84. Sinonimik ma’no qanday usullar bilan
ifodalanadi?
A) leksik va morfologik
B) leksik va fonetik
C) leksik va orfografik
D) leksik va grammatik
85. Qaysi kelishik qo’shimchalari gap tarkibida
bir-biri bilan sinonim sifatida almashib
qo’llanishi mumkin?
1. jo’nalish kelishigi chiqish kelishigi bilan
2. qaratqich kelishigi tushum kelishigi bilan
3. o’rin-payt kelishigi tushum kelishigi bilan
4. chiqish kelishigi tushum kelishigi bilan
A) 1, 4 B) 1, 3 C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 3, 4
86. Gulshanda gullarni tebratar sabo,
Adashgan yo’lchiday daydib yurar yel.
Ushbu she’rda qanday sinonimlar mavjud?
A) leksik sinonim B) morfologik sinonim
C) sintaktik sinonim
D) sinonimlar mavjud emas
87. Qaysi yasovchi qo’shimchalar o’zaro
(morfologik) sinonim bo’lishi mumkin?
A) –siz -- -li B) –shunos -- -dor
C) –kor - - chi D) –choq -- -chak
88. Qaysi gapda kelishik qo’shimchalari xato
qo’llangan?
A) Jamila va G’ofirlarda yaxshi his-tuyg’ular
uyg’onadi.
B) Solihboyday salbiy obrazlardan
nafratlanamiz.
C) Dostonni o’qir ekanmiz, Farhodning aqlli,
idrokli, mehnatsevarligi ko’z o’ngimizda
yaqqol gavdalanadi.
D) U shag’al uyumlaridan oshib, to’g’ri
Jumanga tomon tez yurib ketdi.
89. Tong bilan safarga jo’naymiz. Ushbu
gapdagi ko’makchi o’rniga qaysi kelishik
qo’shimchasini qo’yish mumkin?
A) –ga B) –da C) –dan D) –ni
90. Qani bolalar, yozamiz. Ushbu gapdagi
shaxs-son qo’shimchalari sinonimiyasi haqida
bildirilgan qaysi fikr to’g’ri?
A) I shaxs birlik II shaxs birlikka sinonim
bo’lyapti
B) II shaxs ko’plik I shaxs ko’plikka sinonim
bo’lyapti
C) II shaxs birlik III shaxs birlikka sinonim
bo’lyapti
D) I shaxs birlik III shaxs birlikka sinonim
bo’lyapti.
91.U kishi bundan 40 yil burun Mallaboy aka
haqida ocherk yozib, uning shaxmat usulini
tasvirlagan ekanlar.
Ushbu gapdagi shaxs-son qo’shimchalari
sinonimiyasi haqida bildirilgan qaysi fikr
to’g’ri
A) I shaxs birlik III shaxs birlikka sinonim
bo’lyapti
B) II shaxs birlik III shaxs birlikka sinonim
bo’lyapti
C) II shaxs ko’plik I shaxs ko’plikka sinonim
bo’lyapti
D) III shaxs birlik III shaxs ko’plikka sinonim
bo’lyapti
92. Mana bir oydirki, Tursunoy dalada tunab,
astoydil ishlayapti.
Ushbu gapdagi zamon qo’shimchalari
haqida aytilgan qaysi hukm to’g’ri?
A) hozirgi-kelasi zamon fe’li o’tgan zamonni
ifodalayapti
B) o’tgan zamon fe’l shakli hozirgi zamonni
ifodalayapti
C) hozirgi zamon fe’li o’tgan zamon ma’nosida
qo’llanayapti
D) o’tgan zamon shakli kelasi zamonga
sinonim bo’lyapti
93. Qaysi gapda I shaxs birlik III shaxs
birlikka sinonim bo’lyapti?
A) Bu orada kamina ham uzr so’raydi.
B) U ta’zim qildi: “Safo keldilar, kelsinlar!” –
dedi Gulshanga.
C) Ha, o’zlari? Keldilarmi?
D) Qani bolalar, yozamiz.
94. Yaxshi o’qiyman – yaxshi o’qimasam
bo’lmaydi – yaxshi o’qishga to’g’ri keladi.
Har uchala gap bir-biriga nisbatan qanday
sinonimiya hisoblanadi?
A) morfologik sinonimiya
B) sintaktik sinonimiya
C) leksik sinonimiya
D) gap bo’laklari sinonimiyasi
95. Yurishni oq donalar boshlab beradi.—
Yurish oq donalardan boshlanadi. Har
ikkala gapda o’zaro qanday sinonimiya
mavjud?
A) shaxs-son qo’shimchalari sinonimiyasi
B) zamon qo’shimchalari sinonimiyasi
C) gap bo’laklari sinonimiyasi
D) gap turlari sinonimiyasi
96. U qidirgan metall topilgan edi. – U o’zi
qidirgan metallni topgan edi. Ikkala gapdagi
metall va metallni so’zlari qanday bo’lak
vazifasini bajarmoqda?
A) 1-metall – ega, 2- metallni – to’ldiruvchi
B) 1-metall – belgisiz to’ldiruvchi, 2-metallni
belgili to’ldiruvchi
C) 1-metall – aniqlovchi, 2-metallni –
to’ldiruvchi D) to’g’ri javob berilmagan
97. Biriktiruv va zidlov bog’lovchili qo’shma
gap turlari ko’proq qaysi uslubda qo’llanadi?
A) badiiy uslubda B) rasmiy uslubda
C) publitsistik ( ommabop) uslubda
D) ilmiy uslubda
98. Zidlov bog’lovchilari o’rnida qaysi
birliklar qo’llanishi mumkin?
1. esa 2. balki 3. va 4. hatto 5. faqat
A) 1, 2 B) 1,2, 5 C) 1,2,4,5 D) 1,2,3,4,5
99. 1. Qarayman va ko’zim tinadi.
2. Men qaragach, ko’zim tinadi. Har ikkala
gap haqida aytilgan qaysi fikr to’g’ri?
A) 1-qo’shma gap, 2-sodda gap
B) 1-bog’langan qo’shma gap, 2-ergashgan
qo’shma gap
C) Bog’langan qo’shma gap va ergashgan
qo’shma gaplar sinonimiyasi mavjud
D) B, C
100. Qaysi qatordagi juftliklarning ikkinchisi
qo’shma gap sanalmaydi?
A) Elning, yurtning baxti barqaror bo’lsa,
saltanat ham bexatar bo’lur.–
Elning , yurtning baxti barqaror bo’lganda,
saltanat ham bexatar bo’lur.
B) Kozimbek haydovchiga aytgani ko’chaga
chiqib ketayotganda, yana to’xtadi.–
Kozimbek haydovchiga aytgani chiqib
ketar-ketmas, yana to’xtadi.
C) Suv keldi – nur keldi.–
Agar suv kelsa, nur keladi.
D) Qayerga suv kelsa, shu yerda hayot
bo’ladi.–
Suv kelgan yerda hayot ham bo’ladi.
101. 1. Ko’ngil yig’lasa ham, ko’zlarda nam
yo’q. 2. Ko’ngil yig’laydi, lekin ko’zlarda
nam yo’q. Har ikkala qo’shma gap haqidagi
qaysi fikr to’g’ri?
A) Har ikkalasi ham to’siqsiz ergash gapli
qo’shma gap.
B) Har ikkalasi ham zidlov bog’lovchili
qo’shma gap
C) 1-gap to’siqsiz ergash gapli qo’shma gap,
2-bog’langan qo’shma gap.
D) 1-zidlov bog’lovchili qo’shma gap, 2-
to’siqsiz ergash gapli qo’shma gap.
102. Nutqning muayyan sohadagi muloqot
uchun moslashtirilgan, bir qator o’ziga xos
xususiyatlari bilan farqlanib turadigan adabiy
nutq uslublari qanday ko’rinishlarga ega?
1. badiiy uslub 2. ilmiy uslub 3. so’zlashuv
uslubi 4. rasmiy – idoraviy uslub
A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2, 4 D) 1, 3
Do'stlaringiz bilan baham: |