Mavzu: “G’оyalаr хilmа-хilligi vа mаfkurаviy jаrаyonlаrning ijtimоiy tаrаqqiyotgа tа’siri”.
G’oya - ideya, fikr, qarash va h.k.
Mafkura - «mufakkir», «mufakkiratun»,
muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat,
davlat, jamiyat maqsad, intilishi.
Ideologizatsiya - mafkuralashtirish.
Deideologizatsiya - mafkurasiz.
Reideologizatsiya - qayta tiklash, milliy g‘oya va mafkuraga e’tibor. Regressiv - reaksion, antidemokratik. Valyuntarizm - ob’ektiv taraqqiyot qonunlarni rad etuvchi oqim. Fatalizm - taqdirga tan berish.
Fundamentalizm - «sof» islomni tiklash.
Pragmatizm - voqelikni tajriba «ong oqimi» deb talqin etuvchi. Ekzistensializm - mavjudlik, erkinlikka erishish. Bunyodkor g‘oyalar va mafkuralarning jamiyat hayotidagi ijobiy ta’siri. Foya va mafkuraning tarixiy shakllarini, mazmun-mohiyatini azalazaldan ezgulik va yovuzlik, bunyodkorlik va vayronkorlik o‘rtasidagi kurash dialektikasi belgilab keladi, ya’ni bosqinchilik, boshqalar hisobidan boyish, tajovuzkorlik, aqidaparastlik mafkuralariga qarama-qarshi o‘laroq, ozodlik, mustaqillik va adolat g‘oyalari uzluksiz maydonga chiqib, xalqlarning muzaffar bayrog‘iga aylangan. Bunyodkorlik g‘oyalari insonni ulug‘laydi, uning ruhiga qanot bag‘ishlaydi. Bunyodkor g‘oya deb,insonni ulug‘laydigan, uning kuch-g‘ayrati va salohiyatini oshirib, xalqi, Vatani, butun insoniyat uchun foydali ishlar qilishga sag‘arbar etadigan, o‘zida mehnat, taraqqiyot, do‘stlik, tinchlik, adolat, halollik kabi ezgu maqsadlarni mujassam etadigan g‘oyaga aytiladi.
Bunyodkorlik g‘oyalari yurtni obod, xalq hayotini farovon qilishdek olijanob maqsadlar bilan ajralib turadi. Ular insoniyat sivilizatsiyaga erishgan davrlardan buyon jamiyat hayotining eng ezgu g‘oyalari sifatida yashab kelmoqda. Islom Karimovning «O‘zbek tom ma’noda bunyodkordir» degan so‘zlarida ham ana shu boqiy g‘oyalarning ma’no-mazmuni o‘z ifodasini topgan. Bunday bunyodkorlik xalqimizga ota-bobolaridan merosdir. Insoniyat tarixida odamlar ongi va shuuriga adolat, haqiqat, ezgulik, mehnatsevarlik kabi yuksak g‘oyalar urug‘ini sepgan zot, payg‘ambar Zardo‘sht yaratgan «Avesto» kitobida quyidagi satrlar mavjud: «Ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu ishlar bilan ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu ishni alqayman. O‘zimni bori ezgu fikrga, ezgu so‘zlar (aytish)ga, ezgu ishlar amaliga baxshida qilaman, barcha yomon fikrlardan, yomon so‘zu yomon ishlardan yuz o‘giraman». Bu yuksak g‘oyalar bundan 2700 yil muqaddam yashab o‘tgan vatandoshimiz
Vayronkor g‘oya va mafkuralarning jamiyat hayotiga salbiy ta’siri. Buzg‘unchi g‘oyalar xalqlar boshiga so‘ngsiz kulfatlar keltiradi. Bunga olis va yaqin tarixdan ko‘plab misollar keltirish mumkin. Inson va jamiyat bor ekan, ezgu g‘oyalarning ziddi bo‘lgan zulm va zo‘ravonlik, qabohat va jaholat yangi-yangi shakllarda namoyon bo‘lishga urinadi. Lekin ular odamzotning adolat, tinchlik va birodarlik, taraqqiyot va farovonlik g‘oyalariga tayanib, oliy maqsadlar sari intilishlarini aslo to‘xtata olmaydi.
«Tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, inson tabiatidagi insoniylikdan ko‘ra vahshiylik, ur-yiqit instinktlari, ya’ni xatti-harakatlarini qo‘zg‘atib yuborish osonroq» (I.A.Karimov). Demak, vayronkor g‘oya deb, turli ta’sirchan vositalardan foydalanib, odamlarni soxta va puch maqsadlarga ergashtiruvchi, ularning kuch-qudratini buzg‘unchilik va jinoyatga yo‘naltiradigan, insoniyat uchun faqat kulfat keltiradigan g‘oyaga aytiladi. Vayronkor g‘oyalar odamzot boshiga ko‘pdan ko‘p fojialar keltirgan. O‘rta asrlarda Farbda amalga oshirilgan salib yurishlari SHarqdagi muqaddas erlarni xristian bo‘lmagan xalqlardan tozalash bahonasida qanchadan-qancha urushlar sabab bo‘lgan. Vayronkor mafkuralar, vayronkor xatti-harakatlar asosida g‘ayriinsoniy g‘oyalar yotadi. Ular insonga, insoniyat erishgan yutuqlarga nafrat bilan qarashni, buzg‘unchilikni rag‘batlantiradi. Vayronkor mafkuralarning ko‘rinishlari: 1. Diniy fanatizm - diniy mutaassiblik bo‘lib, hayotda faqat muayyan qoidalarni ustun deb biladigan, xudo haqidagi haqiqatni o‘ziniki qilib olishga intiladigan, taraqqiyotni, turli fikrlilikni tan olmaydigan, har qanday yangilikni kufrga yo‘yadigan zararli oqim.
Bugungi kunda bizning mintaqamizda 1) vahhobiychilik, 2) «Hizbut-tahrir», «Akromiylar» kabi aqidaparastlik oqimlari o‘z g‘oyalarini yoyishga harakat qilmoqda. Aqida - arabcha e’tiqod qilish ma’nosini bildiradi. Aqidaparastlik -yovuz g‘oya va mafkuralarning eng ko‘p tarqalgan shakli. Aqidaparastlikning teskarisi hurfikrlilikdir. Hurfikrlilik - erkin fikrlash asosida haqiqatni anglash degani. Aqidaparastlik o‘rta asrlarda Farbda inkvizatsiya shaklida namoyon bo‘lgan. Aqidaparastlik bugungi kunda Afg‘oniston, SHimoliy Kavkaz va boshqa mintaqalarda vahhobiylik asosida kurash olib borayotgan oqimlar misol bo‘la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |