15. Qaysi otlarga qo’shilgan ko’plik
qo’shimchasi tur , nav ma’nosini
bildirmoqda
A) Dadamlar kecha kelishdi.
B) Sizlarga qarab zavqlarim toshib ketdi.
C) SHirinlarning fojialari , Majnunlarning
sarguzashtlari xayolimda jonlandi.
D) Do’konlarda nonlar va ichimliklar
sotilmoqda.
16.Qaysi gapda kelishik qo’shimchasi tushib
qolgan ?
A) Xotin-qizlarga past nazar bilan qarayotgan
rahbarlarni ayovsiz tanqid kilmoq lozim.
B) Har bahor ham shunday o’tadi, har bahor
ham shu bo’lar takror.
C) Dunyoda tashvishlarni ko’p chekdi boshim,
Goho quvondim, goh to’kildi yoshim.
D) Yerning zabtin olmoqqa shayman.
17. Ko’plik kategoriyasi deganda nimani
tushunasiz ?
A) miqdor jihatdan ko’p bo’lgan shaxs va
predmetlarni
B) ot , olmosh va fe’llarga uslubiy ma’no
beruvchi qo’shimchalarni
C) birdan ortiq shaxslar tomonidan bajarilgan
harakat, holatni D) A va C
18. Ismlar tarkibiga qaysi so’zlar kiradi ?
A) ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish
B) ot, sifat, son, fe’l
C) ot, sifat, son, olmosh, taqlid so’z, sifatdosh,
harakat nomi
D) ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish, taqlid
so’z, sifatdosh, harakat nomi
19.Payt (zamon) anglatuvchi otlar berilgan
qatorni toping
A) temir , mis, oltin, kumush
B) kunduz , hafta , xufton
C) kecha , bugun , ertaga
D) keyin , avval, so’ng
20.Egalik va kelishik qo’shimchalari bilan
o’zgarish xususiyatlariga ko’ra so’zlar qanday
guruhlarga bo’linadi ?
A) ismlar , sof fe’l, o’zgarmas so’zlar
B) mustaqil so’zlar , yordamchi so’zlar
C) turlanadigan so’zlar, turlanmaydigan so’zlar
D)mustaqil so’zlar, yordamchi so’zlar, alohida
guruhni tashkil etuvchi so’zlar
21. Ismlar tarkibiga qaysi birliklar mansub
emas ?
A) olmosh, ravish, fe’l, taqlid so’z.
B) ko’makchi, bog’lovchi, yuklama, sifatdosh
C) sof fe’l, ravish, ravishdosh, ko’makchi,
bog’lovchi, yuklama
D) faqat sof fe’l
22. Faoliyat – jarayon nomini bildiruvchi
otlarni aniqlang .
A) keldi, so’zladi, gupurdi
B) termoq, yasamoq, gullamoq
C) tanlov, chopiq, loygarchilik
D) yoqilg’i, elpig’ich, to’plam
23.Qaysi turkumlar ism bildiruvchi so’zlar
emas ?
A) son, olmosh B) ot, sifat C) fe’l, ravish
D) barchasi ism bildiruvchi so’zlar tarkibiga
kiradi
24.Jo’nalish kelishigi qanday otlarga
qo’shiladi ?
A) shaxs va narsa otlariga
B) faqat shaxs otlariga
C) payt otlaridan boshqa barcha otlarga
D) o’rin-joy , payt, shaxs va narsa otlariga
25.Qaysi kelishikdagi ot doim fe’l bilan
bog’lanadi ?
A) qaratqich kelishigi B) chiqish kelishigi
C) jo’nalish kelishigi D) tushum kelishigi
26. Qaysi qo’shimcha atoqli otlarga
qo’shilmaydi
A) –lik B) –shunos
C) -dosh D) -barchasi qo’shiladi
27. Otlar kim?nima?qayer? so’roqlariga javob
bo’lishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi ?
A) turdosh va atoqli otlar
B) shaxs, narsa-buyum, o’rin-joy otlari
C) aniq va mavhum otlar
D) yakka va jamlovchi otlar
28. Qaysi gapda tushum kelishigidagi ot
belgisiz qo’llangan?
A) Faqat ojiz qalamim manim ,
O’zbekiston , vatanim manim .
B) Yer kurrasin boshin tang’idik .
C) Pazandasi yopadi shirmon
Qarilari kutadi mehmon
D) Uy eshigi asta ochildi .
Do'stlaringiz bilan baham: |