Gruntlarning tabiati


Kam namlangan loyli gruntlar



Download 1,58 Mb.
bet6/20
Sana17.09.2021
Hajmi1,58 Mb.
#176422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Gruntlar geologiyasi xossalari

Kam namlangan loyli gruntlar. Ularga odatda loyqalar, serqatlam loylar, suvga to‘yingan lyoss gruntlari va loyli gruntlarning ayrim boshqa turlari kiradi. Bunday gruntlar tabiiy holatda serg‘ovakligi, suvga to‘yinganligi, uncha mustahkam emasligi va o‘ta shakl o‘zgaruvchanligi bilan tavsiflanadi.

Mikrobiologik jarayonlar mavjud bo‘lgan holda yuzaga kelgan suv havzalarining suvga to‘yingan hozirgi cho‘kindilari loyqalar deb ataladi (dengiz, ko‘rfaz, ko‘l, daryo, botqoq loyqalari). Loyqalar namligi oquvchanlik chegarasidagi namlikdan katta bo‘ladi (w > wL), g‘ovaklik koeffitsiyenti e ≥ 0,9.

Loyqalar o‘z tarkibiga ko‘ra boshqa loyli gruntlardan tabiiy qoldiqlar miqdorining ko‘pligi bilan ajralib turadi. Bu qoldiqlar jinsning tabiiy mustahkamlanish jarayonida asta – sekin chiriydi, kislorod yo‘li to‘siq bo‘lgan holda bu ko‘p yillar davom etadi. Tabiiy qoldiqlar hamda ular va suv bilan ekologik jihatdan yagona tizimga birikkan mikroorganizmlar loyqalarga alohida xossalar baxsh etadi. Boshqa loyli cho‘kindilar kabi, loyqalarda ham loyli va changsimon fraksiyalar ko‘p miqdorda mavjuddir. Ba’zan ularda mayda qumli fraksiya ham mavjud bo‘lishi mumkin. Yirikroq bo‘laklar deyarli mavjud bo‘lmaydi. Har qanday loyqaning asosiy massasini tashkil etuvchi kvars, dala shpatlari va loyli minerallar bilan bir qatorda dengiz, ko‘rfaz loyqalari va ayrim boshqa loyqalarda g‘ovakdagi eritma tarkibida yoki kristall tarzida eruvchan minerallar ham mavjud bo‘ladi. Tabiiy tuzilmalar loyqalarda massaning 2...12% ni tashkil etadi.

Loyqalar suv havzalari tubida, bevosita suv ostida yoki qumli cho‘kindilarning yupqa qatlami ostida yoki torf ostida joylashadi. Loyqaning qalinligi 10 m ga, ba’zan bir necha o‘n metrga yetishi mumkin. So‘nggi holda chuqurlikda loyqalarning zichlashishi va mustahkamlanishi yuz beradi. Ular 30...50 m chuqurlikda asta – sekin oquvchan–yumshoq konsistensiyali normal loyli gruntga o‘tadi. Chuqurlikda loyqa nafaqat zichlanadi, balki unda tabiiy qoldiqlar miqdori ham kamayadi.

Loyqalarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, buzilmagan holatda ularning tarkibiy mustahkamlik darajasi uncha katta bo‘lmaydi. Loyqalarga tarkibiy mustahkamlik darajasidan past bosimlar tushishi faqat grunt skeletining tarang deformatsiyalanishiga sabab bo‘ladi. Tarkibiy mustahkamlik darajasidan ortiq statik zo‘riqishlar va ayniqsa dinamik zo‘riqishlar ta’sirida loyqalar strukturasi oson buziladi. Biroq vaqt o‘tishi bilan loyqalardagi suvli–kolloid bog‘lanishlar tiklanadi va zichlangan loyqa grunt mustahkamlanadi.


Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish