14.O’rin ravishlari ishtirok etgan qotorni
toping .
A) eskicha, jim, yayov
B)
hozircha, endi, so’ngra
C) ichkari, oldinda, orqada
D) qittay, jinday, ozgina
15.Miqdor-daraja ravishlari berilgan qatorni
aniqlang .
A) ataylab, jo’rttaga, qasddan
B)
qatorasiga, yonlamasiga, tikkasiga
C) hamon, hanuz, hamisha
D) ancha, ko’p, xiyol
16.Maqsad-sabab ravishlari qatnashgan gapni
aniqlang .
A) Otamizning vafot etganiga ancha yil o’tib
ketdi .
B) Bayramga taraddud hozirdanoq qizib ketdi .
C) Bular piyoda asta-sekin bordilar .
D) U noilojlikdan birinchi qatorga borib o’tirdi.
17.Maqsad-sabab ravishlari berilgan qatorni
belgilang.
A) jo’rttaga, qasddan, atayin
B)
kechalari, avvallari
C) qo’qqisidan, birdan
D) so’ngra, keyin, avvaldan
18.Ravish gapda asosan qanday gap bo’lagi
vazifasida keladi?
A) ega B) kesim C) hol D) aniqlovchi
19.Qaysi qatorda qo’shma ravish ishtirok
etgan?
A) Bog’imizda chiroyli gulkaramlar pishib
yetildi.
B) Suvonqul nabirasiga qimmatbaho uzuk
hadya qildi.
C) Men bir ming to’qqiz yuz yetmish
sakkizinchi yilda tug’ilganman.
D) Qay vaqt uyga kirmang, kitob ustida
o’tirgan bo’ladi.
20.Ma’nodosh ravishlar berilgan qatorni
aniqlang .
A) yakka, yagona, batamom
B) jindek, jichcha, ozgina
B) sal, picha, ko’p
D) olg’a, oldinda, o’rtada
21.Ravish yasovchi qo’shimchalarni aniqlang .
A) -chi, -kor, -kash B) -larcha, -kir, -ib
C) -ona, -aki, -zor D) -cha, -lab, -an
22.Ravish gapda kesim vazifasini bajarib
kelgan qatorni aniqlang.
A) CHo’llarda minglab yoshlar mardona
ishladilar .
B)
Mendan ketgunsa, egasiga yetgunsa .
C) Dangasaning bahonasi ham, befayda gapi
ham ko’p .
D) Uning yuzida bolalarcha samimiy kulgi
paydo bo’ldi .
23.Qaysi gapda qiyosiy darajadagi ravish
ishtirok etgan?
A) U dalada ishlab, juda-juda charchadi .
B) Munira Akramning kelayotganini ko’rib,
qadamini tezlatdi .
C) Majlisga Karimning otasi oldinroq keldi .
D) Bu yil O’zbekiston mexanizatorlari juda
ko’p paxta terdilar.
24.Qaysi qatorda payt ravishlari berilmagan?
A) yaqinda, kunda, chetda
B) yozda, qishda, bahorda
C) tez orada, bu orada
D) avval, ertaga, ilgari
25.Qaysi qatorda maqsad-sabab ravishi
berilmagan?
A) qasdma-qasdiga B) chorasizlikdan
C) azza –bazza
D) barcha qatorda maqsad-sabab ravishi
berilgan.
26. Ravish otlashib to’ldiruvchi bo’lib kelgan
gapni toping .
A) Ko’pchilik ozchilikni yengadi, albatta .
B) Ko’pi ketib, ozi qoldi .
C) CHorasizning ishi dushvor bo’lgusi .
D) Ko’pdan quyon qochib qutulmas .
27.U bizni qo’yarda-qo’ymay ayvoniga
boshladi. Ushbu gapda ravishning qaysi turi
qo’llangan?
A) payt ravishi B) o’rin ravishi
C) holat ravishi D) ravish qo’llanmagan
28.Urg’u yordamida ravishga aylanishi
mumkin bo’lgan so’zlarni toping .
A) kecha, kunduz, oqshom
B) hozir, yangi, yigitcha
C) bir talay, berida, o’ngda
D) doima, avval, quyida
29. 1.Ajdodlar yodi hamisha qalbimizda.
2. Jo’raboev ham jimgina o’tirib, hammaga
quloq solardi. 3.U naridan beri, yuvindi-yu,
ishga ketdi. 4.Normatjon dastlab tog’asini
ko’rgani bordi. Yuqoridagi gaplarda
ishtirok etgan ravishlarning ma’no turini
tartibi bilan aniqlang.
A) payt, miqdor-daraja, holat, payt
B) payt, holat, holat, payt
C) miqdor-daraja, holat, payt, payt
D) miqdor-daraja, miqdor-daraja, holat, payt
30.Juft ravishlar qanday yasaladi ?
A) bir-biriga yaqin ma’noli so’zlardan
B) zid ma’noli so’zlardan
C) shakldosh, ma’nodlosh va zid ma’noli
so’zlardan D) A va B
31.Qaysi qo’shma ravishlar ajratib yoziladi ?
1.qay // payt 2.bir // pas 3.bira // to’la
4.bir // zum 5.bir // talay
A) 1, 5 B) 1, 4, 5 C) 1.2, 3, 4, 5 D) 2, 5
32.Ravishdan qaysi so’z turkumlari
yasalganini tartib bilan belgilang .
1.tezlik 2.ko’pay 3.kechagi 4.anchagacha
A) fe’l, ot sifat, ravish
B) sifat, ot, fe’l, ot
C) sifat, fe’l, sifat, ravish
D) ot, fe’l, sifat, ravish
33.Holat ravishi qatnashgan gapni toping.
A) U aravani Akmal minganini ko’rib xiyla
yengil tortdi .
B) Bo’ying sal cho’zilsin, bironta duradgor
usta topilsa, shogirdlikka topshiramiz.
C) Oldiga dasturxon yozibdi, kechqurun palov
qilib olib chiqibdi .
D) Buxoroga omon-eson yetib borganlaridan
so’ng, uning tarixini
yaxshilab qog’ozga chizajagini aytdi.
34.Qaysi qatorda otlashgan ravish to’ldiruvchi
vazifasini bajarmoqda ?
A) Ko’pchilikni u tanir ekan .
B)
CHaqqon-chaqqon qimirlasang
bo’lmaydimi ?
C) Ko’pdan quyon qochib qutulmas .
D) U bu yumushlarni bafurja bajardi .
35.Holat ravishini belgilang .
A) xiyol B) endi C) zo’rg’a
D) holat ravishi berilmagan
Do'stlaringiz bilan baham: