GOLOSSAROY
Sport bayramlari - bu jismoniy tarbiya va sportni targ‘ibot-tashviqot qilish, madaniy, yaxshi dam olish va ko‘ngil ochish, o‘quvilarni jismoniy tarbiya sport bilan muntazam shug‘llanishiga jalb qilish vositadir.
Musobaqalarni o‘tkazishning qulay vaqti - qishki, bahorgi va yozgi (o‘quv yili tugashi bilanoq) kanikullar davridir.
Musobaqalarning muvaffaqiyatli ko‘p darajada bosh hakam boshqaradigan hakamlar - kollegiyasining ish sifatiga bog‘liq. Bosh hakamni maktab direktori tayinlaydi. Uning vazifasi hakamlarni tanlash ularga vazifalarni taqsimlab berish, musobaqa joyini tayyorlashni nazorat qilish, musobaqalarni o‘tkazish rejasi (kun tartibini) tuzish va musobaqalarni nizom hamda dasturiga muvofiq uzluksiz o‘tkazishni tahminlashdan iboratdir.
Bosh hakamga katta huquqlar berilishi - qaror barcha hakamlar va musobaqa qatnashchilari uchun majburiydir
O‘quvchi-yoshlar va talabalarning dam olish vaqtlarini tashkillash – 2 ta asosiy bosqichga: sport bayramlari va yig‘inlarini o‘tkazishga oldindan tayyorgarlik ko‘rish, sport bayramlari va yiғinlari qiziqarli bo‘lishi uchun hamda o‘z natijasini berishi uchun jamoa hamkorligidan iboratdir.
Saflanish - ishtirokchilar paradi, raport. Rahbarning tabrigidir.
Musobaqalarning turlari - sport o‘yinlari bo‘yicha musobaqalar maqsadi va vazifalariga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:
birinchiliklar yoki chempionatlar;
kubok musobaqalari;
klassifikatsiya musobaqalari;
saralash musobaqalari;
baravarlashtirilgan musobaqalar;
o‘rtoqlik uchrashuvlari va boshqalar.
II. Musobaqalar o‘tkazishga rahbarlik.
«Nizom»da musobaqalarni o‘tkazish qaysi tashkilot zimmasiga yuklanganligi bevosita ko‘rsatiladi. Musobaqalarni tahminlaydigan hakamlarni ham tasdiqlaydi.
IV. Musobaqalarda qatnashuvchi tashkilotlar va jamoalar.
Qaysi tashkilotlar, jamoalarning musobaqalarga qo‘yilishi, qatnashuvchilar qanday talabga (yoshi, jinsi, sport darajasi va boshqa) javob berishlari lozimligi ko‘rsatiladi.
V. Qatnashuvchi jamoalarni qabul qilish shartlari.
Sportchilarning musobaqa o‘tkazish joylarida qancha vaqt davomida, qaysi takshilot hisobidan nimalar bilan tahminlanishi mahlum qilinadi.
“Umid nihollari”. Qadimiy Xorazm tuproғida O‘zbekiston Respublikasi maktab o‘quvchilarining II respublika sport o‘yinlari-«Umid nihollari-2003» o‘tkazildi.
“Barkamol avlod”. Birinchi spartkaiada Jizzax shahrida 2001 yilda o‘tkazildi.Andijonda litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining «Barkamol avlod-2003» ikkinchi spartakiadasi tashkil etildi.
“Universiadalar”. Unda talabalar ishtirok etadilar. Dastlabki musobaqalar 2000 yilda Namanganda, ikkinchisi-2002 yilda Buxoroda, uchinchisi-2004 yilda Samarqandda bo‘lib o‘tdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |