O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
Urganch Davlat Universiteti fizika-matematika fakulteti
fizika yo’nalishi 212-guruh talabasi Abdisharifova Umidaning
“Fizika o’qitish metodikasi” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Fizikadan grafik masalalar va ularni yechish metodikasi.
Topshirdi: Abdisharifova U
Qabul qildi: Sadullayev Sh.
Urganch – 2022
REJA:
KIRISH
I BOB O’QITISHDA FIZIKA MASALALARINING AHAMIYATI.
1.1. Grafik masalalar
1.2. Fizikadan ijodiy masalalar
1.3. Fizik masalalarni yechish metodlari
1.4. Grafik almashtirishlar
II BOB FIZIKADAN MASALALAR YЕCHISH ALGORITMLARI MЕTODIKASI
2.1. Gaz qonunlariga doir grafik masalalar yechish
2.2. Fizik masala yechimini tekshirish
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
O’zbekiston mustaqillikka erishgan kundan boshlab rivojlangan davlatlar darajasiga yetish uchun respublika hukumati tomonidan qator qonunlar qabul qilindi. Ijobiy islohotlar amalga oshirila boshlandi. Jumladan jahon standartlariga javob bera oladigan kadrlar tayyorlash, maqsadida bir qator muhim hujjatlar qabul qilindi.
Bakalavriat-mutaxasisliklar yo’nalishi bo’yicha fundamental va amaliy bilim beradigan tayanch oliy ta’limdir.
Bu esa har bir fandan yangi o’quv dasturlariga mos keluvchi o’quv darsliklari, o’quv qo’llanmalari, o’quv metodik qo’llanmalami tayyorlashni taqozo etadi. Shu munosabat bilan ta’lim yo’nalishi 5140200-fizika va astranomiya ishchi o’quv rejasiga mos keluvchi fizikadan masalalar yechish metodikasi o’quv faning mexanika va molekulyar fizika bo’limlarining mavzularga tegishli masalalani yechish metodikasi bo’yicha o’quv metodik qo’llanma yozilishini maqsadga muvofiq deb bildik. «Fizikadan masalalar yechish metodikasi»ga bag’ishlangan o’quv metodik qo’llanmani yaratishda biz shu sohaga tegishli bo’lgan ko’pgina adabiyotlami tashlil qildik va ko’p yillik o’qitish tajribamizga asoslandik. Jumladan: v.a. balashning kitobi elementar fizika kursining qiyinroq masalalarini yechish bo’yicha qo’llanma bo'lib. Fizikani mustaqil o’rganuvchilar, oliy o’quv yurtiga kirish uchun tayyorlanayotganlar, pedagogika institutlarining fizika- matematika fakulteti talabalari va o’rta maktab o’quvchilari uchun mo’ljallangan. Avtor elementar fizika kursidan masalalar yechishning yagona metodlarini ishlash, muayyan masalalami yechishda bu metodlardan qanday foydalanilishni ko’rsatishga harakat qilgan. Har qaysi bobning boshida konkret mavzu bo’yicha fizika kursining asosiy qonunlari va tushunchalarini esga tushirish uchun zarur bo’lgan qisqacha nazariy ma’lumotlar, masalalar yechishda ishlatiladigan formulalar keltirilgan. So’ngra masalalar yechishga qo’llanmalar va masala yechish namunalari berilgan. Har bir bobning oxirida mustaqil yechish uchun masalalar berilgan.
Maktabda fizika o’qitishning I va II bosqichlarida fizikadan masalalar yechishning eng umumiy usul va metodlari bayon qilingan, o’quvchilar uchun fizikadan tipavoy masalalar minimumi tanlab berilgan, maktab fizika kursining hamma mavzulari bo’yicha masalalar yechish tartibi ko’rsatilgan. Masalalaning shartlari batafsil tahlil qilingan va masalalaming yechimlari berilgan. Bu kitob o’qituvchilar uchun qo’llanmadir.
Mustaqillik yillarida chop etilgan M. Ismoilovning bu qo’llanmasida o’rta maktabning 8-11 sinflari uchun mo’ljallangan dastur asosida yozilgan.fizika kursining har bir bo’limiga oid qisqacha nazariy tushunchalar, bobning har bir paragrafida namunaviy masalalar va ulani yechish tartibi ko’rsatilgan. Shuningdek mustaqil yechish uchun bir nechta masala va ulaming javoblari berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |