qo’yilmayapti? 1.bular uyushmagan
sifatlovchi aniqlovchilar bo’lgani uchun
2. vergul qo’yilishi lozim edi 3. narsani turli
tomondan aniqlab kelayotgani uchun
4. sanash ohangi bilan yoki teng bog’lovchilar
bilan bog’lanmagani uchun
A) 1, 3 B) 1, 3, 4 C) faqat 1 D) faqat 2
41. Uyushiq bo’laklar va umumlashtiruvchi
orasida kiritma qatnashgan gapni aniqlang.
A) Daraxtdagi barcha sayroqi qushlar: sa’va,
bulbul, mayna va boshqalar unga jo’r bo’li.
B) Respublikamizdagi ko’plab pedagogika
institutlari, masalan: Farg’ona, Namangan,
Sirdaryo institutlari – universitetga aylandi.
C) Quyosh, havo, suv – hammasi bizning eng
qadrli do’stimiz.
D) Oltinlar, kumushlar, marvaridlar –
bularning hammasi qolib ketadi, bolam.
42. So’z birikmalari uyushib kelgan qatorni
toping.
A) U Vatan uchun, xalq uchun jonini fido
qildi.
B) To’pa xola Anorxonning ham otasi, ham
onasi, ham singlisi, ham maslahatchisi edi.
C) Daraxtlar orasidan aholining bir xilda
qurilgan shinam uylari, kichik-kichik bog’lari
ko’rinib turibdi. D) A, B, C
43. Ot kesim qaysi so’z turkumlaridan
ifodalanadi? 1. ot 2. sifat 3.son
4. olmosh. 5. ravish 6.taqlid so’z
7. harakat nomi
A) 1, 2, 3,4 B) 1, 2.3, 4, 5, 6. C) 1, 2,3,4, 6
D) ot kesim sanalganlarning barchasidan
ifodalanadi.
44. Uyushiq bo’laklarga son, egalik, kelishik
qo’shimchalari hamda ko’makchilar qay tarzda
qo’shilishi mumkin?
1. Har biriga alohida-alohida qo’shilib kelishi
mumkin.
2. Uyushiq bo’laklarning eng oxirgisiga
qo’shilib kelishi mumkin.
3. Uyushiq bo’laklarning faqt birinchisiga
qo’shilib, qolganlariga qo’shilmasligi mumkin.
A) 1 B) 1, 2 C) 1, 2, 3 D) 1, 3
45. Umumlashtiruvchi so’z birikma holida
qo’llangan gapni toping.
A) Nevaralarini ham, qo’shni o’g’il-qizlarini
ham, ko’cha-ko’ydagi begona bolalarni
ham – xullas, barchani sizlab gapirardi.
B) Lola, Hotam, Nizom -- ko’pchilik shu
yerda ekan.
C) Suv, yer, elektr – bular yashash manbai.
D) Ishga chanqoqlik, kasbni sevish, halol rizq
topish – bularning hammasi kishi uchun
baxtdir.
46. Umumlashtiruvchi bo’lak qatnashgan
uyushiq bo’lakli gapni toping.
A) Har bir mushkulni aql va sovuqqonlik bilan
hal qiladi.
B) Lutfiy va Sakkokiy, Navoiy hamda Bobur
go’zal g’azallari bilan dunyoga mashhur bo’ldi.
C) Sayohatga chiqishdan oldin hamma narsani
tayyorlab qo’ydik: oziq-ovqat, kiyimlar,
sovun va tish cho’tkalarigacha.
D) Ushbu gaplarda umumlashtiruvchi bo’laklar
qatnashmagan.
47. Qo’zg’aldi butun xalq: rus, o’zbek,
yahudiy. Ushbu gap haqidagi qaysi fikr
to’g’ri?
A) bog’lovchisiz qo’shma gap
B) umumlashtiruvchi va uyushiq bo’lakli sodda
gap
C) uyushiq bo’laklardan iborat sodda gap
D) ajratilgan bo’lakli sodda gap
48. O’zlari aloqada bo’lgan bo’laklarning
ma’nosini izohlab, bo’rttirib, aniqlashtirib
yoki ta’kidlab keladigan bo’lak...
A) ajratilgan bo’lak
B) umumlashtiruvchi bo’lak
C) undalma D) kiritma
49. Qaytarma yoqali xipcha shoyi ko’ylak.
Yuqoridagi birlik haqidagi to’g’ri fikr
qaysi?
A) sodda gap
B) uyushgan aniqlovchilar mavjud so’z
birikmasi
C) uyushmagan aniqlovchili so’z birikmasi
D) teng bog’lanishli so’z qo’shilmasi
Do'stlaringiz bilan baham: |