Yo`naltiruvchi chiziqlar
Yo`naltiruvchi chiziqlar ko`p tomondan koordinatalar to`riga o`xshab ketadi. Ularni hujjat oynasining hohlagan tomonida ya'ni gorizontal, vertikal va hatto diagonal holatda ham joylashtirish mumkin. Ulardan xuddi koordinatalar to`ri chiziqlari kabi foydalanish mumkin, lekin yo`naltiruvchi chiziqlarni hujjatning hohlagan tomonida joylashtirish mumkin.
Yo`naltiruvchi chiziqni yaratish uchun hohlagan lineykaning ustiga borib sichqonchatugmasini bosamiz va kursorni hujjat oynasi tomon tortamiz. Kursor bilan birga lineykaga parallel ravishda punktir chiziq ham tortiladi. Sichqonchachaning tugmasini qo`yib yuborganimizdan so`ng yo`naltiruvchi chiziq ekranda joylashadi. Yo`naltiruvchi chiziqni olib tashlash uchun uni usti bosib DEL klavishini bosamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |