Boshqa noparazitik kasalliklar. Tuproq zichlanishi. Tuproqning pastroq joylashgan qatlamlari zich bo‘lishi yoki traktor yurganda qotib qolishi ildiz yaxshi rivojlanmasligiga, suvni, azot va kaliy moddalarini o‘zlashtirishi kamayishiga, o‘simlikning suv tanqisligiga va boshqa stress sharoitlarga chidamliligi pasayishiga olib keladi. Agar zichlanish bevosita chigit ostida bo‘lsa, yosh ildiz oldin gorizontal yo‘nalishda (yon tomonga), so‘ngra pastga qarab o‘sadi, sayoz joylashadi. O‘simlik bo‘yi pasayadi, nihol kasalliklari kuzatiladi.
Qatkaloq. Tuproq ustki qatlami kuchli yomg‘irdan so‘ng issiq havoda qotib qolishi chigit unishiga to‘sqinlik qiladi, ba’zan nihollar tuproq ostidan umuman chiqa olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |