘rtasida resurslarni (ishchi kuchi, uskunalar, xom ashyo) qayta taqsimlash ma’lum muddatni talab etadi. Binobarin, tadbirkorlar ixtiyoridagi vaqt qancha ko‘p bo‘lsa, ular ishlab chiqarishning tuzilishini o‘zgargan bozor sharoitiga moslashtirish uchun shunchalik katta imkoniyatga ega bo‘ladilar hamda taklifning egiluvchanligi ham ortadi.
Egiluvchan taklifli vaziyatda bilvosita soliq joriy etilganda ishlab chiqaruvchilar mahsulot tayyorlash hajmini osongina qisqartirib, shu hisobdan bozorda narxni ko‘tarishlari ko‘rsatilgan. Bunday holatda soliq yukining katta qismi xaridor zimmasiga o‘tkaziladi. Aksincha, taklif egiluvchan bo‘lmaganida ishlab chiqaruvchilar mahsulot tayyorlash hajmini keskin darajada qisqartira olmaydilar va bozorda narx deyarli o‘zgarmaydi. Bunday holatda soliq to‘lovlarining asosiy qismini tadbirkorlarning o‘zlari qoplaydilar. Shunday qilib, soliq narxning o‘sishi orqali iste’molchi zimmasiga o‘tishi mumkin. Soliqning iste’molchi zimmasiga o‘tkazilishi bozorning o‘ziga xos xususiyatlariga, bozor talabi va taklifiga bog‘liqdir. Agar tovarga talab barqaror bo‘lsa, ya’ni kam egiluvchan vaziyatlarda soliqlarni iste’molchilar zimmasiga mahsulot bahosini ko‘tarish yo‘li bilan o‘tkazishi mumkin. Agarda talab egiluvchan bo‘lsa, bahoni ko‘tarishga bo‘lgan intilish tovar hajmining, shunga tegishli ravishda ishlab chiqarish, foyda va soliq hajmlarining kamayib ketishiga olib keladi. Talabning egiluvchanligi soliqqa tortishni tartibga solib turuvchi va cheklaydigan omildir.
Soliq tizimi - iqtisodiyotni rivojlantirish uchun investitsiya faoliyatini qo‘llab quvvatlashning samarali mexanizmini o‘zida mujassam etishi lozim. Mamlakatda sog‘lom investitsion muhitni shakllantirish murakkab makroiqtisodiy jarayonlardan biridir.
Soliq mexanizmidagi o‘zgarishlar yalpi talab va yalpi taklifning o‘zgarishiga ta’sir qilishi bilan birgalikda, investitsiyalar o‘zgarishiga ham ta’sir etadi. Bunday olib qaraganda soliqlar va investitsiyalar o‘rtasida uzviy aloqadorlik mavjud. Soliqlar vositasida yangidan yaratilgan qiymatning davlat va soliq to‘lovchilar o‘rtasida taqsimlanishi soliqlar va investitsiyalar o‘rtasidagi aloqadorlikni ta’minlaydi. Soliqlar bo‘yicha engilliklar berilishi ko‘p jihatdan soliq to‘lovchilarni ishlab chiqarishga rag‘batini kuchaytiradi, ularda ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi texnika va texnologiyalarni joriy qilish moyilligini kuchaytiradi. O‘z navbatida soliqlar vositasida investitsiyalarning rag‘batlantirilishi kelajakda davlat byudjetiga undiriladigan soliq bazasini kengayishiga xizmat qiladi. Masalan, bu holatni birgina misol bilan izohlashimiz mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Bozorni iste’mol tovarlari bilan to‘ldirishni rag‘batlantirish hamda ishlab chiqaruvchilar va savdo tashkilotlarining o‘zaro munosabatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi 2002 yil 13 noyabrdagi 390-son Qaroriga muvofiq yuqori sifatli, raqobatbardoshli iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni ko‘paytirishni va ularning assortimentini kengaytirishni rag‘batlantirish, ichki iste’mol bozorini ular bilan yuqori darajada to‘ldirish maqsadida 2003 yildan 2008 yilga qadar yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig‘i, kichik korxonalar va mikrofirmalar uchun yagona soliq, ayrim turdagi tovarlarga nisbatan belgilangan aktsiz solig‘i, er solig‘i bo‘yicha bir qator imtiyozlar belgilanganki, ushbu imtiyozlar vositasida korxonalarning investitsiya mablag‘lari kengaytirilishiga erishishi asosiy maqsad qilib qo‘yilgan. Ushbu qayd etilgan imtiyozlarning eng xususiyatli tomoni shundan iboratki, imtiyozlar berilishi munosabati bilan bo‘shaydigan mablag‘lar korxonalar tomonidan faqat ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish, ishlab chiqarilayotgan iste’mol tovarlarining assortimentini kengaytirish va raqobatbardoshliligini oshirish bilan bog‘liq tadbirlargagina sarflanishi mumkin yoki boshqacha qilib aytganda bo‘shaydigan mablag‘lar yuqoridagi tadbirlargagina investitsiya qilinishi mumkin. Aks holda, ya’ni bo‘shaydigan mablag‘lardan boshqa maqsadlarda foydalanilgan hollarda ushbu mablag‘lar, amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jarimalarni hisobga olgan holda to‘liq hajmda byudjetga undiriladi.
Soliqlar bilan investitsiyalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni yoritar ekanmiz, shuni alohida qayd etishimiz lozimki, investitsiyalarning o‘sishi ham o‘z navbatida soliqqa tortiladigan bazaning oshishiga olib keladi. Yuqoridagi misolimizga qaytadigan bo‘lsak, malakatimiz soliq tizimida amal qilayotgan ushbu imtiyozlar investitsiyalarni o‘sishiga olib kelishi bilan birgalikda kelajakda soliq bazasini ham kengayishiga xizmat qiladi.
Soliqlar vositasida yangidan yaratilgan qiymat ko‘proq miqdorda davlat tomonidan o‘zlashtirilsa korxonalarning ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatlarini cheklaydi. Lekin bunda shuni ham ta’kidlash o‘rinliki, buning ham ayrim ijobiy jihatlari mavjud. Ma’lumki, davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri norentabel sohalarga investitsiya kiritishdan iborat. Ishlab chiqaruvchilarga qanchalik imtiyozlar berilgan bilan ularda norentabel sohalarni investitsiya qilishga moyillikni kuchaytirmaydi. Chunki, ularning bunday faoliyati ularga kelajakda foyda bermaydi. Ana shuning uchun davlat soliqlar hisobiga shakllantirilgan mablag‘lar hisobidan ana shunday sohalarga investitsiya kiritishini ham qaysidir ma’noda soliqlar va investitsiyalar o‘rtasidagi aloqadorlikning bir ko‘rinishi sifatida izohlash mumkin.
4. Soliq tizimi - iqtisodiyotni rivojlantirish uchun investitsiya faoliyatini qo`llab quvvatlashning samarali meхanizmini o`zida mujassam etishi lozim. Mamlakatda sog`lom investitsion muhitni shakllantirish murakkab makroiqtisodiy jarayonlardan biridir.
Soliq meхanizmidagi o`zgarishlar yalpi talab va yalpi taklifning o`zgarishiga ta`sir qilishi bilan birgalikda, investitsiyalar o`zgarishiga ham ta`sir etadi. Bunday olib qaraganda soliqlar va investitsiyalar o`rtasida uzviy aloqadorlik mavjud. Soliqlar vositasida yangidan yaratilgan qiymatning davlat va soliq to`lovchilar o`rtasida taqsimlanishi soliqlar va investitsiyalar o`rtasidagi aloqadorlikni ta`minlaydi. Soliqlar bo`yicha engilliklar berilishi ko`p jihatdan soliq to`lovchilarni ishlab chiqarishga rag`batini kuchaytiradi, ularda ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi teхnika va teхnologiyalarni joriy qilish moyilligini kuchaytiradi. O`z navbatida soliqlar vositasida investitsiyalarning rag`batlantirilishi kelajakda davlat byudjetiga undiriladigan soliq bazasini kengayishiga хizmat qiladi. Masalan, bu holatni birgina misol bilan izohlashimiz mumkin. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Bozorni iste`mol tovarlari bilan to`ldirishni rag`batlantirish hamda ishlab chiqaruvchilar va savdo tashkilotlarining o`zaro munosabatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida» gi 2002 yil 13 noyabrdagi 390-son Qaroriga muvofiq yuqori sifatli, raqobatbardoshli iste`mol tovarlari ishlab chiqarishni ko`paytirishni va ularning assortimentini kengaytirishni rag`batlantirish, ichki iste`mol bozorini ular bilan yuqori darajada to`ldirish maqsadida 2003 yildan 2008 yilga qadar yuridik shaхslardan olinadigan daromad (foyda) solig`i, kichik korхonalar va mikrofirmalar uchun yagona soliq, ayrim turdagi tovarlarga nisbatan belgilangan aktsiz solig`i, er solig`i bo`yicha bir qator imtiyozlar belgilanganki, ushbu imtiyozlar vositasida korхonalarning investitsiya mablag`lari kengaytirilishiga erishishi asosiy maqsad qilib qo`yilgan. Ushbu qayd etilgan imtiyozlarning eng хususiyatli tomoni shundan iboratki, imtiyozlar berilishi munosabati bilan bo`shaydigan mablag`lar korхonalar tomonidan faqat ishlab chiqarish hajmlarini ko`paytirish, ishlab chiqarilayotgan iste`mol tovarlarining assortimentini kengaytirish va raqobatbardoshliligini oshirish bilan bog`liq tadbirlargagina sarflanishi mumkin yoki boshqacha qilib aytganda bo`shaydigan mablag`lar yuqoridagi tadbirlargagina investitsiya qilinishi mumkin. Аks holda, ya`ni bo`shaydigan mablag`lardan boshqa maqsadlarda foydalanilgan hollarda ushbu mablag`lar, amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jarimalarni hisobga olgan holda to`liq hajmda byudjetga undiriladi.
Soliqlar bilan investitsiyalar o`rtasidagi bog`liqlikni yoritar ekanmiz, shuni alohida qayd etishimiz lozimki, investitsiyalarning o`sishi ham o`z navbatida soliqqa tortiladigan bazaning oshishiga olib keladi. Yuqoridagi misolimizga qaytadigan bo`lsak, malakatimiz soliq tizimida amal qilayotgan ushbu imtiyozlar investitsiyalarni o`sishiga olib kelishi bilan birgalikda kelajakda soliq bazasini ham kengayishiga хizmat qiladi.
Soliqlar vositasida yangidan yaratilgan qiymat ko`proq miqdorda davlat tomonidan o`zlashtirilsa korхonalarning ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatlarini cheklaydi. Lekin bunda shuni ham ta`kidlash o`rinliki, buning ham ayrim ijobiy jihatlari mavjud. Ma`lumki, davlat siyosatining muhim yo`nalishlaridan biri norentabel sohalarga investitsiya kiritishdan iborat. Ishlab chiqaruvchilarga qanchalik imtiyozlar berilgan bilan ularda norentabel sohalarni investitsiya qilishga moyillikni kuchaytirmaydi. Chunki, ularning bunday faoliyati ularga kelajakda foyda bermaydi. Аna shuning uchun davlat soliqlar hisobiga shakllantirilgan mablag`lar hisobidan ana shunday sohalarga investitsiya kiritishini ham qaysidir ma`noda soliqlar va investitsiyalar o`rtasidagi aloqadorlikning bir ko`rinishi sifatida izohlash mumkin.