28.Qaysi sonlar omonimlik xususiyatiga ega
bo’lishi mumkin?
1.ikki 2.yuz 3.yigirma 4.to’rt
5.uch 6.qirq
A) 2, 4, 6 B) 2, 3, 5, 6 C) 1, 2, 3, 4, 5, 6
D) barcha javob noto’g’ri
29.Qaysi gapda son so’z turkumi bilan bog’liq
paronimda xatolikka yo’l qo’yilgan?
A) Sotuvchi ikki enlik materialni xaridorga
ko’rsatdi
B) Mansur qalamning uchini yaxshilab
chiqardi
C) U yaxshi tayyorlangani uchun o’qishga
kirdi va maqsadiga yetti.
D) Bugun Gulnorning yettisi o’tkazildi.
30.Qaysi gapda bir so’zi chegaralash
ma’nosini bildiryapti?
A) Qonun oldida hamma bir .
B) Hamma keldi, bir Sobir kelmadi .
C) Bir menga qaraydi, bir ukamga qaraydi .
D) Ot bir chopdi, asti qo’yaverasiz .
31.Qaysi otlar miqdor ifodalaydigan hisob
so’zlari bo’lishi mumkin?
A) hafta, yashar, paysa,
B) qovurma, bostirma, bosma
C) terak, chinor, tol
D) fevral, iyun, avgust
32.Qirq marta eshitgandan bir marta ko’rgan
yaxshi .
Ushbu gapda son so’z turkumi qanday sintaktik
vazifani bajaryapti?
A) sifatlovchi aniqlovchi B) ravish holi
C) daraja-miqdor holi D) shart holi
33.Ushbu gapdagi sonlar qanday sintaktik
vazifani bajarmoqda?
Beshni beshga qo’shsak, o’n bo’ladi .
A) ega, ega, kesim
B) to’ldiruvchi, to’ldiruvchi, kesim
C) aniqlovchi, aniqlovchi, kesim
D) hol, hol, kesim
34.Butunning qismini ifodalaydigan hisob
so’zlarini belgilang.
A) dona, nusxa, tup B) gala, to’p, guruh
C) luqma, to’g’ram, shingil
D) soat, kun, oy
35.Oltita bola va uch-to’rt qiz bayramga
tayyorgarlik ko’rishardi.
Ushbu gapda sonning qaysi ma’noviy
guruhlari mavjud?
A) sanoq va tartib son
B) taqsim va kasr son
C) jamlovchi va chama son
D) dona va chama son
36.Sonlardagi –ta qo’shimchasi qanday narsa-
hodisa nomlariga
birikib kelishi mumkin?
A) faqat jonsiz narsa-hodisa nomlariga
B) faqat jonli narsa nomlariga
C) jonli va jonsiz narsa-hodisa nomlariga
D) faqat harakat va holat fe’llariga
37.Faqat o’simlik nomi bilan birikib keladigan
hisob so’zni belgilang.
A) dona B) tup C) bosh D) nafar
38.Qandaydir , kimdir gumon olmoshlariga
gap tarkibida qaysi son ma’nodosh bo’lishi
mumkin?
A) bir B) uch-to’rt C) minglab D) o’novi
39.Botirlar birov eshitmasin deb, sekin –sekin
qadam bosishdi. Ushbu gapdagi birov so’zini
uning qaysi ma’nodoshi bilan almashtirish
mumkin? 1.bitta 2.biror kishi 3.hech kim
4.kimdir 5.har kim 6.allakim
A) 2, 3 B) 3, 4 C) 3 D) 6
40.Qaysi so’zdagi -ovlon qo’shimchasini -
ala qo’shimchasi bilan almashtirish mumkin ?
A) Oltovlon ola bo’lsa, og’izdagini oldirar
B) Ikkovlon yaxshi dam oldik
C) Uchovlon botirlar g’ordan eshitilayotgan
gaplarga diqqat bilan quloq tutishdi.
D) Har uchala gapdagi –ovlon qo’shimchasini
-ala qo’shimchasi bilan almashtirish mumkin.
41. Ma’lum bir miqdordagi narsa-buyumlarni
bir butunlik sifatida jamlab keladigan sonlar
......... deyiladi.
A) sanoq son B) chama son
C) jamlovchi son D) kasr son
Do'stlaringiz bilan baham: |