92. Bir turdagi yaqin predmetlar juft so’z
bo’lib kelgan qatorni belgilang.
A) oltin-kumush, qosh-qovoq, qovun-tarvuz
B) kuch-quvvat, asta-sekin, keksa-qari
C) oy-kun, vaqt-soat, tog’-tosh
D) kecha-kunduz, yaxshi-yomon, katta-kichik
93. Qaysi so’zlar yasama hisoblanmaydi?
1. chayqa 2. dardchil 3. tepkila 4. bura
5. uycha 6. bolala
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 B) 1, 3, 4, 5
C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 4, 5
94. So’zlarni takrorlash yordamida yasalgan
so’zlarni belgilang.
A) yaxshi-yaxshi, qator-qator
B) bora-bora, ishlay-ishlay
C) es-es, keldi-keldi
D) ichib-ichib, to’yib-to’yib
95. Quyidagi qaysi so’zlar to’rtta morfemadan
iborat?
1. faxrlanmoq 2. ishlanmoq 3. quvalamoq
4.shodlanmoq 5.suhbatlashmoq 6. sudralmoq
A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 3, 6 C) 2, 3 D) 3, 6
96. Qaysi qo’shimcha faqat shakl yasovchi
qo’shimcha sifatidagina ishlatiladi?
A) –in B) –cha C) –roq D) –ma
97. Qaysi qo’shimcha faqat tuslovchi
qo’shimcha sifatidagina qo’llanadi?
A) –siz B) –m C) –k
D) barcha javob noto’g’ri
98. Qaysi qo’shimcha faqat so’z yasovchi
qo’shimcha sifatidagina qo’llanadi?
A) –ir B) –chan C) –y D) –sh
99. Qaysi so’zlar gapda juftlashib kela
olmaydi?
1. ot 2. sifat 3. son 4. ko’makchi 5. olmosh
6. fe’l 7. ravish 8. bog’lovchi 9.yuklama
10. modal so’z 11. undov so’z 12. taqlid so’z
A) 4, 7, 8, 9, 12 B) 3, 5, 9.10 C) 4, 8, 9, 10
D) barchasi juftlashib kela oladi.
100. Qaratqich kelishigi bilan qo’llanadigan
ko’makchilarni toping
.
A) orqali, bo’ylab, yo’sinda
B) ortida, ostida, kabi
C) qarata, qadar, muvofiq
D) bo’lak, narida, boshlab
101. Muhtaram o’rnidan turib, o’g’li
yashayotgan xonadagi chiroq piligini
pasaytirdi. Ushbu gapdagi nechta yasama
so’zda fonetik hodisa yuz bergan?
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
102. –cha qo’shimchasi erkalash, suyish
ma’nosida kelgan gapni aniqlang.
A) Jajji karavotcha olib keldi.
B) So’ylagil, ey kelinchak, buncha chopasan,
nega?
C) Baxtingdan o’rgilay, do’ndiqchalar, tuf-
tuf, ko’z tegmasin.
D) Salqinga ko’rpacha solib o’tirdik.
103. Quyidagi so’zlarning qaysi birida
ikkitadan so’z yasovchi qo’shimcha mavjud?
1. ilmsizlik 2. sanoqsiz 3. bee’tibor
4. tupirmoq 5. toraytirmoq 6. chidamli
7. uyatchan
A) 1, 2, 6 B) 1, 5, 6.7 C) 2, 4, 5 D) 1,
6
104. Qaysi so’zdagi –cha qo’shimchasi o’rniga
–dek yoki singari ko’makchilarini qo’llash
mumkin emas?
A) Qani do’stim, bir erkakcha gaplashaylik.
B) Biz shu maydoncha joyga uy qurdik.
C) Sen shu bolacha ham emasmisan?
D) Haligi qizcha bir gapirib, o’n kulardi.
105. Quyidagi so’zlarning qaysilarida so’z
yasovchi qo’shimcha mavjud?
1.so’lim 2. qo’lim 3. bo’lim 4. kesim 5. elim
6. bo’rim 7. bosim 8. bitim 9.tunim
A) 2, 3, 8, 9 B) 3, 4, 7, 8
C) 3, 7, 8 D) 3, 4, 5, 7.9
106.Sportchilar har doim chidamli va
matonatli bo’lishlari, chaqqonlikni o’zlariga
shior qilib olishlari lozim.
Ushbu gapda nechta so’z yasovchi qo’shimcha
mavjud?
A) 4 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 3 ta
107.Bizning rangli televizor ishlatilaverib
ancha eskirdi.
Ushbu gapda nechta yasama so’z mavjud?
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta
D) yasama so’z berilmagan
108.Kechasi bilan tinimsiz yoqqan yomg’ir
ko’p joylarni ivitib, loygarchilikka sabab
bo’lgan edi.
Ushbu gapda nechta so’z yasovchi, nechta
sintaktik shakl yasovchi, nechta lug’aviy shakl
yasovchi qo’shimchalar bor?
A) 2 ta so’z yasovchi, 3 ta sintaktik shakl
yasovchi, 4 ta lug’aviy shakl yasovchi
B) 3 ta so’z yasovchi, 2 ta sintaktik shakl
yasovchi, 4 ta lug’aviy shakl yasovchi
C) 3 ta so’z yasovchi, 2 ta sintaktik shakl
yasovchi, 5 ta lug’aviy shakl yasovchi
D) 2 ta so’z yasovchi, 2 ta sintaktik shakl
yasovchi, 5 ta lug’aviy shakl yasovchi
109.Quyidagi affikslardan qaysi biri ham so’z
yasovchi, ham shakl yasovchi qo’shimcha
bo’lib kelishi mumkin?
1. -a 2. -cha 3.-lar 4.-sa 5.-gan 6.-in 7.-xon
A) 1, 2, 4 B) 1, 3, 5, 6,
C) 1, 2, 4, 7 D) 1, 2, 4, 6, 7
110.Asos+so’z yasovchi+lug’aviy shakl
yasovchi+sintaktik shakl yasovchi qolipli so’zni
aniqlang.
A) mevazorimizga B) do’kondorlarni
C) beoqibatlilik D) daryolarimizga
111.Barakali bu kunlarda butun O’zbekiston
bo’ylab paxta yig’im - terimi tezlab ketdi.
Ushbu gapda nechta so’z yasovchi qo’shimcha
bor?
A) 5 ta
B) 4 ta C) 3 ta
D) 6 ta
112.Qaysi undosh tovushlar so’z yasovchi
qo’shimcha sifatida qo’llanmaydi?
A) -ch, -m, -t, B) -r, -k, -v C) -b, -g, -p
D) barchasi so’z yasovchi qo’shimcha sifatida
qo’llanadi
113.-ki va gi qo’shimchalari qo’shilishi lozim
bo’lgan so’zlarni belgilang.
1.oldin... 2.chilla... 3.past... 4.yoz... 5.kech...
6.ost... 7.tong...
A) 1-, 5-, 6- raqamli so’zlarga gi, 2-, 3-, 4-, 7-
raqamli so’zlarga ki
B) 1-, 4-, 7- raqamli so’zlarga gi, 2-, 3-, 5-, 6-
raqamli so’zlarga ki
C) 2-, 5-, 6- raqamli so’zlarga gi, 1-, 3-, 4-, 7-
raqamli so’zlarga ki
D) 1-, 4-, 6-raqamli so’zlarga gi, 2-, 3-, 5-, 7-
raqamli so’zlarga ki
114.m qo’shimchasi bilan yasalgan so’zni
toping
.
A) biram B) karam C) qaram D) alam
115.Qachon uning qorasini ko’rsa, qachon
ovozini to’satdan eshitsa, yigit qaltiraydi,
rangi oqaradi. Yuqoridagi gapda hammasi
bo’lib nechta qo’shimcha bor?
A) 11 ta B) 12 ta C) 13 ta D) 14 ta
116.Fe’ldan anglashilgan ish-harakat va
holatning so’zlovchi, tinglovchi yoki o’zgaga
tegishli ekanligini bildiruvchi qo’shimchalar...
A) egalik qo’shimchalari
B) kelishik qo’shimchalari
C) shaxs-son qo’shimchalari
D) zamon qo’shimchalari
117.Qaysi qo’shimchalar uch xil aytiladi va
shunday yoziladi?
1.faqat jo’nalish kelishigi qo’shimchasi
2. -gacha, -gin, -gina qo’shimchalari
3.-gach, -guncha, -gani, -gundek
qo’shimchalari 4. -gan qo’shimchasi
5.o’rin - payt kelishigi qo’shimchasi.
A) 1 B) 1, 3, 4 C) 1, 2, 3, 5 D) 1, 2, 3,
4
118.Qaysi so’zlarga egalik qo’shimchasi
qo’shilganda fonetik o’zgarish yuz bermaydi?
1.ishtirok 2. chelak 3.nok 4.ocherk 5.yuk
6.chaqmoq 7.erk
A) 3, 4, 5, 7 B) 1, 2, 3, 7
C) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 D) 1, 3, 4, 5, 7
119.Buningiz hali ko’p qiliqlar ko’rsatadi,
shekilli.
Buningiz ko’rsatish olmoshiga qanday
qo’shimchalar qo’shilgan?
A) tushum kelishigi
B) egalik qo’shimchasi C) A, B
D) qo’shimchalar yaxlitlanib qolgan
120.-la fe’l yasovchi qo’shimchasi qaysi
so’zlarga qo’shilishi mumkin?
A) ravish, sifat, son, olmoshga
B) undov so’z va taqlid so’zga
C) faqat otga
D) yuqoridagilarning barchasiga qo’shiladi
121.Nuri giloslar ostiga qo’yilgan panjaralari
ko’k bo’yoq bilan sirlangan katta yog’och
karavotga qalin ko’rpacha yoyib, yostiqqa
yonboshlab o’tirar edi.
Ushbu gapda nechta sodda yasama so’z
mavjud?
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta
Do'stlaringiz bilan baham: |