Bo`sh gruntlarni almashtirish jarayonlari Gruntlarni zichlash usullari
Gruntni zichlash deganda, turli mexanik moslamalar yordamida uning mustahkamligini oshirishga qaratilgan tadbirlar tushuniladi. Hozirgi vaqtda bu maqsadda qo’llaniladigan usullarni yuzaki va
chuqur zichlash turlarga bo'lish mumkin. Yuzaki zichlashda bo‘sh gruntlar mustahkamligini oshirish g‘altaksimon moslamalar va gurzilar yordamida amalga oshiriladi.
G'altaklar yordamida zichlash quyidagicha amalga oshiriladi. Dastlab maydon bo’ylab yengil g'altaklar (0,5 - 1,0 tonna), so'ng o'rtacha og‘irlikdagi (5,0 -10 tonna) g'altaklar, oxirida esa og'ir g'altaklar ( 25 ^ 0 tonna) vurgiziladi. Natijada grunt sathini 50-60 sm pasayishi kuzatiladi. Mazkir usul yordamida keng maydonda joylashgan loyli va nam holatdagi qumli gruntlar yaxshi zichlanadi.
Gurzilar yordamida bo‘sh gruntlarni yuzaki zichlash qurilish amaliyotida keng tarqqiy etgan. Temir-beton, yoki metall quyma gurzilar (massasi 1,0 - 3,0 t) maxsus yuk ko'taruvchi moslamalar yordamida 4-5 m balandlikdan bir yerga 6-10 marta urish oqibatida grunt zichlanadi. Ushbu usul to'kma gruntlar, serg'ovak qumlar, loysimon va o'ta cho`kuvchan loy gruntlarni zichlashda yaxshi samara beradi. Gurzi orqali zichlashda yahshi natijaga erishish uchun gruntni me’yoriy namlik hoiatiga keltirish lozim bo’ladi. Me’yoriy namlik deganda gruntning qotish chegarasidagi namligidan 2-3 % ortiq namlik holati tushuniladi, ya’ni:
Ushbu namlik holatidagi grunt zichlashganda, uning sathi 70 sm gacha pasayib, zichlangan qatlam qalinligi 1,8-2,0 m gacha boradi. Gruntning yuk ko'tarish qobiliyati esa 30% gacha ortishi kuzatiladi. Gurzilar yordamida zichlashtirilgan lyossimon gruntlar o ‘zining o‘ta cho‘kuvchanlik qobiliyatini yo'qotadi. Grunt sathining pasayishi doimiy miqdorga yetguncha gurzi urish davom ettiriladi. Doimiy miqdor sifatida qumlar uchun - 0,5 - 1,0 sm, loylar uchun esa - 1,0-2,0 sm belgilangan.
Bo‘sh gruntlarni chuqur zichlash yordamida mustahkamlash bir necha usullar vositasida bajariladi. Qumli yoki gruntli qoziqlar yordamida amalda to'kma gruntlar, bo‘sh holatdagi qumlar, balchiqlar va loylar zichlanadi. So’nggi vaqtda lyossimon gruntlarni ham ushbu usul yordamida zichlash yaxshi natija bermoqda. Mustahkamlashga ajratilgan bo'sh gruntli maydonning belgilangan joylarida ko‘ndalang qirqimi 30 - 50 sm bo'lgan temir quvir qoqiladi, yoki titratib cho‘ktiriladi. Bu jarayonda uning atrofidagi gruntlar siqilib zichlashadi. Qoqib o‘rnatiluvchi quvirlarni grunt bo‘ylab siljishini osonlashtirish maqsadida ularning uchiga maxsus o’tkir moslama kiygiziladi. Belgilangan sathga yetgach, quvirga qum, yoki qum-tosh aralashmasi oz ozdan solinib, shibbalab boriladi. quvir esa shibbalash jarayonida asta sekin sug‘urib olinadi. Quvirni pog‘onalab sug'urib olish jarayonida uning ichidagi qum tiqinining balandligi 1,0-1,20 m dan kam qolmasligi lozim. Titratkich yordamida o'rnatiluvchi quvirning uchiga to‘rt tomonga ochiladigan qanotli maxsus moslama kiygiziladi. Qoziqni chuqurlashish jarayonida moslama yopiq holda, uning uchi esa nayza shaklida bo'iadi. Quvir loyihada belgilangan chuqurlikka yetgach, uning ichi namlangan qum bilan to`ldiriladi. So‘ngra titratgich ishga tushiriladi. Titrash jarayonida quvir uchidagi moslamaning og‘zi ochilib, quvir chuqurni to'ldiradi. Titratgich yordamida qumli qoziqlar o‘rnatishni dastavval proffessor Barkan D. D. (1951 y. ) amaliyotda qo’Ilagan. Qumli qoziqlar uchun tarkibida yirik aralashmadan holi, changsimon va loysimon zarralarning miqdori 3% dan oshmagan qum va shag'allardan foydalanish yahshi natija beradi. Qoziqlar o ‘zaro shaxmat tartibda joylashtiriladi. Ularning soni ko'ndalang yoki uzinasiga uclitadan kam bo'lm asligi kerak. Shuningdek, chetfci qoziqlar joylashgan o 'q poydevor qirrasidan kamida 0,5 m chiqib turishi lozim. Qoziqlar orasidagi masofa quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:
Bunda: = qoziqningdiametri; = gruntning dastlabi zichligi; -zichlangan gruntning zichligi
Do'stlaringiz bilan baham: |