Delphi muhitida grafik interfeysni tashkil qilish va undan foydalanish
Delphi muhitida foydalanuvchining grafik interfeysini tashkillashtirish uslublarini konkret masalalar misolida qarab chiqamiz.
Ma’lumki, dasturlashtirishning vizual muhitida ilovalar yaratish 2 bosqichga ajratiladi. Bular foydalanuvchi interfeys yaratish bosqichi va kodlashtirish bosqichlari hisoblanadi.
Masala sifatida quyidagilarni qaraymiz:
- funksiya grafigini chizishni vizuallashtirish;
- matritsalar ustida amallar;
- algebraik tenglamalarni yechish;
- chiziqli tenglamalar sistemasini yechish.
1-masala uchun foydalanuvchi uchun interfeysni amalga oshirishda quyidagilar e’tiborga olindi (3.2-rasm): foydalanuvchi funksiyaning ko’rinishini tanlashi, funksiyaning parametrlariga qiymatlar berishi, grafikni chizish rangini ko’rsatishi, chizish suratini aniqlashi va hokazo.
3.2-rasm. Funksiya grafigini hosil qilish interfeysi
Bunda grafikni aks ettirish uchun TImage, funksiyaning turini tanlash uchun TCombobox, funksiya parametrlarinin kiritish uchun TSpinEdit, chizish suratini tanlash uchun TRadioGroup, chizishni tashkillashtirish uchun TButton, shuningdek o’zgarmas matnlarni kiritish uchun TLabel komponentlari ishlatildi.
Agar foydalanuvchi y=ax2+bx+c funksiyani tanlab, parametrlar uchun a=1, b=0, c=0 qiymatlarni berib, “grafik chizish” tugmasi bosilsa y=x2 funksiyaning grafigi hosil bo’ladi (3.3-rasm).
3.3-rasm. y=x2 funksiya grafigi
2-masala interfeysiga foydalanuvchi ilova taqdim etadigan menyu yoki mos tasvir aks etgan piktogramma orqali o’tishi mumkin. Bunda matritsalar ustida bajariladigan amallar (matsilarni qo’shish va ayirish, ko’paytirish, matritsani skalyarga ko’paytirish, matritsalarning determinanti va teskarisini topish) keltirilgan (3.4-rasm).
3.4-rasm. Matritsalar ustida amallar bajarish interfeysi
Bunda matritsa elementlarini vizual aks ettirish uchun TStringgrid,
matritsalar o’lchamlarini va o’zgarmas sonni kiritish uchun TEdit, matritsalar ustida bajariladigan amallarni tanlash uchun TCombobox, tanlangan amalni bajarish uchun TButton, shuningdek o’zgarmas matnlarni kiritish uchun TLabel komponentlari ishlatildi.
Matritsalarni qo’shish masalasini qaraylik. Mos ravishda A va B matritsalar uchun satrlar va ustunlar soni TEdit kiritish maydoniga qiymatlar beriladi. So’ngra “Matritsani qurish” tugmasi bosiladi. Natijada kerakli satr va ustunga ega TStringgrid komponentasi hosil bo’ladi. Bunga matritsa elementlari qiymatlarini kiritamiz (3.5-rasm).
3.5-rasm. Matritsalarni qo’shish uchun dastlabki qiymatlarni kiritish
Bunda “A matritsa bilan B matritsaning yig’indisi” amalini tanlab, “Bajarish” tugmasi bosilsa, natijaviy D matritsa hosil bo’ladi (3.6-rasm).
3.6-rasm. Hosil qilingan D matritsa
A matritsaning determinatini hisoblash uchun mos amal tanlanib, bajarish tugmasi bosiladi. Natija xabar oynasiga chiqariadi (3.7-rasm).
3.7-rasm. A matritsa determinantini aks ettiruvchi xabar oynasi
A va B matritsalar ko’paytmasini hisoblash uchun qiymatlar kiritilib, matritsalarni ko’paytirish amali tanlanadi va “Bajarish” tugmasi bosiladi. Natijada matritsalar ko’paytmasi hosil bo’ladi (3.8-rasm).
3.8-rasm. A va B matritsalar ko’paytmasi
Xuddi shuningdek, matritsani skalyarga ko’paytirish amalini bajarish uchun A matritsa tashkillashtiriladi va C o’zgarmas son kiritilib, “A matritsani songa ko’paytirish” amali tanlanadi. “Bajarish” tugmasi bosilgandan so’ng natija boshlang’ich matritsa o’rnida hosil bo’ladi.
3-masalada tenglamalar ildizlarini topish uchun mo’ljallangan ищэдшиб interfeys ham shunga mos tashkillashtirilgan. Avvalo forma 3 ta mantiqiy qismga TGroupbox komponentlari bilan ajratilgan. Bu komponentalarning Caption xossasiga tenglamalar umumiy ko’rinishi izoh sifatida keltirilgan (3.9-rasm).
3.9-rasm. Tenglamalar ildizlarini topish interfeysi
Kvadrat tenglama koefitsentlari uchun a=1, b=4, c=-5 qiymatlar kiritilib “ildizlarni topish” tugmasi bosilgach mos TEdit satrlarida natijalar hosil bo’ladi (3.10-rasm).
3.10-rasm. Kvadrat tenglama ildizlarini topish
Keyingi masala sifatida chiziqli tenglamalar sistemasining ildizlarini topish qaralgan va unga mos interfeys tashkillashtirilgan (3.11-rasm).
3.11-rasm. Chiziqli tenglamalar sistemasini yechish interfeysi
Bunda tenglamalar soni kiritilib “OK” tugmasi bosilgach, TStringrid komponentida barcha koeffitsentlar kiritiladi va “yechish” tugmasi bosiladi. Natijada tenglamalar sistemasining ildizlari o’ng qismida aks etadi (3.12-rasm).
3.12-rasm. Tenglamalar sistemasining ildizlarini topish
Do'stlaringiz bilan baham: |