Green and White Modern Financial Services Mobile-First Presentation



Download 10,08 Mb.
Sana16.01.2022
Hajmi10,08 Mb.
#378845
Bog'liq
89118FE8-1D00-473B-A520-ADD0DC547A08


TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI

‘’Buxgalteriya hisobi’’kafedrasi

MUSTAQIL ISH

MAVZU:MOLIYA FUNKSIYALARI

Topshirdi:BXT-1 guruh talabasi Abdusamadova Mushtariy Tekshirdi:Kushakova Ma’mura







Reja


1.Moliya funksiyalari

2.M oliyaning taqsimlash funksiyasi

3.M oliyaning nazor at funksiya si

Moliyaning funksiyalari.

Moliyaning mohiyati uning iqtisodiy kategoriya sifatidagi funksiyalarida namoyon bo‘ladi. Turli davr

va turli maktab iqtisodchilari moliyaning funksiyalarini yoritish-

ga turlicha yondashadi lar. Turli davrda va turli iqtisodiy mak-

tab vakillari tomonidan yaratilgan darslik va ilmiy adabiyotlar-

da moliya bajaradigan funksiyalarning turlicha talqini keltiriladi.

Ko‘pchilik iqtisodchi-olimlar o‘rtasida moliyaning funksiyalari

haqidagi muno zaralar hali-hanuz davom etmoqda, ushbu mavzu

moliya yo‘na lishida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning diqqat

marka zida bo‘lib kelmoqda. Moliyaning amalda namoyon bo‘lish

shakllarini o‘rgangan hamda ko‘pchilik iqtisodchi-olimlarning

fikriga qo‘shilgan holda moliya qu yidagi asosiy funksiyalarni ba-



jaradi, deyishga asos bor:

  1. Taqsimlash.

  2. Nazorat.

Moliyaning taqsimlash funksiyasi

Taqsimlash funksiyasi moliyaning bosh va asosiy funksiyasidir. Moliya yordamida amalga oshiriladigan taqsimlash jarayoni murakkab va ko‘p qirrali jarayondir. Moliya YAIMni taqsimlashning turli bosqichlariga xizmat qilib, uning birlamchi taqsimla- nishida va qayta taqsimlanishida ishtirok etadi. Avvalo, moliyataqsimlash funksiyasi milliy daromadning birlamchi taqsim- lanishida namoyon bo‘ladi, bunda milliy daromadning qiymati moddiy xarajatlar qiymati, ish haqi, foyda kabi tarkibiy qismlarga ajraladi. Bu taqsimot birlamchi taqsimot deb ataladi. Biroq, birlamchi taqsimotda shakllangan daromadlar milliy

xo‘jalikning

ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, mamlakat mudofaa qudratini ta’minlash, aholining moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun ijtimoiy pul fondlarining shakllanishini

ta’minlay olmaydi.

Buning uchun milliy daromad qiymatini qayta taqsimlash zarur bo‘ladi, bu zaruriyat quyidagilar bilan bog‘liq:

  • xo‘jalik yurituvchi subyektlar daromadlari va jamg‘armalaridan

samarali va oqilona foydalanish maqsadida mablag‘larni tarmoq-

lararo va hududlararo qayta taqsimlash zarurligi;

  • ishlab chiqarish sohasi bilan bir qatorda, noishlab chiqa rish

sohasining (maorif, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy




Xo‘jalik subyektlari va davlatning

ixtiyorida shakllanadigan, kengaytirilgan takror

ishlab

chiqarish, xodimlarni iqtisodiy rag‘batlantirish,

jamiyatning ijtimoiy va boshqa ehtiyojlarini

qondirish maqsadidagi pul daromadlari

va

jamg‘armalarini tuzish va ishlatish



jarayonida

vujudga keladigan iqtisodiy pul munosabatlari yig‘indisi

YAIM qiymatini taqsimlash va qayta

taqsimlash

jarayonida kengaytirilgan takror ishlab

chiqarish

ehtiyojlarini qondirish hamda davlatning funksiyalarini bajarish maqsadida

markazlashgan

va markazlashmagan pul fondlarini shakllantirish,



taqsimlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq iqtisodiy pul munosabatlari

yig‘indisi moliya ta’minot, boshqaruv va h.k.) mavjudligi va uning faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash zarurligi;

– aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni



qay ta taqsimlashning zarurligi.

Moliya yordamida amalga oshiriladigan YAIM va milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashning pirovard maqsadi ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish, iqtisodiyotning bozor tarkibiy shakl lantirish, davlatning o‘z funksiyalarini to‘laqonli uchun moddiy va moliyaviy asosni yaratish va mustahkamlash, aholi keng qatlamlarining yashash va ishlash sharoitlarining yuqori sifatli bo‘lishini ta’minlashdan iborat.

Umuman, moliyaning taqsimlash funksiyasi:

– xo‘jalik subyektlari, aholi, davlat va mahalliy o‘z-



o‘zini

bosh qarish organlari darajasida maqsadli pul mablag‘lari fondlarini shakl lantirishga;

– xo‘jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo,



hududlar aro,

shuningdek, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari, aho-

li ijtimoiy guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlashni amalga oshirishga;



– xo‘jalik subyektlari va davlat darajasida zaxiralar

yaratishga,

fuqarolar tomonidan jamg‘arishni amalga oshirishga imkoniyat va

shart-sharoit yaratib beradi.

Moliyaning nazorat funksiyasi

Moliyaning nazorat funksiyasi YAIMning tegishli tartibda taqsimlanishi va taqsimlangan mablag‘larning maqsadga

muvofiq sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish orqali namoyon bo‘ladi. Shu ma’noda, moliyaning taqsimlash va nazorat funk-

siyalari yagona iqtisodiy jarayonning ikki tomonidir, ya’ni moliya taqsimlash funksiyasini bajarayotganda uning nazorat funksiyasi ham ishga tu shadi. Moliyaning har ikkala funksiyasining bir vaqtda amal qilishi uning mohiyatini yanada

to‘laroq ochib beradi.

Chunki moliya taqsimlash jarayonlaridagi qiymat proporsiyalarini miqdor jihatdan aks ettira olish xususiyatiga ega.

Moliyaning nazorat funksiyasining asosini moliyaviy resurslarning harakati tashkil qiladi. Moliya takror ishlab chiqarish jarayonlarining barcha soha va bosqichlarida amal qilar ekan, jamiyat tomonidan YAIMni ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilish ustidan nazorat qilishning universal quroli bo‘lib xizmat qiladi.

Moliyaning nazorat funksiyasi orqali:

  • markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarining to‘g‘ri va o‘z vaqtida shakllanishi nazorat qilinadi;

  • turli maqsadlarga mo‘ljallangan pul fondlaridan samarali va oqilona foydalanish ustidan nazorat qilinadi;

– davlat budjetiga, davlatning boshqa maqsadli fondlariga ajratmalar va tushumlarning to‘liq va o‘z vaqtida tushishi

nazorat qilinadi;

– xo‘jalik subyektlari moliyaviy resurslarining shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishi nazorat qilinadi va hokazo.





Moliyaning nazorat funksiyasini amalga oshirish quroli moliya-

viy axborotdir. U moliyaviy ko‘rsatkichlarda o‘z aksini topadi.

M oliyaviy ko‘rsatk ichlar esa buxgalter iya, statistik a va oper ativ hi sobotlar da ak s ettir iladi. M oliyaviy ko‘rsatk ichlar ga asoslangan moliyaviy axbor ot to‘g‘r i va haqqoniy bo‘lgandagina tak ror ish- lab chiqar ish jar a yonlar ini o‘z gar tirish, sifat jihatdan yaxshilash- ga

qar atilgan asoslangan qar orlar qa bul qilish mumkin. Bu ning uchun xo‘jalik yuri tishning bar cha sohalar ida va bosqichlar i-

da moliyaviy intizomga amal qilish kerak. Moliyaviy intizom bu



moliyaviy xo‘jalik yuritishning belgilangan me’yor lar va qoida- lar iga r ioya qilishning, hamk orlar , moliya-k r edit tizimi va dav- lat oldidagi moliyaviy majbur iyatlar ni bajar ishning bar cha kor-

xonalar , tashk ilotlar , firmalar va alohida mas’ul shaxslar uchun majbur iy tar tibidir.

M oliyaning nazor at funksiyasining amalda namoyon bo‘lish shak li moliyaviy nazor atdir . N azor at funksiyasi moliyaviy nazor at

or gan lar i ning ser qirra faoliyati orqali namoyon bo‘ladi.





Xulosa


Moliya iqtisodiyot doirasida oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir qator vazifalarni bajaradi.

-Moliya iqtisodiy jarayon va tadbirlarni moliyaviy taʼminlash, ularga xizmat koʻrsatish vazifasini bajaradi.

-Moliyaning taqsimlovchi vazifasi moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan yalpi milliy mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromadni tashkil qiluvchi qismini davlat va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, iqtisodiyot tarmoqlari, moddiy ishlab chiqarish sohalari, mamlakat hududlari oʻrtasida taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon boʻladi.

-Moliyaning ragʻbatlantiruvchilik vazifasi, birinchidan, yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash jarayoni orqali, ikkinchidan, pul fondlarini tashkil qilish va sarflash mexanizmi orqali amalga oshiriladi.

-Moliyadan ishlab chiqarish, taqsimlash va isteʼmol ustidan nazorat qilish vositasi sifatida foydalaniladi. Moliyaviy nazorat korxona (firma)larning moliya intizomiga rioya qilish uchun moddiy javobgar boʻlish tizimi, turli soliqlar undirib olish va mablagʻ bilan taʼminlash tizimi orqali amalga oshiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar



B.I.Nurmuxamedova, N.V. Kabirova MOLIYA Toshkent

«Iqtisod-Moliya»

2014
Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish