Go’zallik sirlari
Boshlovchi : Go’zallik siri aslida, sirligicha qolib ketmaydi. Buning tagiga kimdir, albatta, yetadi. Ayniqsa, bu tabiiy muolajalar bo’lsa. Dunyo ayollarining bu borada tavsiyalari turlicha. Xar biri o’z xalqi, sharoitidan kelib chiqib, tavsiya qiladi. Marxamat, ularni qo’llab ko’rishingiz mumkin.
1. Chililik- ayollar o’z go’zallik sirlarini qizil uzum bilan bog’lashadi. Ular har kuni ertalab uzum sharbatini ikki osh qoshiq un bilan aralashtirib, yuziga 10 daqiqaga surtib qo’yishadi va iliq suvda chayishadi. Bu muolaja yuz terisini tetiklashtirib, so’glom nur sochishini ta’minlaydi.
2. Argentinalik-ayollar uzun sochlari bilan dunyoga mashhurlar. Ular uchun uzun sochlar doim muhim hisoblangan. Shuning uchun sochlarining uzun va sog’lom bo’lishi uchun turli hil muolajalarni qilib turishadi. Ammo eng asosiy muolaja bu aloeli niqobdir. Aloe sharbati soch va soch terisiga surtiladi. Yoki shampun tarkibiga qo’shib qo’yiladi. Sochlar muntazam mana shu shampun bilan yuvib turiladi.
3. Ispan- ayollari ko’z parvarishiga katta ahamiyat berishadi. Ko’z atrofining qorayib yoki ko’karib qolishini oldini olishda. Ular oddiygina kartoshkadan foydalanishadi. Buning uchun kartoshkani parrak qilib kesib, ko’z atrofiga 10 daqiqaga qo’yishning o’zi kifoya.
4. Fransiyalik-ayollarning go’zallik sirlari bilan tanishamiz. Tirnoqlaringiz nimjon va tez sinuvchanmi? Fransiyalik ayollar tirnoqlarini oddiy sarimsoqpiyoz yordamida parvarish qilishadi. Buning uchun rangsiz tirnoq laki ichiga maydalangan sarimsoqlarni solib, yaxshilab aralashtiriladi. So’ng 7-10 kun davomida har kuni tirnoqlarga surtiladi. Hidi biroz yoqimsiz bo’ladi, ammo bu vaqtincha.
5. Italiyalik- ayollar lablarini parvarish qilishda zaytun yog’idan foydalanishadi. Zaytun yog’i lab terisini namlashtirib, qurib qolishining oldini oladi va rangini tiniqlashtiradi .
6. Yapon- ayollarining yuzi tiniq va nozik bo’ladi. Shu sabab ham butun dunyo ularning bu ko’rinishlari bilan qiziqadi. Yapon ayollari go’zallik sirlarini Shiatsu (yuzni barmoq yostiqchalarida uqalash) da, deb hisoblashadi. Yana ular orasida guruchli niqob ham ma’lum va mashhur. Guruchli niqob hujayralarni chiqindilardan xaydaydi,yuzni silliq, mayin qilib, rangining tiniq bo’lishini ta’minlaydi. Muolajani boshlashdan avval yuz 1-2 tomchi o’simlik moyi bilan artiladi. Orqasidan guruchli niqob 10 daqiqaga surtiladi. So’ng niqob ham salfetka bilan artilib namlantiruvchi krem surtiladi.
NIQOB: 2 osh qoshiq guruch uni iliq sut bilan quyuq holga kelguncha aralashtiriladi.
Manba: “Oxangrabo” gazetasi
Do'stlaringiz bilan baham: |