G‘o‘za kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari Reja


Kasallik qo‘zg‘atuvchisi va uning belgilari



Download 345,5 Kb.
bet28/87
Sana31.12.2021
Hajmi345,5 Kb.
#236423
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   87
Bog'liq
G‘o‘za kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari

Kasallik qo‘zg‘atuvchisi va uning belgilari. Fuzarioz so‘lish kasalligini deyteromitsetlar sinfiga oid Fusarium oxysporum f. vasinfectum zamburug‘i qo‘zg‘atadi. Laboratoriya oziqa muhitida u vegetativ mitseliy, makro- va mikrokonidiya hamda xlamidosporalaridan iborat koloniya hosil qiladi. Qo‘zg‘atuvchining belgilari oziqa muhitlarida ularning tarkibi, havo harorati va namligi bilan bog‘liq holda har xil bo‘lib, mitseliy yupqa parda va momiq-baroq shakllari orasida o‘zgaradi, rangi ko‘pincha och-pushti, kam hollarda och-sariq bo‘ladi. Kartoshka - dekstrozali muhitida koloniya oq tusli, ammo substratga binafsha rang pigment ajralib chiqishi mumkin. (Kapellman, Smith, 1981). Ba’zi boshqa muhitlarda yosh koloniyaning rangi pushti-binafsha, vaqt o‘tishi bilan to‘q-qizil, oxiri binafsha ko‘kimtir tus oladi; sterilizatsiya qilingan guruch muhitida turg‘un och-sariq pigment hosil qiladi (Solovyeva, 1954).

Mikrokonidiyalar 1 hujayrali, rangsiz silindr, ellips yoki tuxum shaklli, o‘lchami 5-12x2-4 mkm, ko‘p miqdorda substrat ustidagi mitseliyda, shilimshiq modda bilan yopishgan soxta kallachalarda yoki bevosita gifalarda to‘p-to‘p bo‘lib rivojlanadi. Makrokonidiyalar oz miqdorda, konidioforalarda hosil bo‘ladi, ularning ko‘pchiligi 4, ba’zilari 5 yoki 6 hujayrali, rangsiz, urchuq yoki ellips shaklli, deyarli to‘g‘ri yoki biroz o‘roq kabi egilgan, o‘lchami 25-59x3-5 mkm, ko‘pincha 35-40x3,5-4,5 mkm. Konidioforalar halqasimon shoxlangan, och-sariq yoki och-pushti tusli, bevosita mitseliyda yakka-yakka, kam holatlarda dasta-dasta bo‘lib, shilimshiq modda bilan yopishgan pionnot va sporodoxiylar hosil qilib rivojlanadi. Xlamidosporalar ko‘p miqdorda, gifa o‘rtasida yoki uchida, odatda yakka holda, ba’zida zanjirlarda rivojlanadi, kalin devorchali, 1 yoki 2 hujayrali, diametri 4-6 mkm (Solovyeva, 1964; Solovyeva, Madumarova, 1969; Karimov, 1976; Bilay, 1977; Sidorova, 1983). Zamburug‘ sklerotsiy ham hosil qilishi aniqlangan (Kapellman, Smith, 1981). Xlamidospora va sklerotsiylar kasallikka moyil xo‘jayin o‘simlik mavjud bo‘lmaganida hamda qish va yozning noqulay harorati sharoitida patogen tuproqda saqlanishi uchun xizmat qiladi.

Vilt bilan zararlangan o‘simliklar fitopatologik tahlil qilinganda, Fusarium oxysporum dan tashqari boshqa turlari ham ajralib chiqishi mumkinligi aniqlangan. Jumladan F.bucharicum, F. culmorum, F. heterosporum, F. martii var.caoucasium, F.moniliforme, F. solani va b.q. (Gaponenko, 1965; Xoxryakov va b.q., 1966; Shapova, Grigoryans, 1971, Fayziyev, 1980). F.bucharicum g‘o‘za ildiz bo‘yinchasida rak, F. martii var.caoucasium -ekinlarda "yashinsimon" so‘lish kasalliklarini qo‘zg‘atishi xabar qilingan. G‘o‘zada fuzarioz so‘lishni ma’lum bir ekologik sharoitlarda, boshqa Fusarium turlari ham qo‘zg‘atishi mumkinligi haqidagi xabarlar (Yassin, Daffala, 1982; Sidorova, 1983) mavjud bo‘lsa ham, bu kasallikning qo‘zg‘atuvchisi sifatida faqat Fusarium oxysporum f. vasinfectum tan olinadi.


Download 345,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish