2.1. Gruntni statik zichlovchi mashinalarni hisoblash.
Gruntni zichlovchi ish jihozining gruntga beradigan bosimi Po uning ko‘rsatgichlari bilan yaqin bog‘langan bo‘lib, gruntni statik zichlovchi mashinaning gruntga beradigan bosimini (2.4) formuladan aniqlanadi:
𝑃0 = 167𝑘𝑃𝑎
bu yerda Fo - ish jihozining og‘irligi, kN (40 kN); A - ish jihozi ta’sirida zichlanayotgan gruntning yuzasi, m2. Ish jihozi ta’sirida zichlanayotgan gruntning yuzasi quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin:
𝐴 = 𝐵 ∙ ℓ = 1,2 ∙ 0,2 = 0,24, 𝑚2.
Gruntni statik zichlovchi g‘altakli ish jihozlari uchun zichlanadigan yuza g‘altakning eni B ga va diametri D (𝐷 =1,2 𝑚 ) ga bog‘liq. Ular, quyidagi munosabat orqali bog‘langan bo‘ladi;
B (0.7…0.8)D
Ammo, g‘altakning enini bu shart bo‘yicha qabul qilinishi uni turg‘un turishiga kafolat bermasligini inobatga olib, uni tanlashda quyidagi shartga amal qilish tavsiya etiladi;
B m (2.12)
𝐵 = 1,0 ∙ 1.2 = 1,2 𝑚
G‘altakli ish jihoziga ega bo‘lgan gruntni zichlashdagi maksimal
bosim quyidagi formula bilan aniqlanadi:
bu yerda - g‘altak gardishining chiziqli bosimi, kN/m; R-g‘altakning radiusi, m; Eo - gruntning deformatsiya moduli, kPa (u gruntni zichlash koeffitsientiga bog‘liq bo‘lib, kz = 0,60…0,97 oraliqda, Eo = 500 …20000 kPa bo‘ladi).
Statik zichlashdagi gruntni faol qalinligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
, m
bu yerda B min – ish jihozining eni, m; P o – ish jihozining gruntga beradigan bosimi, Pa; Pg – gruntning mustahkamlik chegarasi, Pa ( 𝑃𝑔 = 600 𝑘 𝑃𝑎 ). G‘altakli ish jihoziga ega bo‘lgan grunt zichlovchi mashinalarning ish unumdorligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
bu yerda L - zichlanayotgan maydon uzunligi, m; ho - gruntni zichlash qalinligi, m; B - g‘altakning eni, m; a - o‘tishni qoplash kattaligi, m; n - bir joydan o‘tishlar soni: 𝜗𝑖 – mashinaning ishchi tezligi, m/soat; tb – burilishlarga sarflangan vaqt, soat; ηv - vaqtdan foydalanish koeffitsienti. Gruntni zichlashga sarflanadigan quvvatni quyidagi formula orqali aniqlash mumkin;
bu yerda U- mashinaning ish unumdorlgi, m 3 /soat; Р - gruntni zichlashdagi maksimal bosim, kPa; ηm - mexanizmlarni F.I.K.
Mashinaning tortish kuchini hisoblash uchun, uning hisob chizmasi masshtabda chizilib, unda mashinaga barcha ta’sir etuvchi kuchlar ko‘rsatiladi (2.6-rasm).
Chizmadan mashinani yurishiga qarshilik qiluvchi kuchlarni yig‘indisini quyidagicha yozish mumkin:
, kN (2.17)
bu yerda R, R1 , R2 - tegishli ravishda traktor va tirkama g‘altaklarning reaksiya kuchlari, kN (bu reaksiya kuchlari tegishli ravishda traktor va g‘altaklarning og‘irlik kuchiga tengdir); f - o‘rmalovchi yurish uskunasining sirpanish koeffitsienti; f’- g‘altakning dumalanish koeffitsienti. Mashinadan samarali foydalanish uchun traktorning tortish kuchi uni yurishiga qarshilik qiluvchi kuchlar yig‘indisiga teng yoki undan katta bo‘lib, quyidagi shartni bajarishi kerak:
(2.18)
Traktorni tortish kuchi quyidagi formula yordamida aniqlanadi;
bu yerda Nd - traktor dvigatelining quvvati, kW;
- traktorning ishchi tezligi, m/s.
Mashinaga ta’sir etuvchi kuchlarning hisob chizmasi.
Mashina detallarini mustahkamlikka hisoblash uchun misol tariqasida traktor va g‘altak ramalarini birlashtiruvchi barmoq (pales) ning diametrini aniqlash va uni qanday materialdan yasash kerakligini ko‘rib chiqamiz. Barmoqqa qarama-qarshi traktorning tortish va g‘altak g‘ildiraklarining dumalanishga qarshilik kuchlari ta’sir qiladi.
Mustahkamlikni ta’minlash uchun quyidagi shart bajarilishi kerak:
, m2
bu yerda S - barmoqning ko‘ndalang kesim yuzasi, m2 ; D - barmoqning diametri, m; [σ] - materialning ruxsat etiladigan zo‘riqish, kPa.
Demak (2.20) formuladan:
Do'stlaringiz bilan baham: |