Guruhlash va guruhlarga ajratish
Guruhlash- bu bir nechta ob'ektlarni bitta ob'ekt holatiga keltirib, bir-biriga bog`lashdir. Biron -bir kompozitsiya ustida ishlash tugallanganidan so`ng bu komandadan foydalanib, yaxlit ob'ekt yaratiladi, chunki bu kompozitsiyada bir qancha ob'ektlar mavjud bo`lib, ularni bir-biriga bog`lash zaruriyati paydo bo`ladi. Guruhlangan ob'ektni bemalol surish va boshqa effektlarni qo`llash mumkin.Aks holda harbir ob'ekt uchun ma'lum vaqt ajratilib, ko`p vaqtni olardi.
Ob'ektlarni guruhlash uchun barcha ob'ektlar bitta qilib belgilanadi va atributlar panelidagi Group (guruhlash) tugmasi bosiladi. Ob'ektni guruhlarga ajratganda esa Ungroup (guruhlarga ajratish) komandasi yoki CTRL+U klavishidan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |