Go’sht va go’sht mahsulotlari


O’simlik oziq-ovqat maxsulotlari ekspertizasi



Download 22,38 Kb.
bet3/3
Sana08.04.2022
Hajmi22,38 Kb.
#536406
1   2   3
Bog'liq
10-Mavzu Dehqon bozorlarida o‘simlik oziq –ovqat maxsulotlarini tekshirish.

O’simlik oziq-ovqat maxsulotlari ekspertizasi


Dehqon bozorlari veterinariya sanitariya ekspertizasi laboratoriyalarida o’simlik mahsulotlariga ularni sifatli yoki sifatsiz ekanligi to’g’risidagi xulosani organoleptik tekshirishlar natijasida beriladi.
Ba’zi zarur yoki shubxali holatlarda fiziko-ximyaviy labaratoriya tekshirishlari o’tkaziladi. O’simlik oziq-ovqat maxsulotlariga poliz maxsulotlari, daraxt mevalari, yer osti mevalar, torvuz qovun va boshqa poliz mevalari va ko’katlar kiradi. O’simlik mahsulotlari sotish uchun dehqon bozorlariga yangi (svejiy) holatda yoki konservatsiya (quritilgan, tuzlangan marinovat va boshqa) qilingan holatda chiqariladi.
O’simlik oziq-ovqat mahsulotlarini inson organizmi uchun ahamiyati shundaki, ular oqsil, uglevodlar, vitaminlar, fermentlar, organik kislotalar va mineral moddalarga boy bo’lib, organizmda yuqorida keltirilgan organik moddalarni o’rnini to’ldiradi.
Organoleptik tekshirish bilan maxsulotlarni tashqi ko’rinishi, shakli, kattaligi, rangi, konsistensiyasi, tiniqligi, hidi, ta’mi, tovorlilik holati, tozaligi (tuproq, qum va boshqa)har xil zararkunandalarni teginganlik holati va o’simlik kasalliklari bilan qanchalik kasallanganligi tekshiriladi.
Bozorlarda sotishga quyidagi holatlarda o’simlik oziq-ovqat mahsulotlari ruxsat etilmaydi:
1. Tekshirishdan o’tkazilmaganlar va tekshirish natijasiga ko’ra brak qilinganlar.
2. Yarim tayyor oziq-ovqat mahsulotlar va uyda tayyorlangan o’simlik oziq ovqatlar (kotletlar, salatlar, tomat, sous, varyoniye va murabbolar mevalarniki)
3. Bankalarga yopilgan konservasiya qilingan mahsulotlar.
4. Quritilgan zamburug’lar, va tuzlangan zamburug’lar.
O’simliklardan tayyorlangan yarim fabrikat va tayyor o’simlik oziq-ovqat mahsulotlari faqatgina davlat savdo do’konlarida sotishga ruxsat etiladi, qachonki SESlarning ruxsati bilan.

Tekshirish uchun namuna olish


Labaratoriya tekshirishlari uchun namuna mahulotini egasi olishi mumkin emas, chunki olingan namuna to’liq olib kelingan mahsulotlarga nisbattan xulosa berishi kerak.
Mahsulot katta partiyada (miqdorda) bozorga kiritilgan bo’lsa, unda namuna mahsulotini har joyidan yoki bir necha qadoq (upakovka) olinadi. Agar kichik partiyada bo’lsa, unda har bir idishdan (yashik, sumka, xalta, bochkadan) namuna olinadi. Suyuq mahsulotlardan namuna olishdan oldin yaxshilab aralashtirgichda aralashtiriladi, tuzlangan mahsulotlardan sho’r namakobi bilan olinadi. Sotiladigan mahsulotlardan sho’r yoki qoshiqlar bilan, donador mahsulotlardan har joyidan tanlanib olinadi.
Olinadigan namunalar quyidagi miqdorda bo’ladi:tuzlangan mahsulotlar sho’r suvi bilan 500g, kartoshka sabzilar 2-3 dona, ko’katlar (piyoz, petrushka, shivit va boshqalar) 50 g, quritilgan mevalar 100g, yangi mevalar 200g, torvuz qovun, pomidor, bodring, piyoz va karamdan 1-2 d, no’xat fasoldan 50g, yog’li donlardan 50g, o’simlik yog’idan 200 ml, dan mahsulotlaridan 500-100g, yong’oq va donaklardan 200-300g va boshqalar, olingan o’simlik mahsulotlarini sanitariya jihatdan baholash va ularning sifatini aniqlash, ma’lum veterinariya dasturlariga asosan amalga oshiriladi. Buning uchun o’simlik mahsulotlari organoleptik, kerak bo’lganda laboratoriya, mikroskopik va fiziko-kimyoviy tekshirishlardan o’tkaziladi.
Bunda mikroskopik tekshirishlar orqali ko’katlarda uchraydigan ko’pgina gelmintoz kasalliklarini (exinokok) tuxumlari aniqlansa, fiziko kimyoviy tekshirishlar yordamida poliz va ildiz mevalar tarkibidagi nitrat va nitritlar miqdori aniqlanadi.
Mahsulotlarni shikastlanganligi va kasalliklari ham sinchiklab tekshiriladi. Sabzavot va mevalarning yaroqliligini ko’rsatadigan muhim ko’rsatkichlardan biri uning yaxshi sifati bo’lib yetilganligi, pishganligi hisoblanadi. Buni aniqlashda mevaning rangi, shakli, kattaligi, ta’mi, hidi, mevaning mag’zi va tuxumining rangi hisobga olinadi. Meva maxsulotlarining asosiy ko’rsatkichlaridan biri sifati hisoblanib, bu ko’rsatkich o’z navbatida ta’miga va ovqatlilik xususiyatiga hamda uzoq muddat saqlanishiga, mevaning yangiligiga bog’liq. Yangi bo’lmagan shikastlangan sabzavotlar chiritadigan mikroblarga nisbattan chidamliligini pasaytiradi, keyinchalik chirish jarayoni boshlanadi.
Mahsulotlar shu vaqtda yomon sifatli hisoblanadiki qachonki ularda mexanik ifloslanish, shikastlanish, har xil kasalliklar bilan kasallanish, kemiruvchilar tomonidan zararlantirilganda, ko’katlarda gelmintlar tuxumlari topilganda va tarkibida nitrit va nitratlar miqdorini mey’yoridan ortiq bo’lganda. Yana shu vaqtda yomon ifloslangan (har xil ximikatlar idishi), zanglangan idishlarda saqlangan bo’lsa.
O’simlik mahsulotlarini sanitariya jihatdan baholanganligi haqida ma’lumotlar maxsus daftarga (jurnalga) yozib qo’yiladi. Bunda maxsulot egasining ismi sharifi, yashash joyi, maxsulotning miqdori idishlarning soni va maxsulotning sifati yoziladi. Odamlarni ishlatishi va istemoli uchun yaroqsiz yomon sifatsiz deb tan olingan maxsulotlar denoturlanib (tabiiy sifati bo’lib), egasiga qaytariladi, bunday maxsulotlarni sotish man qilinadi.
Denaturatsiya qilingan maxsulotlar haqida bozor rahbarlari yoki militsiya xodimlari ishtirokida dalolatnoma tuziladi, dalolatnoma uch nusxada bo’lib, shulardan biri mahsulot egasiga ikkinchisi bozor rahbariyatiga va uchinchisi labaratoriyada qoldiriladi.
Yaxshi sifatli mahsulotlar idishlariga “tekshirilgan” degan qog’ozcha yopishtiriladi.
Download 22,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish