Grigoriy kalendarining umumyevropa kalendari sifatida qabul qilinishi. Grigoriy kalendari dastlab katoliklar hukmronlik qilgan davlatlarda qabul kilindi. Lyuteran va provoslavlar bu kalendarga ancha vaqtgacha qarshilik qiddi. 1852 yil kalendar loyihasi qabul qilinganidan so’ng dastlabki vaqtning o’zida uni Grigorian kalendari nomi bilan Fransiya, Italiya, Ispaniya, Janubiy Nederlandiya, Portugaliyada, Lyuksemburgda XV asrning 80-yillari Polshada, Shvetsariya, Chexiya, Avstriya, Vengriyaning katolik Kanton (viloyat)larida, 1610 yilda Polsha ta‘siri ostida Prussiyada qabul kilindi. Protestant davlatlar Grigorian kalendarini uzoq yillar davomida qabul qilmay keldilar, ammo undagi aniqlik, qulayliklar tufayli keyinchalik ko’pgina davlatlarning tan oldilar. Ular Daniya, Norvegiya, Germaniyada 1700 yilda joriy etildi. Shimoliy Nederlandiya 1707 yil, Angliyada 1752 yilda, Shvetsiya va Finlyandiyada 1753 yil qabul kilindi. Imperator Iosifning dekreti bilan 1776 yilda Germaniyaning so’nggi protestant erlarida ham, 1812 yilda esa Shvetsariyada qabul qilindi.
1873 yildan boshlab Osiyo mamlakatlari ham Grigorian kalendarini qabul kila boshladilar. Dastlab 1873 yilda Yaponiya, 1911 yilda Xitoy Grigorian kalendarini qabul qildi. Diniy farqlar tufayli Bolqonda ushbu kalendarning qabul qilinishi biroz kechiqdi. 1916 yilga kelib Bolgariyada, 1919 yilda Ruminiyada va Serbiyada joriy kilindi. RSFSR sovnarkomining 1918 yil 28 yanvardagi dekreti bilan Rossiyada qabul kilindi. (dekretga muvofiq 1918 yil yil 31 yanvardan so’ng 1 fevral deb emas, balki 1918 yil 14 fevral deb belgilandi). 1924 yildan buyon Grigorian kalendari Yunonistonda, 1927 yildan Turkiyada, 1928 yildan buyon esa Misrda qo’llanilmoqda.1
Bir qator mamlakatlarda kiyinchiliklar bilan bu kalendar qabul qilindi. Tarixda 1584 yilda Rigada Polsha qiroli Stefan Batoriyaning farmoniga qarshi bo’lgan «kalendar tartibsizliklari» bo’lib o’tdi. Latishlar yangi kalendarga qarshi bir necha yil kurashdilar. Kurash 1589 yilda qo’zg’olon rahbarlari Gize va Brinkenlar osib o’ldirilgandan
keyingina to’xtadi. Grigoriy kalendari Angliyada 1751 yilda qabul kilindi. Ular yilning boshini 25 martdan 1 yanvarga ko’chirdilar va o’sha yili Angliyada bir yil 282 kunni tashkil etdi. Angliyada kalendar islohotini o’tkazishda tashabbuskor bo’lgan lord Chesterfildga qarata xalq «bizning uch oyimizni qaytar» shiori ostida namoyishlar o’tkazgan edi.
XX asrda abadiy kalendar yaratish tarafdorlari bugungi kunda dunyo kalendari hisoblangan Grigoriy kalendarining bir qator kamchiliklari mavjudligini ta'kidlashadi. Bular:
Bu kalendarda oylarning uzunligi bir xil emas. ular 28 bilan 31 sutka orasida o'zgarib turadi.
Kunlari har xil songa ega bo'lgan oylar tartibsiz joylashgan: ular goh navbat bilan keladi (mart - 31, aprel - 30, may - 31, iyun - 30, iyul -31, avgust -31, sentabr - 30, oktabr - 31, noyabr - 30, dekabr - 31), goh 31 kunlik ikkita oy (iyul - avgust, dekabr - yanvar) birin-ketin keladi.
Yilning birinchi yarmi ikkinchi yarmidan hamma vaqt qisqa (kabisa yilida 2 sutka, oddiy yilda 3 sutka).
Haftalarning kunlari ma'lum oyning bir sanasiga doimiy bog'liq emas. Chunki yetti kunlik hafta oy va yil bilan mos tushmaydi. Masalan, 2002-yil seshanbadan boshlangan bo'lsa, 2003-yil chorshanbadan boshlangan. Oylar ham turli kunlardan boshlanadi. Masalan, 2005-yilning birinchi oyi shanbadan, ikkinchi oyi seshanbadan, uchinchi oyi seshanba, to'rtinchi oyi esa jumadan boshlangan.
Haftalarning almashinishi oy davomiyligi bilan bog'liq emas. Shuning uchun ko'p vaqt haftaning bir qismi bir oy ichida, ikkinchi qismi ikkinchi boshqa oyda bo'ladi va bir sana qaysi kunga to'g'ri kelishini oldindan darrov (hisoblamasdan) aytish mumkin emas.
Bu kamchiliklardan tashqari, Grigoriy kalendarida yil boshi hech qanday astronomik hodisa yoki boshqa biror tabiiy hodisa bilan bog'liq emas. Yildan yilga o'zgarmaydigan doimiy, abadiy kalendarlar qo'llanilsa, yuqorida sanab o'tilgan kamchiliklarga duch kelmagan bo'lar edik. Keyingi bir yarim asr davomida bu masalani hal qilish, «abadiy kalendar» kiritish uchun butun dunyoda har xil loyihalar taklif etildi.
1834-yilda italiyalik M. Mastrofini taklif qilgan kalendar loyihasida bir yil 364 sutka, ya'ni 52 hafta bo'lib, bu yil 13 oy, har oy 28 sutkadan, ya'ni 4 haftadan iborat edi. Kalendar yilini tropik yilga moslash uchun 365 kunni dekabrning oxiriga joylashtirilib, uning haftalik nomi va sanasi yo'q edi. Kabisa yillarida esa xuddi shunday kunni iyun oyining oxirgi kuni bilan iyulning birinchi kuni o'rtasiga joylashtiriladi. M. Mastrofini loyihasi bo'yicha kalendar va yil o'zgarmas, doimiy bo‘lar edi.1
XVIII asrning 80-yillarida fransuz astronomi M.G. Armelin o'z loyihasini taklif qiladi. M. Armelin kalendari 1888-yilda fransuz astronomiya jamiyatining birinchi darajali mukofoti bilan taqdirlanadi. Bu loyihada yil 12 oydan, har kvartal 91 kun, ya'ni 13 haftadan iborat edi, har bir kvartal doim haftaning aniq bir xil kunidan boshlanar edi. Bundan 365 va kabisa yillarida 366 kun Mastrofini loyihasidagidek kiritiladi. Ammo bu ikkala loyiha ham qabul qilinmadi. XX asrning birinchi yillaridanoq kalendarni isloh qilish maqsadida loyihalar taklif qilindi.
XX asrda olimlar abadiy kalendarlarni tuzishga kirishadi. Astronom va matematik olimlar D. Eri, K. Gauss, X. Seller, V. Yakobstal, R. Arragolar mazkur muammo yuzasidan ish olib boradi. XX asrning 40-yillarida Moskvada abadiy kalendarni tuzish yuzasidan bir necha loyihalar tuziladi. Shunga ko'ra 1929-yilda besh kunlik haftaga, 1931-yilda 6 kunlik haftaga o'tiladi. 1940-yilda esa yana yetti kunlik hafta qabul qilinadi (dushanba va seshanba yana joriy qilinadi).
Kalendar masalasi 1956-yilning may oyida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va Ijtimoiy kengashining 21-sessiyasida yana muhokama qilindi, ammo bu masala yana hal etilmadi.
Shuni aytib o'tish kerakki, taklif qilinayotgan loyihalar kalendarning ichki tuzilishiga o'zgartirish kiritmaydi. Ularda faqat yilning bir xil kvartal va oylarga bo'linishi va hafta kunlariga moslashishnigina o'z ichiga oladi. Bu loyihalarni tuzilishi bo'yicha ikkita guruhga bo'lish mumkin: 1) 13 oylik kalendar loyihalari; 2) 12 oylik kalendar loyihalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |